Uyga vazifa. Badiiy asardan 6 ta gap olib, ulardagi ikkinchi darajali bo‘laklarni tahlil qiling. 8-amaliy mashg‘ulot. Mavzu: Bir sostavli gaplar. Uyushiq va ajratilgan bo‘lakli gaplar
Mashg‘ulot vaqti - 2 soat
Talabalar soni: 20-25 tagacha
Mashg‘ulot shakli
Amaliy mashg‘ulot
Mavzu
Bir sostavli gaplar. Uyushiq va ajratilgan bo‘lakli gaplar
O‘quv mashg‘uloti maqsadi: bir sostavli gaplarning turlari, egasiz gaplar va uning turlari, gapning uyushiq bo‘laklari, gapning ajratilgan bo‘laklari bo‘yicha gaplarni tahlil qilish
Pedagogik natijalar:
Bir sostavli gaplar, egasiz gaplar va uning turlari haqida ma’lumot berish.
Gapning uyushiq bo‘laklari haqida ma’lumot berish.
Gapning ajratilgan bo‘laklari haqida ma’lumot berish.
O‘quv faoliyati natijalari:
Bir sostavli gaplar, egasiz gaplar va uning turlari haqida ma’lumotga ega bo`lish..
Egasiz gaplar va uning turlari haqida ma’lumotga ega bo`lish.
Gapning uyushiq bo‘laklari haqida ma’lumotga ega bo`lish.
Gapning ajratilgan bo‘laklari haqida ma’lumotga ega bo`lish.
1.1. Mashg‘ulotning mavzusi, rejasini e’lon qiladi, o‘quv mashg‘ulotining maqsadi va o‘quv faoliyat natijalarini tushuntiradi (1-ilova)
Tinglaydi, mavzu nomini yozib oladi
1.2. Mashg‘ulotni o‘tkazish shakli va baholash mezonlarini e’lon qiladi (2- ilova)
Yozib oladi
2-bosqich.
Asosiy jarayon
(60 daqiqa)
2.1.Aqliy hujum savollar beriladi. (3-ilova).
2.2. Mavzuning birinchi rejasi bo‘yicha bilimlarni sinaydi (4-ilova).
2.3. Mavzuning ikkinchi rejasi bo‘yicha savol-javob qiladi (5-ilova).
2.4. Mavzuning uchinchi rejasi bo‘yicha bilimlarni tekshiradi (6-ilova).
Yozadi, savolga javob beradi.
Yozadi, savolga javob beradi.
“FSMU” texnikasidan foydalangan holda guruhlarga topshiriqlar beradi (7-ilova). Guruhlarda ishlashga yordam beradi Qo‘shimcha ma’lumotlardan foydalanishga imkon yaratadi. Diqqatlarini kutiladigan natijaga jalb qiladi. Har bir guruh topshiriqlarini vatman - qog‘ozlarga tushirib, taqdimotini o‘tkazishga yordam beradi, bilimlarini umumlashtiradi, xulosalarga alohida e’tibor beradi. Topshiriqlarning bajarilishini qay darajada to‘g‘ri ekanligini diqqat bilan tinglaydi. Fikrlarini tinglab, umumlashtiradi.
Savollarga javob beradilar, erkin bahs-munozara yuritadilar.
Guruhlarda ishlaydilar.