Texnologik xaritasi


-ilova Mavzu: Bog‘langan qo‘shma gaplar



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə24/36
tarix07.01.2024
ölçüsü0,78 Mb.
#210822
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
portal.guldu.uz-Ona tili(1)

1-ilova
Mavzu: Bog‘langan qo‘shma gaplar
1.Bog‘langan qo‘shma gap haqida nazariy bilimlarni mustahkamlash.
2.Bog‘langan qo‘shma gap bo‘yicha savol-javob.
3.Mashqlar ishlash.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Bog‘langan qo‘shma gap haqida nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliyotga tatbiq qilish bo‘yicha keng qamrovli bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
O‘quv faoliyati natijalari: Bog‘langan qo‘shma gap, bog‘langan qo‘shma gap sohasidagi nazariy qarashlar to‘g‘risidagi bilimlarini mustahkamlaydi;
2-ilova

Baholash mezonlari:
Amaliy mashg`ulotda talabalar 5 ballik sistemada baholanadi.
Savollarga to‘liq va mukammal javoblar bergan, javobini misollar asosida dalillagan, qo‘shimcha o‘qish uchun berilgan adabiyotlarga tayangan holda javob bergan talaba 5 ball bilan baholanadi.
Savollarga to‘liq javob bergan, misollar asosida dalillagan, ammo qo‘shimcha adabiyotlardan olingan materiallardan foydalanmagan talaba 4 ball bilan baholanadi.
Savollarga o‘rtacha javob bergan, javoblarida izchillik bo‘lmagan, tayanch tushunchalar mohiyatini to‘liq ochib bera olmagan talaba 3 ball bilan baholanadi.
Yuqoridagi baho mezonlariga mos kelmaydigan tarzda javob bergan yoki umuman javob bera olmagan talaba qoniqarsiz baho olgan deb topiladi va ogohlantiriladi.



3-ilova







4-ilova


1. Hamma quvnoqlik bilan so‘zlashmoqda, faqat Arslonqul negadir xayolchan o‘tirardi.(O.) 2. Uning na Ko‘lobda uy-joyi bor, na bu erda oyoq bosadigan joyi. (C.A.) 3. Mening dam bezgagim xuruj qiladi, dam isitma suyagimgacha yondiradi. (O.) 4. Ichkarida ashula tugab, shovqinli kulgi ko‘tarildi.(As.M) 5. Nuri goh sevinib shirin xayollarga botadi, goh butun vujudini qo‘rquv bosadi. (O.) 6. Onaxonning tovushi tovlanib, ko‘ziga yosh keldi. (As.M.) 7. Birovlar panshaxa bilan paxta ag‘darsa, birovlar quriganini qopga tiqar edi. 8. Shu payt ko‘cha eshigi ochildi-yu, Zunnunxo‘ja halloslaganicha kirib keldi. (A.Q.) 9. Hali musiqa chalinadi, hali ashula aytiladi. 10. Qattiq shamoldan dam chimlar bamisoli qirg‘ovulday uchib tushadi, dam bir oz namiqqan erning tuprog‘i palaxsa-palaxsa bo‘lib ko‘tariladi. (A.Q.)




5-ilova


 4- topshiriq. Bog‘langan qo‘shma gaplar bo‘yicha testlar.



  1. Biriktiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gap qaysi qatorda berilgan?

A. Quyosh yerga nurini har qancha sochsa ham, u yerdan buning evaziga hech narsa talab qilmaydi.
B. Tantanali kechaning badiiy qismida kontsert berildi ham hujjatli fil'm namoyish qilindi.
C. Suv keldi – nur keldi.
D. Bahaybat fil hartumini suvga solishi bilan, suvdagi to‘lin oy birdan qalqiy boshladi.



  1. Bog`langan qo‘shma gapni toping.

A. Mashrab shuni yaxshi biladiki o‘rtog‘i uni aldamaydi.
B. Yo yerning kuchi yo‘q, yo urug‘i yaxshi emas.
C. Kim ichkilikdan madad istasa, o‘sha go‘r atrofida bo‘ladi.
D. Bu uyda na Ashirdan, na Soatdan - hech kimdan darak yo‘q.



  1. Bog`langan qo‘shma gap berilgan qatorni toping.

A. G‘ir eshik unsiz ochildi-da, qop-qorong‘u zalga nur yopirilib kirdi
B. Keyin bir lahza ko‘zini yumdi-da, yuziga kaftini bosdi
C. Zuhra oynavand eshikni ochdi-da, ichkariga kirib ketdi
D. U azab bilan baqirdi-da, mashinani keskin burdi
E. Bir kelib qolibsan-da o‘tir, do‘stim.



  1. Biriktiruv bog`lovchili bog‘langan qo‘shma gap berilgan qatorni toping.

A. Lolalar uchun oftob yaxshidir, Bolalar uchun odob yaxshidir
B. Ko‘m-ko‘k toli yaylovlarda o‘tov oqarib, yer-u ko‘kni podalarning shovqin-suroni tutdi
C. O‘ziga berilgan aqlsiz tentak bo‘lsa, o‘zini bezagan xushro‘y satangdir
D. Chor atrofda esardi ellar, va bog‘larda qushlar chiyillar



  1. Zidlov munosabati ifodalangan bog‘langan qo‘shma gapni toping.

A. Na hamdard kishisi bor, na ovuntiradigan mashg‘uloti.
B. Kuz tushdi, tog‘ cho‘qqilarini qor bosdi.
C. Uydagilar xursand edi, ammo bu xursanchilik unga tatimadi.
D. Burgut yalqovgina, lekin viqor bilan qanotlarini yoyib uchib ketdi.



  1. Bog`langan qo‘shma gapni toping.

A. So‘kinish odati kuchaygan sari beixtiyor yomon xatti-harakatlarga moyillik ham kuchaya bordi.
B. Xushmuomalalikka haq to‘lanmasa ham, u ko‘p naf keltiradi.
C. Hamma o‘z xotirasidan noliydi-yu, hech kim o‘z idrokidan nolimaydi.
D. Jahonda yaramasliklar ko‘p, lekin yomon aqlga yetadigan yo‘q.
E. S, D



  1. Qismlari yuklama yordamida birikkan zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gapni toping.

A. Kun sovuq, ammo osmon beg‘ubor, artilgan shishaday musaffo.
B. Daraxt shoxlarini shirtillatib uzguday yoqqan yomg‘irning tinganini ancha bo‘ldi-yu, osmon pardasi ochilmadi.
C. Temirchining uyi tor bo‘lsa ham, fe'li keng edi.
D. Qiz yalt etib unga qaradi-yu, yuragi hapqirib ketdi.



  1. Ayiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gapni toping.

A.Navoiy goh otda, goh piyoda paydo bo‘lar edi.
B.Hissiyot va aql iroda uchun zarurdir, men faqat ular orqali nima qilishim yoki qilmasligim lozimligini bilib olaman.
C.Yoki sukut saqla, yoki sukutdan tuzukroq biron narsa gapir.
D.Haqiqatga har qanday masofa pisand emas, uni hech bir chegara to‘xtatolmaydi



  1. Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gapni aniqlang.

A. U davra o‘rtasida o‘tirdi-da, so‘zlay boshladi.
B. Ajabo, film namoyishi tugadi-yu, hech kim joyidan qimirlamadi.
C. Yo‘l yurib charchagan Roziq ko‘rpaga kirdi-yu, uyquga ketdi.
D. Ummatali Nafisani ko‘pda ko‘rmasa ham, haftada bir ko‘rib turadi.



  1. Bog‘langan qo‘shma gapni toping.

A. U tabiat go‘zalligining takomili va inson latofatining ayni mujassami edi.
B. Uning behad chiroyli ko‘zlari iffat va hayo bilan ma'sum bo‘lardi.
C. Uyga yaqinlashganda boshidagi durrachasini tuzatdi, qo‘lidagi tugunchani esa yerga qo‘ydi.
D. Tabiiyki, har ikkisi birlashgan joyda jahon guliston bo‘ladi.





Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin