Texnologik xaritasi


-ilova Mavzu: Havola bo‘lakli qo‘shma gaplar



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə26/36
tarix07.01.2024
ölçüsü0,78 Mb.
#210822
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36
portal.guldu.uz-Ona tili(1)

1-ilova
Mavzu: Havola bo‘lakli qo‘shma gaplar

  1. Ergash gaplarning tasnifiga doir.

  2. Havola bo‘laklarning ifodalanish usullari.

  3. Havola bo‘lakli qo‘shma gaplarning turlari.

O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Ergashgan qo‘shma gap haqida nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliyotga tatbiq qilish bo‘yicha keng qamrovli bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
O‘quv faoliyati natijalari: Ergashgan qo‘shma gap to‘g‘risidagi bilimlarini mustahkamlaydi;
2-ilova

Baholash mezonlari:
Amaliy mashg`ulotda talabalar 5 ballik sistemada baholanadi.
Savollarga to‘liq va mukammal javoblar bergan, javobini misollar asosida dalillagan, qo‘shimcha o‘qish uchun berilgan adabiyotlarga tayangan holda javob bergan talaba 5 ball bilan baholanadi.
Savollarga to‘liq javob bergan, misollar asosida dalillagan, ammo qo‘shimcha adabiyotlardan olingan materiallardan foydalanmagan talaba 4 ball bilan baholanadi.
Savollarga o‘rtacha javob bergan, javoblarida izchillik bo‘lmagan, tayanch tushunchalar mohiyatini to‘liq ochib bera olmagan talaba 3 ball bilan baholanadi.
Yuqoridagi baho mezonlariga mos kelmaydigan tarzda javob bergan yoki umuman javob bera olmagan talaba qoniqarsiz baho olgan deb topiladi va ogohlantiriladi.



4-ilova

 2-topshiriq. Ergashgan qo‘shma gaplarning turini aniqlang. Bosh va ergash gaplarni farqlang: bosh gapning tagiga to‘g‘ri chiziq, ergash gapning tagiga esa to‘lqinli chiziq chizing. Biriktiruvchi vositani doira ichida ko‘rsating. Havolani aniqlang va ergash gap tomonidan izohlanishini tushuntiring.


Namuna: Kim vijdonan mehnat qilsa, u rohat ko‘radi.
1. Qaysi birlaringda jahlu g‘azab qo‘zisa, darhol u sukut saqlashga o‘tsin. (Hadis). 2. Hozirdanoq ko‘rinib turibdiki, dangasalik, ayyorlikni bilmaydigan yigitga o‘xshaysiz. (A.Q.) 3. Bu uning laqabimi, rostakam ismimi – hech kim bilmasdi. (As.M.) 4. Qaysi bir xalqda kitobxonlik yuqori bo‘lsa, o‘sha xalqning kelajagi porloq bo‘ladi. 5. Yordam shundan iboratki, seni boshliq bilan uchrashtirib qo‘yaman. 6. Uning bu dunyoda hech ham armonlari qolmadi, deb o‘ylayman. 7. Xurosonda bir davr yaratmoq lozimki, o‘zga xalqlar ibrat ola bilsinlar. (O.) 8. Qaysi odam ishga yaxshi niyat bilan yondashsa, biz o‘sha kishini hurmatlaymiz. 9. Kim ishdan bir nima chiqishiga ishonsa, usta o‘sha. (A.Q.) 10. Bu hovlida nimaiki bor bo‘lsa, hammasi u uchun qadrli edi.
3-topshiriq. Havola bo‘lakli qo‘shma gaplarga badiiy asardan 10ta misol to‘plang va tahlil qiling.
5-ilova



  1. Havola bo‘lakli qo‘shma gap berilgan qatorni toping.

A. Anzirat shuni biladiki, rais xotin-qizlarga bir og‘iz ham gapirmagan.
B.Kimki daraxtlarni asrab qololsa, o‘sha haqiqiy o‘rmonchi bo‘la oladi.
C. Shunisi ajablanarliki, qovjiragan o‘tloqlar yomg‘irdan qorayib tilkalanib ketgan.
D. Barcha javoblar to‘g‘ri



  1. Havola bo‘laklar simmetrik qo‘llangan ega ergash gapli qo‘shma gapni toping

A. Kimki hayotga xumrayib boqsa, hayot ham unga xo‘mrayib boqadi.
D. Qozonga nima tushsa, cho‘michga ham o‘sha chiqadi
C.Kim mehnat qilsa, u rohat ko‘radi
D. B va C.



  1. Havola bo‘laklar asimmetrik qo‘llangan to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gapni toping

A. Xalq seni himoya qilmasa, sen xalqdan o‘pkalama.
V. Kimki samimiy va pokdil bo‘lsa, uni hamma hurmat qiladi.
S. Ishonamanki, u erda sizni yaxshi kutib olishadi.
D. Agar mening o‘rnimga qolsa, sen unga farzanddek sodiq bo‘l.



  1. Kim birovga chuqur qazisa, unga o‘zi tushadi. Ushbu gap ergash gapning qaysi turiga mansub?

A. kesim ergash gap
B. to‘ldiruvchi ergash gap
C. ega ergash gap
D. aniqlovchi ergash gap



  1. Kim sening kamchiliklaringni to‘g‘ri aytsa, u sening haqiqiy do‘stingdir. Ushbu gap turiga ko‘ra qanday gap?

A. kesim ergash gap
B. ega ergash gap
C. to‘ldiruvchi ergash gap
D. aniqlovchi ergash gap



  1. Botir fahmladiki, qushning bolalari har yili shu ajdarga yem bo‘lar ekan. Ushbu gap ergash gapli qo‘shma gapning qaysi turiga mansub?

A. to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap
B. ega ergash gapli qo‘shma gap
C. aniqlovchi tobe gapli qo‘shma gap
D. hol ergash gapli qo‘shma gap



  1. Boy bo‘lay deb, izzatingdan ayrilma. Ushbu gap qo‘shma gapning qaysi turiga mansub?

A. hol ergash gapli qo‘shma gap
B. ega ergash gapli qo‘shma gap
C. kesim ergash gapli qo‘shma gap
D. to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap



  1. Buni esdan chiqarmang: shu ozod va obod vatan barchamizniki. Ushbu gap tobe gapning qaysi turiga mansub?

A. aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap
B. to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap
C. ega ergash gapli qo‘shma gap
D. hol ergash gapli qo‘shma gap



  1. Kim devorning narigi tomonida bo‘lsa, u omon qoldi. Ushbu gap ergash gapning qaysi turiga mansub?

A. aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap
B. to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap
C. ega ergash gapli qo‘shma gap
D. hol ergash gapli qo‘shma gap



  1. Nisbiy so‘zlar ishtirok etgan gaplarda ko‘rsatish olmoshi qaysi gap tarkibida bo‘ladi?

A. hokim gap tarkibida
B. tobe gap tarkibida
C. hokim va tobe gap tarkibida
D. hokim yoki tobe gap tarkibida

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin