5-“a’lo” baho uchun talabalar “Mehnat va uni o`qitish metodikasi” fanining maqsad va vazifalarini, bo`limlarini, ilmiy va amaliy asoslarini, tamoyillarini, o`zaro fanlar aro bog‘lanishni, ta`lim jarayonida qo`llanadigan metodlarni, dars tiplari va tarkibini, mehnat darsining xususiyatlarini va mazmunini, talabalarning bilim, ko`nikma va malakalariga qo`yiladigan baholash mezonini, asosiy o`quv vositalari darslik, o`quv qo`llanmasi va boshqa vositalarni qo`llash metodikasini, mehnat fanini o`qitishda qo`llaniladigan barcha metod va usullarni, boshlang`ich sinflarda mehnat va uni o`qitish metodikasi fani yuzasidan olib borilgan tadqiqotlarni va fanning muhim bo`lgan muammolarini, o`quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning eng qulay bo‘lgan shakllari, usullari va vositalarini, mehnat ta’limini integratsiyalashni, innavatsiyon texnologiyalardan foydalanishni, ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llay bilishi kerak.
“4- “yaxshi” bahouchun talabalar “Mehnat va uni o`qitish metodikasi” fanining bo`limlarini, o`zaro fanlar aro bog‘lanishni, ta`lim jarayonida qo`llanadigan metodlarni, dars tiplari va tarkibini, mehnat ta’limi mazmunini,
vazifasi va maqsadini, talabalarning bilim, ko`nikma va malakalariga qo`yiladigan
baholash mezonini, mehnat fanini o`qitishda qo`llaniladigan barcha metod va usullarni, o`quvtarbiya jarayonini tashkil etishning eng qulay bo‘lgan shakllari, usullari va vositalarini bilishi kerak.
v) 3- “Qoniqarli” bahouchun talabalar “Mehnat va uni o`qitish metodikasi” fanining bo`limlarini, ta`lim jarayonida qo`llanadigan metodlarni, mehnat ta’limi mazmunini, vazifasi va maqsadini, talabalarning bilim, ko`nikma va malakalariga qo`yiladigan baholash mezonini, o`quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning usullari va vositalarini bilishi kerak.
g) “Mehnat va uni o`qitish metodikasi” fanidan aniq tasavvurga ega bo`lmagan, mehnat ta’limini mazmuni, shakl va usullarini bilmagan talabalarga 2 –“qoniqarsiz” baho qo`yiladi.