U yoshlik chog'idanoq pichoqsozlik kasbini puxta egallab, tez orada o ‘zining ajoyib pichoqlari bilan Farg'ona vodiysida shuhrat qozongan. U yasagan o ‘tkir t ig ii bejirim pichoqlar uzoq-uzoqlarga tarqaldi. 113
Qorasuvlik pichoqsozlar o ‘sha vaqtlardayoq qilich, xanjar, pichoq yasashda nom qozongan edilar. Pichoqsoz Asqar usta ana shu Qorasuv pichoqchilarining yirik vakili b o ‘lib, u pichoqsozlikni yoshligida To‘xtasin pichoqsoz ustadan o ‘rgangan. U Qorasuv va Shahrixonda pichoqsozlik qilgan. Ayniqsa, u Ikkinchi jahon urushi davrida o ‘zbek jangchilariga ham atab pichoq tayyorlagan. 1948-yilda Qorasuvda tashkil etilgan artelda u o ‘z o ‘g ‘illari Bokirjon va usta Mamasaidlar bilan birga ishladi. Asqar pichoqsoz pichoqlarni a lo nav poiatdan yupqa, ixcham, naqshdor hamda o ‘tkir qilib yasagan. U "qozoqcha", "hisorcha", "buxorcha", "naqshband" usullari bilan pichoqlar yasagan. Uning yasagan pichoqlariga d6im talab kuchli edi. Asqar pichoqsozning o ‘g ‘illari bilan yasagan pichoqlari 0 ‘sh, Andijon, Jalolobod va boshqa joylarda "Qorasuv pichog‘i" nomi bilan mashhurdir. 1964-yilda Asqarxo‘ja Oysarxo'jayev 86 yoshida vafot etdi. Lekin uning juda ko‘p shogirdlari "Qorasuv pichogi" nomini tildan tushirmay, hozirgi kungacha shuhratini ko‘tarib kelmoqdalar. Ayniqsa, uning katta o ‘g ‘li Mamasaid va o ‘rtancha o ‘g ‘li Bakir ota kasbini ulug'layotgan farzandlari o ‘zbek pichoqlari shuhratini chet ellarga ham taratdilar. Qorasuv pichoqchilik maktabining namoyandalaridan yana biri usta Bakirjon Asqarov bo'lib, uning ota-buvalari ham pichoqsoz ustalar boMishgan. Bakirjon Asqarov kasbini san’at darajasiga ko‘tarib chiqdi,