O`quvchilarning o`qishga bo`lgan faolligini oshirishning didaktik asoslari
O`qitishda faollashtirish prinsipini muvaffaqiyatli amalgam oshirishda asosiy o`rinni ijodiy mavzudagi mustaqil ishlar oladi. Xilma-xilligi: mashqlarni programmalashtirish, testlar
O`quvchilarning intiluvchanligini oshirish harakatchanlikni kuchaytirish bilan emas, maxsus intelektual vositalar yordamida o`qituvchining teskorligi, o`quvchilarning o`z hoxish-irodasi va jismoniy kuchlari aniq maqsadga ya`ni o`qishga va tarbiyalanishga qaratilishi kerak.
Bilishga bo`lgan intiluvchanlikning fiziologik asosi hozirgi holat bilan oldingi holatning mos kelmasligi xisoblanadi. O`quvchini aktiv bilishga bo`lgan intiluvchanligini oshirish bosqichida yo`naltirilgan tekshiriash refleksi, tashqi muhitdagi o`zgarishlarning o`rganizmga noodatiy tasirini o`rganish asosiy o`rinda turadi. Tadqiqotchilik refleksi miya katta yarimsharlarini faol halatga keltiradi. Tadqiqotchilik refleksini uyg`otish – bilish faoliyatining ajralmas sharti.
Bilishga bo`lgan faollikning bosqichlari (Shalamova T.I 1982y) Birinchi bosqich – aktivlikni uyg`otish.
O`quvchining intiluvchanligi, tushunishi, eslab qolishi va bor bilimini aytib berishi, uni amalda qo`llash usulini bilishi bilan xarakterlanadi. Bu bosqich o`quvchining iroda kuchining doimiy emasligi, o`uvchida chuqur o`rganishga qiziqishning yo`qligi, savollarning yetishmasligi (“nega?”) bilan ajralib turadi. Ikkinchi bosqich – interpretatsion faollik.
Hodisalar va jarayonlar o`rtasidagi bog`liqliklarni o`rganishga intilish, o`zgargan sharoitda bilimlarni amalda qo`llash ko`nikmalariga ega bo`lishi bilan xarakterlanadi.
O`ziga xos ko`rsatkichlari: boshlagan ishni oxirigacha yetkazishga intilishi, qiyinchilik tug`ilganda mashqni bajarishdan voz kechmaslik va boshqa yo`lini qidirishga bo`lgan iroda mexnatining chidamligi.
Uchinch bosqich - ijodiy.
Qiziqish va intilish bilan faqatgina chuqur kirib boorish emas, shu maqsadga yangi usul o`ylab topish bilan xarakterlanadi.
O`ziga xos xususiyatlari – o`quvchining yuqori iroda sifatlari, maqsadga erishishdagi tirishqoqligi va doimiy bilim olishga bo`lgan qiziqishi. Faollikning bu bosqichini hayajon, xilma-xil darajadagi tushunchalar shu bilan bir qatorda, o`quvchi nima biladi, nima uning shaxsiy tajribasida uchragan va yangi ma`lumot, yangi hodisa ta`minlaydi.
Faollik, ishchanlikning sifati kabi ajralmas qismi xisoblanadi va o`qitishning xohlagan prinsipi ko`rsatkichi bo`ladi.
O`qityishni hayot bilan bog`lash o`quvchilarni o`qitishning tarkibiy qismi xisoblanadi, o`quv bilan hayot orasidagi boshliqni to`ldirish mumkin, bu faqatgina o`quvchilarning faol o`qitish holatidagina bo`lishi mumkin. Ilmiylik prinsipi o`quvchilarning faol ishchanlik asosini tashkil qiladi. Shu bilan birga o`rganilayotgan hodisaning asosiga o`quvchilarning ishchanligi bilan chuqur kirib boorish kerak.
O`zlashtirilgan bilimning mustahkamligi faqatgina o`quvchilarning faol o`qitish jarayonida bo`lishi mumkin. Ko`zga tashlanish prinsipi, asosan yakka aniq va abstrak, bilimni o`z ixtiyori bilan o`zlashtirish, o`quvchilarning faol fikrlashida ko`rinadi, asosan aniqlikdan abstraklikka o`tish bosqichida va aksincha abstraktlikdan aniqlikka o`tishda ko`rish mumkin.
Kollektiv o`qitish sharoitida individual yondoshish prinsipida har bir o`quvchini jarayonga qo`shishni taklif qiladi. Shu bilan birga faollik darajasi o`quvchilarning haqiqiy oquv darajasiga bog`liq.
Shu tariqa o`qitishdagi faollik prinsipi sistemadagi barcha prinsiplar bilan dialektik bog`lanishda bo`ladi.
O`quvchilarning o`itishdagi faolligi vositalariga quyidagilar kiradi: o`quv materiali, shakli, metodi va o`qitish uslublari.
O`quvchining vazifasiga bilishga bo`lgan ishchanligini umumiy oshirishgina emas, balki yo`naltirilgan bilimini rivojlantirish va usullarini o`rganishdagi faolligini oshirish hamkiradi.
Muammo – bu doim bilmasligini bilish, qoniqtiradigan ma`lumotning talab qilingan darajada yetishmasligi.
Mustaqil ishga xos belgilar:
mustaqil ish maqsadining bo`lishi,
aniq topshiriqning bo`lishi,
mutaqil ish natijasini aniq belgilash,
mustaqil ish natijalarini tekshirish shakllarini aniqlash,
topshiriq olgan har bir o`quvchining bajarishi shartligi. Mustaqil ish tarkibiga kiradigan asosiy talablar:
topshiriqning ma`nosi o`qitishning didaktik maqsadlariga va tarbiyaga qatiy to`g`ri kelishi kerak;
topshiriqning tarkibi va metodik aparati mustaqil o`rganishning hamma bosqichlarini o`z ichiga olishi kerak;
har bir o`quvchining mustaqil ishini mukammal bajarishi uchun ishlarda variativ mashqlarning hamma xili ishlatishi kerak.
O`qituvchining vazifasi – faqatgina o`rgatish emas, balki o`rganish jarayonini boshqarish, tarbiyalash va o`quvchining rivojlanishiga yordam berishi kerak.
O`quvchining vazifasi – o`zida qimmatli xulq atvorni shkllantirgan holda o`qish va o`z-o`zini tarbiyalash orqali rivojlanish. N.A. Menchinskaya o`quvchilarning faollik darajasiga qarab o`qish jarayonini boshqarishning ikki shaklini farqlagan. Ulardan birinchisi o`quvchilarni qattiq reglament asosida o`qitish. Bunga algaritm asosida o`qitish kiradi.
Boshqarishning boshqa shakli – qidirilayotgan topshiriqni bajarishga yo`naltirish emas, balki ular oldiga muammoli topshiriq qo`yish bo`lib xisoblanadi.
Muammoli o`qitish o`quvchilarning fikrlashini faollashtiribgina qolmay qidirilayotgan topshiriqni qidirish mobaynida shu fanga qiziqish ham uyg`onadi.