Texnologiyalardan foydalanish usullari mavzusida tayyorlagan


Biologiyani o’qitishda rivojlantiruvchi pedogogik texnologiyalarining qisqacha tadqiqot tarixi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə4/10
tarix15.06.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#130521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti

Biologiyani o’qitishda rivojlantiruvchi pedogogik texnologiyalarining qisqacha tadqiqot tarixi


Prezidentimiz I.A.Karimovning «Respublika uchun ilmiy kadrlar tayyorlashni kengaytirish to`g`risida»gi (1990 yil fevral`) nutqida «Yoshlarni zamonaviy fan- texnikaning umuman ilm-fanning yutuqlaridan bahramand qilmasdan turib, ularga yuqori malakali ixtisos egalari bo`lib etishishiga sharoit tug`dirmay turib, biz respublikamiz xalq xo`jaligini, sanoat ishlab chiqarish sohalarini tubdan o`zgartira olmaymiz...», degan edi.
Ta`lim sohasida o`zgarishlar yuz berdi. O`qituvchi faoliyati yangilandi, o`quvchilarda bilimga qiziquvchilik, vatanni sevish insonparvarlik tuyg`ulari shakllana boshladi. Shu asosda vataniga, xalqiga millatiga fidokor, mustaqil fikrlaydigan, biron bir masalani ongli ravishda, ma`suliyat bilan hal qiladigan izlanuvchi, yangilikka intiluvchi shaxslarni tarbiyalaydigan yangi ta`lim texnologiyalari bilan qurollardan kadrlar etishtirila boshladi. Texnologiya tushunchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bog`liq holda fanga 1972 yilda kirib keldi va yunoncha ikki so`zdan texnos (technt)-san`at, xunar va logos (logos)- fan, ta`limot so`zlaridan tashkil topib hunar fani ma`nosini anglatadi. Lekin bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni to`liq tasvirlab bera olmasdi.
Texnologik jarayon bu mehnat qurollari bilan mehnat ob`ektlariga bosqichma bosqich ta`sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishining faoliyatidir. Pedagogik texnologiya-bu o`qituvchining o`qitish vositalari yordamida talabalarga, o`quvchilarga muayyan sharoitda ta`sir ko`rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ulardan oldin belgilangan lichnost` sifatlarini (dargohlarda) intensiv shakllantirish jarayonidir: texnologik yondoshuv ishlab chiqarishdan olingan bo`lib, unda minglab texnologik jarayonlar loyhalashtirilgan uldar ishlab chiqarishda kerakli natijalarga erishishning tarmog`i hisodlanadi. Bu texnologiyalarni qo`llash vaqtida hudud va ularning ijrochisi o`zgarsa ham, kerakli mahsulot chiqaveradi. Ta`lim tarbiya jarayonida ham shunga erishish uchun pedagogik texnologiya ishlab chiqildi.
Jahon pedagogik tafakkurida ta`lim-tarbiyaga bunday yondashuv yangi emas. XVIII –asardayoq «Buyuk didaktikaning muallifi Yan-Amos Kamenskiy ta`lim jarayonini «...Unda har bir usul va narsalar vaqt jihatidan shunday joylashtirilishi kerak ediki», ... butun pedagogik jarayon yaxshi sozlangan soat kabi bexato yurishi kerak», bo`lgan shaklga shaklga solmoqchi bo`lgandi. Buyuk pedagog Kamanskiy etmagan orzularga XXI-asr pedagoglari etib, bu ijtimoiy hodisa pedagogik texnologiya nomini olib, dunyo o`qituvchi va pedagoglariga xizmat qilmoqda.
Bu ish AQSh olimlari R.Slavin, B.Blum, D.Kratvol., N.Granlund, Dj.Kerolla, Dj.Blok, L.Anderson, Izrailli-Sh.Sharon, Rossiyadan V.P.Belpal`go va boshqalar tomonidan amalga oshdi.
Bizning Respublikamizda asosan biologiyani o`qitishda ta`lim texnologiyalaridan foydalanish to`g`risida ishlarni A.T./ofurov, J.O.Tolipova, T.Nazarova, D.Matros, V.Zaitsev. G.K.Selevko, e.S.Polat, Kavtaradze, Ch.Yu.Kurochkina M.e.Shurkova, A.B.Abdikasimova, S.S.Fayzullaev, I.T.Azimov, B.Axmadalieva, e.Bel`skaya va boshqalarning mehnatlarida ko`rish mumkin.
Yangi pedagogik texnologiyalar o`z mohiyatiga ko`ra pedagogika fani va amaliyoti yutuqlarining sintezini, ilgari tajribaning an`anaviy elementlari bilan jamiyat taraqqiyoti, jamiyatni insonparvarlashtirish va demokratiyalashtirish natijalari yig`indisini ifodalaydi. Uning manbalari va tarkibiy elementlari:

  1. Ijtimoiy o`zgarishlar va yangi pedagogik tafakkur;

  2. Pedagogika, pisixika, ijtimoiy fanlar;

  3. Ilg`or pedagogik tajriba;

  4. Vatanimizning va xorijiy mamlakatlarning ta`lim-tarbiya sohalaridagi ilgarigi va zamonaviy tajribalari;

  5. Turli xalqlarning tarixiy rivojlanishi davomida shakllangan va ular tomonidan amal qilib kelinayotgan xalq pedagogikasi (Etnopedagogikasi, qaraqalpoq etnopedagogikasi) an`analari.

Maktablarning hozirgi nazariyasida va amaliyotida o`quv-tardiya jarayonini amalga oshirish va olib borishning ko`plab variantlari bor. Ko`p texnologiyalar o`z maqsadlari, mazmuni, qo`llanadigan metodlari va vositalari bo`yicha o`xshash, ularni shu umumiy belgilariga ko`ra tasnif qilish mumkin.

  1. Qo`llanish darajasiga ko`ra.




  1. Falsafiy asosi bo`yicha;

  2. Asosiy rivojlantiruvchi omili bo`yicha;

  3. O`zlashtirish kontseptsiyasi bo`yicha;

  4. Shaxsiy belgi-sifatlariga ko`ra yo`nalganligi bo`yicha;

  5. Mazmun xususiyatlari bo`yicha;

  6. Boshqaruv turi bo`yicha;

  7. Qo`llaniladigan metodlari bo`yicha

  8. Bolaga yondashuv bo`yicha;

  9. Ta`lim oluvchilar toifalari bo`yicha.

Yuqoridagi tasnif asosida misol sifatida hozirgi an`anaviy maktab ta`limini quyidagi tasniflash mumkin.
1.1. Umumpedagogik

    1. Majburlash pedagogikasi (Umumiy majburiy ta`lim);

3.1. Sotsiogen, ya`ni asosiy e`tibor jamiyatning faol a`zolari bo`lgan barkamol insonlarni, shaxsni tarbiyalashga qaratilgan holda;
4.1. Assotsiativ reflektor bo`lib suggestiya (namuna, misol, o`rnak, ibrat, ko`rsatishlar) ga tayangan holda;
5.1. Axborotni, ya`ni bilim, malaka, ko`nikmalarni shakllantirish va mustahkamlashga yo`naltirilgan;
6.1. Dunyoviy texnologik, umumta`lim mazmunida bo`lib, ta`lim tarbiya jarayonini tashkil qilish va olib borishda didaktikaga markaziy o`rin beriladi;
7.1. An`anaviy-mumtoz (klassik) bo`lib unga ta`limning texnik vositalari qo`shilgan;
8.1. Tushuntirish illyustratsiyalash;
9.1. Avtoritar;
10.1. Ommaviy, individual.
Shu bilan bir vaqtda jamiyatning rivojlanishi alohida mamlakatlarda va umuman jahonda insonparvar falsafiy asosdagi yangi pedogogik va axborot

texnologiyalari yaratildi. Bular ham yuqorida aytilgan belgilarga ko`ra tasnif qilinadi. Didaktik o`yin, muoomoli ta`lim modeli ta`lim hamkorliklarida o`qitish an`anaviy ta`lim, dasturlashtirilgan ta`lim guruhli texnologiyalar va axborot texnologiyalari.


Rivojlantiruvchi texnologiya bir qancha asoslarga ega: Ijtimoiy, falsafiy, metodologik, didaktik, pedagogik, psixologik, fiziologik, gigienik, mafkuraviy, huquqiy me`yoriy iqtisodiy, tarixiy, nazariy, amaliy va boshqada asoslar. Masalan: pedagogik asosi zamonaviy pedagogika fanining ilmiy xulosalaridan kelib chiqadi. Bunda pedagogik texnologiyaning umumiy tarkibi tuzilishi, mazmuni shakli usullari, vositalari pedagogik jarayonning tashkil qilinishi, olib borilishi, diagnostikasi, manitoringi, o`quv-mavzu rejalarining ilmiy jihatdan to`g`ri bo`lishi ta`minlanadi.
O`quvchilarni o`qishini yaxshilash borasidagi savollar zamonaviy pedagogic bilim va amalyotining asosiy muammolaridan biridir. O`qishdagi faollikini oshirish ma`lum ahamiyatga ega, shu jumladan o`qitish va rivojlantirish ishchanlik xususiyatiga va o`qitish sifatiga ishchanlik o`qitishning natijasiga, rivojlanish va tarbiyasiga bog`liq.
Yuqori natijalar bilan masalarni yechish va o`qitish sifatini oshirish jarayonini oshirish asosiy muammo xisoblanadi. Uning asosiy qiymati, harakatchanlikni namoyon qilish, o`quv materialini yo`nalishli o`zlashtirishgina emas, balki o`quvchining bilishga bo`lgan harakatchanlik munosabatini shakllantirish. Bilim berish xarakteridagi harakatchanlik doim subyekt faolligiga bog`liq. Bilim, tayyor holda qabul qilinganda uning hayotga tadbiq qilishdava aniq masalalarni yechishda qiyinchilik tug`diradi. O`qilganlardan ochiq holda nazariy bilimlarni amalyotda bajarolmaslik asosiy kamchiliklardan biri xisoblanadi.
Uzoq vaqtlardan beri didaktikaning asosiy muammolaridan biri: o`quvchilarni darsda qanday faollashtirish mumkin? Bu borada tub burilish qilgan
M.N. Koshinaning izlanishlari bo`ldi. 1950-yillarning o`rtalarida shu paytdagi
o`qitish tizimini tanqid qilib chiqdi. Bunda o`tkir savol o`quvchilarning darslarda nofaol bo`lishlari edi. 300 soatlik xronometraj pochtasini kuzata turib M.N. Koshin o`quvchilarning faqatgina 10% vaqti mustaqil ishga ajratilganligini aniqladi, bu ham darslikni o`qish bilan bog`liq va bir nechta oddiy mashqlani bajarish edi. Bunga qo`shimcha tazda hayron qoldiradiga fakt aniqlandi: o`quvchilar qanchalik katta bo`lsa shunchalik kam mustaqil ish bajarishgan. Bu savol bugungi kunda ham o`z qiymatini yo`qotmagan.
O`qitish jarayonining foydaliligini oshirish ilmiy fikrlarni amaldagi sharoitlarini teksirish va o`quvchilarning faolligini oshiruvchi vositalarni toppish muammoni hal qilishi mumkin.
Mejatestatsion davrdan beri men “biologiya darslarida o`quvchilarning bilishga bo`lgan harakatchanligini oshirish” mavzusida ilmiy ish olib boryapman.
Men tomondan qo`yilgan maqsad va vazifalar:

  1. Metodik adabiyotlarni o`rganish.

  2. “Biologiya” kursida o`qitishni faollashtirish yo`llarini toppish.

  3. O`qitish jarayonini yaxshilaydigan metod va shakllarini o`rganish

  4. Bilim va ko`nikmalarini tekshirish va baholashning sistemasini yaratish. Analitik xisobotning maqsadi:

Mejatestatsion davr mobaynidagi ishlarimning natijalarini ko`rsatish. Anlitik xisobotning asosiy vazifalari:

  1. Mening bilim olishni faollashtirish borasidagi ishlarimni o`quvchilarda ko`rsatish.

  2. Chorak davomida qilingan ishlarning natijalarini ko`rsatish.

  3. Yaxshi natijalarga erishish sharoitlarini ko`rsatish.

  4. Chorak davomida paydo bo`lgan muammolarni ko`rsatish.

  5. Keyingi chorakda bularni bartaraf qilish.

  6. Keyingi chorakdagi ishlarning rejasini ko`rsatish.

  7. O`z faoliyatimga analiz berish


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin