3.1 Ta’lim-tarbiya jarayonida keys stadidan foydalanish. “Keys” - case stadies ingliz tilidan olingan bo‘lib, jarayon yoki vaziyat degan ma’noni beradi. Dastlab bu texnologiyadan biznes va tadbirkorlami o‘qitishda foydalanilgan bo‘lib, hozirgi paytda o‘qitiladigan, fanning mazmunidan kelib chiqqan holda, tirik organizmlarda boradigan jarayonlaming tashqi va ichki, ob’yektiv va sub’yektiv omillari yuzasidan muammoli vaziyatlar yaratilib ulami hal etish uchun o‘quv munoza- ralari tashkil etiladi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida keys stadidan foydalanish uchun о’qituvchi:
•Dastur mazmunidagi muammoli mavzulami aniqlashi, shu mavzu lam i o‘qitish uchun muammoli savol-topshiriqlar tuzishi;
• Dars davomida muammoli savol-toshliriqlaming qiyinchilik dara- jasiga ko‘ra yakka tartibda yoki o‘quvchilaming kichik guruhlarida mustaqil ishlami tashkil etilishini aniqlashi;
• O ‘quvchilaming bilish faoliyatini mazkur muammolami hal etish, o‘quv munozaralari orqali muloqotga kiritish yo'llarini rejalashtirishi;
• Muammoli savol-topshiriqlar asosida tashkil etilgan o‘quv muno- zaralarida yakuniy fikmi vujudga keltirishi lozim. Biologiyani o‘qitishda izohlashni talab etadigan biologik muam- molar muhim o‘rin tutib, o‘quvchilarda obyektlami tanish, obyektlar o‘rtasida bog'lanishlami aniqlashda ham keys stadidan foydalanish imkoniyati mavjud.
3.2 Keys savollari 1-keys. Ma’lumki, o‘simlikning ildiz sistemasi uning o‘sayotgan muhitga bog'liq. Botqoqlikda yoki cho‘lda o‘sayotgan o‘simlikning ildizi nisbatan rivojlangan bo'lishini aniqlang.
Keysni yechish jarayoni: 1. Talabalar keys mohiyatini u bilan ikki-uch marta tanishish orqali, sherigi (juftlikda), guruhdoshlari (kichik guruhlarda) yoki jamoadoshlari (jamoada) bilan muhokama qilgan holda yetarlicha anglab oladi. 2. Talaba sherigi (juftlikda), guruhdoshlari (kichik guruhlarda) yoki jamoadosh lari (jamoada) bilan muhokama qilgan holda muammoning yechimini topishga hizmat qiluvchi tarbiya tamoyillarini aniqlaydi. 3. Talaba (juftlik, kichik guruh, jamoa) aniqlangan tarbiya tamoyillari orasidan muammoga barchasidan eng muhim tamoyil (yoki ikkita tamoyil)ni ajratib oladi. 4. Talaba (juftlik, kichik guruh, jamoa) yechimni ajratib olingan tarbiya tamoyili (ikkita tamoyil) asosida bayon etadi. 5. Yechim individual, kichik guruhlar yoki jamoa ishtirokida muhokama qilinadi. 0 ‘qituvchining yechimi: 1. Botqoq o‘simligi. Torf yo‘sinida rizoidlar bo‘lmaydi, suv va suvda erigan mineral tuzlami ular poya va barglari orqali shimib oladi. Uzliksiz uchidan shohlanib o'sishi va ostki qismining o‘lib borishi natijasida torf qatlamlari hosil bo‘ladi, botqoqlik vujudga keladi, chunki yo‘sinning o'lgan qismidagi suv tuproqqa chiqib uni botqoqlashtiradi.
Cho’l o‘simligi yon ildizlar yahshi taraqqiy etganligi, uning yonga o‘sgan ildizlari hatto 30 m gacha taraladi. Shudring, yomg'ir orqali Qumni mustahkamlaydi. 2. Agar ta’lim mazmuni o‘simlik yoki hayvonat dunyosining xilma-xilligi, turli ekologik muhit sharoitiga moslashishini o'rganishni talab etsa bu holda ekskursiya tashkil etilishi yoki kuzatish metodlari orqali amaiga oshiriladi. Kuzatish metodi-bu tirik organizmlarda boradi- gan jarayonlar va tabiat jismlarida sodir bo‘ladigan hodisalami aniq- laydi. Kuzatish metodidan dars jarayonida foydalanilganda o‘quvchilar dars mazmuniga oid ko‘rgazma vositalarini mustaqil kuzatadilar, natija- da kuzatish obyektlaridagi o‘ziga xos xususiyatlami isbotlovchi dalillar- ga ega bo‘ladilar.
2-keys. Odamni operatsiyaga tayyorlash jarayonida narkoz maskasi yuz tomoniga qo‘yiladi. Hasharotlami tinchlantirish uchun narkoz maskasini qayerga qo‘yishni tavsiya etasiz.
Savollar: 1. Vaziyatni qanday izohlaysiz? 2. Bu holatni qanday usullar orqali aniqlashingiz mumkin. Talabalarga tavsiya etiladigan manbalar: “Zoologiya” va “Odam fiziologiyasi”ga oid adabiyotlar. Talabalar uchun ko‘rsatmalar: 1. Keys mohiyatini yetarlicha anglab oling. 2. Berilgan manbalarga tayangan holda muammoning yechimini topishga xizmat qiluvchi tarbiya tamoyillarini aniqlang. 3. Aniqlangan tarbiya tamoyillari orasidan muammoga barchasidan ko‘proq daxldor bo‘lgan, eng muhim tamoyil (yoki ikkita tamoyil)ni aj rating. 4. Ana shu tamoyil (tamoyillar) asosida yechimni asoslang. 5. Yechimni bayon eting. Keysni yechish jarayoni: 1. Talabalar keys mohiyatini u bilan ikki-uch marta tanishish orqali, sherigi (juftlikda), guruhdoshlari (kichik guruhlarda) yoki jamoa- doshlari (jamoada) bilan muhokama qilgan holda yetarlicha anglab oladi.
2. Talaba sherigi (juftlikda), guruhdoshlari (kichik guruhlarda) yoki jamoadoshlari (jamoada) bilan muhokama qilgan holda muammoning yechimini topishga xizmat qiluvchi tarbiya tamoyillarini aniqlaydi. 3. Talaba (juftlik, kichik guruh, jamoa) aniqlangan tarbiya tamoyillari orasidan muammoga barchasidan eng muhim tamoyil (yoki ikkita tamoyil)ni ajratib oladi. 4. Talaba (juftlik, kichik guruh, jamoa) yechimni ajratib olingan tarbiya tamoyili (ikkita tamoyil) asosida bayon etadi. 5. Yechim individual, kichik guruhlar yoki jamoa ishtirokida muhokama qilinadi.
O‘qituvchining yechimi: Hasharotlarda nafas olish sistemasi tana bo‘shlig‘ida joylashgan juda ko‘p shohlangan ingichka naychalarga o‘hshash traheyalardan iborat. Havo qorin bo‘limida joylashgan tashqi nafas olish teshiklaridan naychalarga o‘tadi. Naychalar orqali havo hamma tana organlariga, shu jumladan, qanot, mo‘ylov va timoqlarga ham yetib boradi. Traheya naychalaridagi havo qorin muskullarining dam-badam qisqarishi tufayli almashinib turadi. Hashoratlarga narkozni qorin bo‘limiga qo'yish kerak. Buni tajriba metodlari orqali aniqlash mumkin.
3-keys. Faraz qiling. Sizga qushning skeleti berilib, uning qaysi muhitda yashaganligi va qanday oziq turi bilan oziqlanganligini aniqlash so‘raldi. Siz avvalo nimalarga e’tibor qaratish lozimligi va qanday aniqlashni tavsiya etgan bo‘lardingiz. Savollar: 1. Vaziyatni qanday izohlaysiz? 2. Bu holatni qanday usullar orqali aniqlashingiz mumkin.
4-keys. Nima sababdan sabzavot ekinlarining ko‘chatlari o‘tkazilayotgan paytda ildizni chilpish, mo‘l- ko‘l sug‘oriladi va tuproq zichlanadi? Ushbu agrotexnik tadbirlaming zarurligini tushuntiring. Keys savollari: Ildizning nafas olish va o‘sish jarayonlari qanday kechadi? Ildizning yahshi o‘sishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi? 0 ‘simlik ko‘chat (nihol)Iarini bir joydan boshqa joyga o‘tka- zishinig ahamiyati qanday?
Keys yechimi: (Talabalar variantlari) 0 ‘qituvchining yechimi: Dehqonchilikda qo‘llaniladigan agrotexnik tadbirlar: Ildizning chilpilishi, mo‘1- ko‘l sug‘orilishi, tuproqning zichlanishi. Mohiyati: Ildizni chilpishdan maqsad, bunda o‘simlikning asosiy ildizini o‘sishini sekinlashtirish (tocxtatish) va oziq moddalami yon ildizlaming rivojlanishiga yo‘naltirish sanaladi. Yon ildizlaming yahshi o‘sib-rivojlanishi tuproqning yuza - unumdor qavatidagi mineral moddalami o‘zlashtirish imkonini beradi, natijada ко‘chat yaxshi o‘sadi, hosildorlik oshadi.O‘simliklami ko‘chati o‘tkazilayotgan paytda mo‘l-ko‘l sug‘orilishining sababi, tuproqdagi mineral moddalaming erishini va o‘simlik tomonidan yahshi o‘zlashtirilishini ta’minlash hisoblanadi. Ко‘chat o‘tkazilganda tuproqning zichlanishining mohiyati shundan iboratki, birinchidan ko‘chatning yahshi o‘matilishi(mustahkam turishi) bo‘lsa, ikkinchidan havoning tuproq ostiga kirib ildizning qurib qolishini oldini olishdir. Kunlar ham uzayganidanmi ko'pchilik о‘quvchilaming bo‘sh vaqtlari ko‘payib qoldi. 6-sinf botanika darsidan ikkinchi ekskursiya vaqti keldi. (0‘quv reja bo‘yicha). Buni e’lon qilganingda hamma birdek quvonishdi. Ammo lekin sinfinizdagi Akbar ismli o‘quvchingizning ota-onasi bu ekskursiyaga mhsat bermadi, bolasining bchollagini aytib. Bundan habar topgan boshqa yana bir-ikkita bolalarning ham ota-onalari mhsat berishmadi. Bundan so‘ng, o‘qituvchi ekskursiya tashkil qilishni keyinga surdi. Akbar va uning sinfdoshlarining fanga bo‘lgan qiziqishi ancha pasaygandi, ular o‘zlarini majburlasalarda kocngildagidek dars tayyorlashmayaptilar, o‘zlarini behol, charchagan hisqilis hayapti. Fan o'qituvchilarining ham shashti past, maktab jamoasi tushkun bir kayfiyatda yurardilar. Psixologlar maslahat berdi.
Ishni tashkil qilish bosqichlari maslahat va tavsiyalar:
1. Keys bilan tanishish:
a) Keys mazmunini diqqat bilan o‘qib chiqing.
b) Keysni kichik jamoangizda “sabab-oqibat” nuqtai-nazaridan tahlil qiling.
2. Berilgan vaziyat bilan tanishish:
d) Ma’lumotlarni yana bir diqqat bilan o‘qib chiqing.
y) Vaziyatni keltirib chiqaruvchi omillami belgilab oling.
f) Vaziyatda muhim joylami qalam bilan chizib, alohida ko‘rsatib qo‘ying. 3. Muammoli vaziyatni tahlil qilish:
XULOSA 1.Mamlakatimiz birinchi Prezident Islom Karimov rahbarligida ta‘lim va tarbiya
sohasida katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan. Mamlakatimizda
yurtboshimiz tashabbuslari bilan kadirlar tayorlash milliy dasturi qabul
qilinib, qator hukumat qarorlari asosida amalga oshirilayotgan sohalari
islohtlar natijasida, dunyoda ,,O‘zbek modeli‖ deb e‘tirof etilgan, tarbiya
hamda ta‘limni uzviy va izchil ko‘shib olib borishga qaratilgan mutlaqo
yangi tizim yaratildi.,, 2004—2009 yillarda maktab ta‘limini rivojlantirish Davlat Umummilliy dasturi, ,,Talim tizimini mazmunan modernizasiyalash
va ta‘lim-tarbiya samaradarligi yangi sifat darajasiga ko‘tarish dasturi‖
zamirida ham ta‘lim samaradorligini maqsadi etganligi fikrimizni
tasdiqlaydi.
2.Yuqorida keltirilgan maqsadlarga erishish uchun ta‘limning ta‘limning barcha
bosqichlarida ta‘lim oluvchining dasturiy bilim, tassavur va ko‘nikmalari
asosida ularning individual faoliyatini samarasini oshirish uning ilmga va o‘quv
faniga qiziqishini kuchaytirish, unga mustaqil faoliyat ko‘rsata olishi uchun
zarur sharoit ko‘rsatish va yaratib berishdan iborat.
3.Biologiya darslarida o‘quvchilarning individual faoliyatini samarasini oshirish
uchun quyidagi muammolarni hal etish zarur;
-o‘qitishning bacha shakillari –dars va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar uchun 58 ta‘lim va tarbiyaning samarali zamonaviy vositalarini ishlab chiqish va ta‘lim jarayoniga joriy etish;
- biologiyani individual o‘rganishning samarali metodlarini ishlab chiqish va joriy etish;
-bilim olishni individuallashtirish,o‘qitishni o‘quvchilarning qobiliyati va
tayyorgarlik darajasiga binoan tabaqalashtirish;
- oqitishni zamonaviy pedagogic va axborot tehnologiyalar asosida tashkil etish;
-o‘quv metodik adabiyotlarning ilgor pedagogik va axborot tehnologiyalariga
moslangan yangi avlodini o’quv jarayoniga tadbiq etish; 4.Biologiyadan mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning faolligini ta‘minlash, ularning individual ishlashlari uchun qulay sharoit yaratish ta‘lim jarayoni samaradorligini ta‘minlovchi asosiy omillardan biridir. 5.Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ta‘lim jarayoni oldiga qo‘yilgan bu vazifani bajarish uchun o‘quv jarayoni o‘quvchining mustaqil bilim olishiga bo‘lgan extiyojini shakllantirishga, uning ongi va faoliyatini yangi bilimlarni faol o‘zlashtirishiga yo‘naltirilishi lozim. Buning uchun o‘quv jarayoniga bilim olishni rag‘batlantiradigan, vaqtni tejaydigan zamonaviy ta‘lim metodlarini tadbiq etish kerak bo‘ladi.