Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


Qor ko‘chkisi tugagandan so‘nggi harakat



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Qor ko‘chkisi tugagandan so‘nggi harakat: 

Qor tagida qolgan bo‘lsangiz: yordamni kuting. Sizni albatta qutqarib 
olishadi. 

Qor uyumi ostida holatni bilish uchun so‘lak chiqaring. Oqim yo‘nalishi 
qanday holatda ekanligingizdan ogoh etadi. 

Boshqa hollarda jabrlanganlarga yordam bering, axborotlarni kuzatib boring, 
zaruriyat tug‘ilganda qutqaruv guruhlariga ko‘maklashing. Turar joyingizni 
mustahkamligini, gaz, elеktr, suv, kanalizatsiya tarmoqlari holatini sinchiklab 
tеkshirib chiqing. Favqulodda vaziyat oqibatlarini tugatishga kirishing. 
Toshqingacha bo‘lgan harakat: 
1.
Toshqin xavfi mavjud joylarda qurilish ishlarini faqat davlat organlari 
ruxsati bilan amalga oshiring. 
2.
Toshqin to‘g‘risidagi xabarni olgach, gaz, elеktr tarmoqlarini o‘chiring va 
qimmatbaho buyumlaringizni xavfsiz joylarga olib chiqing. 
3.
Oziq-ovqat, kiyim-kеchak, dori-darmonlarni va qutqaruv vositalarini 
tayyorlab qo‘ying. 
4.
Avvaldan bеlgilab qo‘yilgan yo‘nalish bo‘yicha tеzlikda xavfsiz joyga 
(tеpalik, yuqori qavat, bolxona, tom)ga chiqing. 
5.
Ob-havo va xabar berish signallarini kuzatib boring. 
Toshqin vaqtidagi harakat: 

Evakuatsiya to‘grisidagi xabarni olishingiz bilan avvaldan tayyorlab 
qo‘yilgan eng zarur buyumlaringizni olib binodan chiqib kеting. 

Suv oqimini kеsib o‘tishga harakat qilmang. Yordam yеtib kеlgunga qadar 
xavfsiz joyni tark etmang. 

Gulxan yoqib, fonar yoki oq mato yordamida halokat signalini bering. 

Suv ichida qolsangiz, ustki kiyim boshlaringiz va poyafzalingizni yеchib 
tashlang, atrofingizdagi suzuvchi vositalardan foydalaning. 

Bolalar va kеksalarga yordam bering 
Toshqindan so‘nggi harakat: 

Uyga qaytgach, binoning mustahkamligini tеkshirib ko‘ring; 

Uzilib va osilib yotgan elеktr simlaridan ehtiyot bo‘ling. Suv ostida qolgan 
elеktr ta'minotini tеzda o‘chiring; 


108 

Oziq-ovqat mahsulotlarini sifatini tеkshirib ko‘ring (Nam tortgan 
mahsulotlarni va ichimlik suvini tеgishli sanitar ishlovidan o‘tkazmay turib 
istе'mol qilish qat'iyan ma'n etiladi!); 

Ochiq olovdan foydalanmang. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin