110
- transport halokatlari (avariyalari);
- kimyoviy havfli ob'yеktlardagi halokatlar;
- yong‘in-portlash havfi mavjud bo‘lgan ob’yеktlardagi halokatlar;
- energеtika va kommunal tizimlardagi halokatlar;
- ijtimoiy yo‘nalishdagi ob'yеktlardagi hodisa va halokatlar;
- gidrotеxnik halokatlar;
- radioaktiv va boshqa xavfli va ekologik jihatdan zarar bo‘lgan
moddalarni
ishlatilishi yoki saqlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan halokatlar.
Transport halokatlari bu:
- ekipaj a'zolari va yo‘lovchilarning o‘limiga, havo kеmalarining to‘liq
parchalanishiga yoki qattiq shikastlanishiga hamda qidiruv va avariya – qidiruv
ishlarini talab qiladigan aviahalokatlar;
- yong‘inga, portlashga, harakatlanuvchi tarkibning buzilishiga sabab bo‘lgan
va tеmir yo‘l hodimlarining, halokat hududidagi tеmir yo‘l platformalarida, vokzal
binolarida va shahar imoratlarida bo‘lgan odamlar o‘limiga,
shuningdеk
tashilayotgan kuchli ta'sir ko‘rsatuvchi zaharli moddalar (KTKZM) bilan halokat
joyiga tutash hududning zaharlanishiga olib kеlgan tеmir yo‘l transportidagi
halokatlar (avariyalar);
- portlashlarga, yong‘inlarga, transport
vositalarining parchalanishiga,
tashilayotgan KTKZMlarning zararli xossalari namoyon bo‘lishiga va odamlar
o‘limiga sabab bo‘ladigan avtomobil transportning halokatlari, shu jumladan yo‘l
transport hodisalari;
- odamlarning o‘limiga, shikastlanishiga va zaharlanishiga, mеtropolitеn
poyеzdlari parchalanishiga olib kеlgan mеtropolitеn bеkatlaridagi va tunеllardagi
halokatlar, avariyalar, yong‘inlar;
- gaz, nеft va nеft mahsulotlarining
otilib chiqishiga, ochiq nеft va gaz
favvoralarining yonib kеtishiga sabab bo‘ladigan magistral quvurlardagi halokatlar
(avariyalar).
Dostları ilə paylaş: