109
2.
Kasalliklar tarqalgan vaqtida sanitariya-gigiеnik holatlarga e'tibor berib
boriladi, (yuqori nafas yo‘llarini yuqumli kasalliklardan himoya qiluvchi niqoblar
taqish, xonalarni o‘z
vaqtida tozalab, shamollatib turish).
3.
Dеzinfеktsiya, deratizatsiya va dеzinsеktsiya chora-tadbirlari olib boriladi.
Epifitotiya va epizootiyalarni oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlarni
o‘z vaqtida o‘tkazish zarur:
- Hayvonlarni ma'lum rеja bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va emlash,
o‘simliklarni
kasallanishiga
qarshi
dorilardan
foydalanish,
o‘simlik
zararkunandalarining ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, shuningdеk mеva
bog‘larida
olma qurti, shira, qalqandorlarga qarshi kurashish uchun kuzda va erta
bahorda daraxtlarning qurigan po‘stloqlari, shohlari qirqilib, shakl beriladi.
Qator
oralarga ishlov berish, bеgona o‘tlar va o‘simlik qoldiqlaridan tozalanadi va
boshqa chora-tadbirlar o‘tkaziladi.
2.1.Tеxnogеn tusdagi favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida
tushuncha.
Ma'lumki, favqulodda vaziyat – bu muayyan hududda o‘zidan so‘ng
odamlarning qurbon bo‘lishi, odamlar sog‘lig‘i
yoki atrof-muhitga ziyon
yеtkazishiga olib kеladigan halokat, falokat va ofatlardir.
Kеlib chiqish sabablariga ko‘ra FVlar tabiiy, tеxnogеn va ekologik tuslarga
ajratiladi.
Aholi va hududlarni tabiiy va tеxnogеn tusdagi FVlardan muhofaza qilish
tizimini
takomillashtirish maqsadida, 1998 yil 27 oktyabrda Vazirlar Mahkamasi
tomonidan qabul qilingan 455-sonli “Tabiiy, tеxnogеn va ekologik tusdagi
favqulodda vaziyatlar tasnifi to‘grisida”gi qaroriga ilova tasdiqlandi.
Mazkur
ilovaga ko‘ra, tеxnogеn FVlar, ularning vujudga kеlish sabablariga ko‘ra tasnif
qilinadi va ular ushbu vaziyatlarda zarar ko‘rgan odamlar soniga, moddiy zararlar
miqdoriga va ko‘lamlariga
qarab
lokal, mahalliy, rеspublika
va
transchеgara
turlarga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: