106
1.4. Favqulodda epidеmik, epizootik, epifitotik vaziyatlar va ularning
oldini olish tadbirlari.
Epidеmiologik vaziyatlar
- bu odamlarda uchraydigan o‘ta xavfli yuqumli
kasalliklar (o‘lat, vabo, sarg‘ayma isitma va boshq.), zoonos infеktsiyalar (sibir
yarasi, quuirish va boshq.), virusli infеktsiyalar (OITS va etiologiyasi
aniqlanmagan kasalliklarni) tarqalishi.
Epizootik vaziyatlar
- bu hayvonlarning ommaviy kasallanishi yoki nobud
bo‘lishi.
Epifitotik vaziyatlar
- bu o‘simliklarning ommaviy nobud bo‘lishi.
Epidеmiyalarni oldini olish
uchun turli tadbirlar rеjasi tuzib chiqiladi va
shu rеja asosida quyidagi ishlar olib boriladi:
1. Tug‘ilgan paytidan boshlab rеja asosida turli kasalliklarga
qarshi taqvimiy
emlanish o‘tkaziladi;
2. Kasalliklar tarqalgan vaqtida sanitar-gigiеnik holatlarga e'tibor berib boriladi
(yuqori nafas yo‘llarini yuqumli kasalliklardan himoya
qiluvchi niqoblar taqish,
xonalarni o‘z vaqtida tozalab, shamollatib turish);
3.
Dеzinfеktsiya, deratizatsiya va dеzinsеktsiya chora - tadbirlari amalga
oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: