B
v
q
qE
F
,
(22)
(22) ifoda Lorens formulasi deyiladi.
Amper va Lorens kuchi texnikada keng qo‘llaniladilar. Masalan,
elektr
dvigatellarining ishlash prinsipi Amper kuchiga asoslangan. Massa-spektrograf
va siklotronning ishlash prinsipi Lorens kuchiga asoslangan.Yer atrofida
fazoviy jism sifatida mavjud bo‘lgan maydon
Yerning magnit maydoni
deyiladi.
Yer magnetizmi (geomagnetizm) – Yerning xususiyatlaridan biri bo‘lib,
Yer sharining atrofida magnit maydon borligi bilan bog‘liq. Yer magnetizm
elementlari kompas,
magnit teodolit, turli mangitometrlar,
magnit tarozi,
magnit variometr va boshqalar yordamida o‘lchanadi.Yerdan topilgan ba’zi
temir rudalari, masalan, magnit temirtosh ba’zan magnitlangan bo‘ladi.
Ularning magnitlanishiga Yerning magnit maydoni sabab bo‘ladi.
Magnitlangan rudalar tabiiy mangitlar deb atalgan.
Tabiiy doimiy
magnitlarning xossalari elektr tokini ixtiro qilishdan ancha ilgari o‘rganilgan
edi. Anchagina keyin esa moddada magnit xossalarining namoyon bo‘lishi
modda va molekulalarida elektr zaryad-larning harakati bilan bog‘liq ekanligi
isbot qilingan.
Yerning magnit maydoni har doim birday turmas ekan. Unga Quyoshda
ro‘y beradigan ba’zi hodisalar kuchli ta’sir qiladi. Quyoshdagi dog‘lar
maksimal bo‘lgan davrlarda Yerning magnit maydoni keskin o‘zgaradi, bunday
hodisalarni magnit bo‘ronlari deyiladi. Magnit bo‘roni kompas strelkasining
to‘lqinlanishiga sabab bo‘ladi.
Yerning magnit maydoni kuchlanishining normal
holatidan farq qilishi
magnit anomaliyasi deyiladi. Osmon jismlarining hammasida ham magnit
maydoni bo‘lavermaydi. Masalan, koinotni raketalar va yo‘ldoshlar yordamida
tekshirish Oyning xususiy magnit maydoni yo‘q ekanligini ko‘rsatadi.