Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/133
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#211443
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   133
Kiberxavfsizlik asoslari (21.04.2021)

 


18 
 
4-modda. Axborot erkinligi 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq har kim 
axborotni moneliksiz izlash, olish, tekshirish, tarqatish, undan 
foydalanish va uni saqlash huquqiga ega. 
Axborot olish faqat qonunga muvofiq hamda inson huquq va 
erkinliklari, konstitutsiyaviy tuzum asoslari, jamiyatning axloqiy 
qadriyatlari, mamlakatning ma’naviy, madaniy va ilmiy salohiyatini 
muhofaza qilish, xavfsizligini ta’minlash maqsadida cheklanishi 
mumkin. 
6-modda. Axborotning ochiqligi va oshkoraligi 
Axborot ochiq va oshkora bo‘lishi kerak, maxfiy axborot bundan 
mustasno. 
Maxfiy axborotga quyidagilar kirmaydi: 

fuqarolarning huquq va erkinliklari, ularni ro‘yobga chiqarish 
tartibi to‘g‘risidagi, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruv 
organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat 
birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqiy 
maqomini belgilovchi qonun hujjatlari; 

ekologik, meteorologik, demografik, sanitariya-epidemiologik, 
favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda aholining, aholi 
punktlarining, ishlab chiqarish obyektlari va kommunikatsiyalarning 
xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan boshqa axborotlar; 

axborot-kutubxona muassasalarining, arxivlarning, idoraviy 
arxivlarning va O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat 
ko‘rsatayotgan yuridik shaxslarga tegishli axborot tizimlarining ochiq 
fondlaridagi mavjud ma’lumotlar. 
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o‘zini 
o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat 
notijorat tashkilotlari jamiyat manfaatlariga taalluqli voqealar, faktlar, 
hodisalar va jarayonlar to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda ommaviy axborot vositalariga xabar berishi shart. 
10-modda. Axborot berishni rad etish 
Agar so‘ralayotgan axborot maxfiy bo‘lsa yoki uni oshkor etish 
natijasida shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat va 
davlat manfaatlariga zarar yetishi mumkin bo‘lsa, axborotni berish rad 
etilishi mumkin. 


19 
So‘ralayotgan axborotni berish rad etilganligi to‘g‘risidagi xabar 
so‘rov bilan murojaat etgan shaxsga so‘rov olingan sanadan e’tiboran 
besh kunlik muddat ichida yuboriladi. 
Rad etish to‘g‘risidagi xabarda so‘ralayotgan axborotni berish 
mumkin emasligi sababi ko‘rsatilishi kerak. 
Maxfiy axborot mulkdori, egasi axborotni so‘rayotgan shaxslarni 
bu axborotni olishning amaldagi cheklovlari to‘g‘risida xabardor etishi 
shart. 
Axborot berilishi qonunga xilof ravishda rad etilgan shaxslar
shuningdek o‘z so‘roviga haqqoniy bo‘lmagan axborot olgan shaxslar 
o‘zlariga yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qonunda belgilangan 
tartibda qoplanishi yoki ma’naviy ziyon kompensasiya qilinishi 
huquqiga ega. 
11-modda. Axborotni muhofaza etish 
Har qanday axborot, agar u bilan qonunga xilof ravishda 
muomalada bo‘lish axborot mulkdori, egasi, axborotdan foydalanuvchi 
va boshqa shaxsga zarar yetkazishi mumkin bo‘lsa, muhofaza etilmog‘i 
kerak. 
Axborotni muhofaza etish: 

shaxs, jamiyat va davlatning axborot sohasidagi xavfsizligiga 
tahdidlarning oldini olish; 

axborotning maxfiyligini ta’minlash, tarqalishi, o‘g‘irlanishi, 
yo‘qotilishining oldini olish

axborotning buzib talqin etilishi va soxtalashtirilishining oldini 
olish maqsadida amalga oshiriladi. 
13-modda. Shaxsning axborot borasidagi xavfsizligi 
Shaxsning axborot borasidagi xavfsizligi uning axborotdan erkin 
foydalanishi zarur sharoitlari va kafolatlarini yaratish, shaxsiy hayotiga 
taalluqli sirlarini saqlash, axborot vositasida qonunga xilof ravishda 
ruhiy ta’sir ko‘rsatilishidan himoya qilish yo‘li bilan ta’minlanadi. 
Jismoniy shaxslarga taalluqli shaxsiy ma’lumotlar maxfiy axborot 
toifasiga kiradi. 
Jismoniy shaxsning roziligisiz uning shaxsiy hayotiga taalluqli 
axborotni, xuddi shuningdek, shaxsiy hayotiga taalluqli sirini, 
yozishmalar, telefondagi so‘zlashuvlar, pochta, telegraf va boshqa 
muloqot sirlarini buzuvchi axborotni to‘plashga, saqlashga, qayta 
ishlashga, tarqatishga va undan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun 
hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno. 


20 
Jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi axborotdan ularga moddiy zarar va 
ma’naviy ziyon yetkazish, shuningdek, ularning huquqlari, erkinliklari 
va qonuniy manfaatlari ro‘yobga chiqarilishiga to‘sqinlik qilish 
maqsadida foydalanish taqiqlanadi. 
Fuqarolar to‘g‘risida axborot oluvchi, bunday axborotga egalik 
qiluvchi hamda undan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar bu 
axborotdan foydalanish tartibini buzganlik uchun qonunda nazarda 
tutilgan tarzda javobgar bo‘ladilar. 
Ommaviy axborot vositalari axborot manbaini yoki taxallusini 
qo‘ygan muallifni, ularning roziligisiz oshkor etishga haqli emas. 
Axborot manbai yoki muallif nomi faqat sud qarori bilan oshkor etilishi 
mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin