13
Eng muhim inson omillariga quyidagilar taalluqli:
−
Kiberxavfsizlik sohasiga oid bilimlarni yetishmasligi
katta
hajmdagi oshkor zaifliklarni paydo bo‘lishiga olib keladi.
Kiberxavfsizlik sohasi an’anaviy xavfsizlikka aloqador bo‘lgani bois,
zarur texnologik moslashishning tezkorligi ko‘p hollarda bo‘lishi
mumkin bo‘lgan zaifliklar sonini oshiradi. Boshqa tomondan, insonning
sohaga tegishli so‘nggi texnologik bilimlarni o‘zlashtirishi har doim ham
yetarli bo‘lmaydi.
−
Risklarni bartaraf etishni va ular haqida xabar berishning
yetarli bo‘lmasligi
kiberxavfsizlikda takrorlanuvchi va kutilmagan
buzilishlarga sababchi bo‘ladi. Insonlar odatda tashkilotlariga jiddiy
xavf soluvchi risk mavjudligini bilishsada, uni oshkor qilishmaydi.
Buning asosiy sababi sifatida risk bevosita shaxsning o‘ziga, uni
moliyaviy holatiga ta’sir etmasligini yoki oshkor qilinganida
shaxsning
obro‘si tushishini keltirishadi.
−
Madaniyat va munosabatlardagi muammolarga
tashkilotning
o‘zi yoki tashkilot ichki ma’lumotlarini biluvchi norozi va e’tiborsiz
xodimning paydo bo‘lishi sababchi bo‘lishi mumkin. Kiberxavfsizlik
muammolarining aksariyati ichki
hisoblanib, ular xodimlar orasidagi
turli kelishmovchiliklar va tashkilot ichidagi muhitning yaxshi emasligi
natijasida yuzaga keladi. Bu sabablar esa, xodimning tashkilot
ichki
strukturasini yaxshi bilgani bois, aksariyat
hollarda jiddiy muammolarga
olib keladi.
−
Xavfsizlik mashg‘ulotlariga kam mablag‘ sarflanishi
boshqarilayotgan xavfsizlik risklari to‘g‘risidagi ma’lumotning kamligi
sababchi bo‘ladi. Odatda, soha korxonalaridagi xodimlar mustaqil
ravishda kiberxavfsizlik qoidalarini o‘rganishmaydi. Shuning
uchun
kiberxavfsizlik qoidalarini xodimlarga maxsus mashg‘ulotlar shaklida
yetkazish zarur bo‘ladi. Bu esa tashkilotdan xavfsizlik mashg‘ulotlariga
yetarlicha mablag‘ sarflanishni talab qiladi.
−
Hisobga olish nuqtasining yagona emasligi
natijasida
xavfsizlikning to‘laqonli amalga oshirilmasligi kuzatiladi. Amalda
xavfsizlikni kafolatli ta’minlashda uning nazoratini
bir nuqtada amalga
oshirish muhim hisoblanadi. Yagona nuqtada amalga oshirilgan
xavfsizlik nazorati taqsimlangan shakliga nisbatan ishonchli bo‘ladi.
Biroq, tashkilotlardagi xavfsizlik nazoratining murakkabligi bois,
nazorat odatda taqsimlangan holda boshqariladi.
14
−
Ijtimoiy injineriya
asosida xavfsizlik nazoratini aylanib o‘tishda
foydalanuvchidan, an’anaviy josuslik texnikasi
yordamida, ma’lumotlar
qo‘lga kiritiladi. Eng yaxshi kiberxavfsizlik tizimiga ega bo‘lgan
tashkilotga ham ijtimoiy injineriya tahdidi xavf solishi mumkin.
Ayniqsa, foydalanuvchilarni turli ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy
ma’lumotlarini e’tiborsizlik bilan qoldirishi bu
xavfning keskin ortishiga
sababchi bo‘lmoqda.
Dostları ilə paylaş: