17
Xususan, Respublikamizda ham “Ilm, ma’rifat va raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat
dasturi
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi va
2020-yil Davlat dasturi loyihasida 2020–2023-yillarga mo‘ljallangan
kiberxavfsizlikka doir milliy strategiya va “Kiberxavfsizlik
to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Hujjatga asosan xavfsizlikni, millatlararo totuvlik va
diniy
bag‘rikenglikni ta’minlash, shuningdek, tashqi siyosat sohasida:
−
2020-yil 1-sentyabrga qadar kiberxavfsizlikning huquqiy
asoslarini shakllantirish bo‘yicha choralar ko‘riladi, shu jumladan
2020–2023-yillarga mo‘ljallangan kiberxavfsizlikka doir milliy
strategiya va “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab
chiqiladi;
Loyihada:
−
axborot kommunikatsiya texnologiyalari
tizimini zamonaviy
kibertahdidlardan himoya qilish, turli darajadagi tizimlar uchun
kiberxavfsizlik bo‘yicha zamonaviy mexanizmlarni joriy etish;
−
kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasida
davlat organlari, korxona
va tashkilotlarning huquqlari va majburiyatlarini belgilash, ularning
faoliyatini muvofiqlashtirish;
−
ushbu sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarni unifikatsiyalash
nazarda tutiladi.
Kiberqonunlar har bir davlatning milliy qonun me’yorlari asosida
shakllantiriladi yoki ularning bir qismini tashkil qiladi. Quyida
Respublikamizdagi qonun hujjatlarida kiberjinoyatni
oldini olish va
tartibga solishga aloqador bo‘lgan bandlar keltirilgan.
Milliy qonunlar.
2002-yil 12-dekabrda O‘zbekiston
Respublikasining 439-II – sonli “Axborot erkinligi tamoyillari va
kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun 16
moddadan iborat bo‘lib, unda xususan, quyidagilar belgilangan:
1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari axborot
erkinligi tamoyillari va
kafolatlariga rioya etilishini, har kimning axborotni erkin va moneliksiz
izlash, olish, tekshirish, tarqatish, foydalanish va saqlash huquqlari
ro‘yobga
chiqarilishini, shuningdek axborotning muhofaza qilinishini
hamda shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini
ta’minlashdan iborat.
Dostları ilə paylaş: