46
4.
Ehtiyotkorlik siyosati (Prudent Policy):
Ehtiyotkorlik siyosati
barcha xizmatlar blokirovkalanganidan so‘ng
amalga oshirilib, unda
xavfsiz va zarur xizmatlarga ma’mur tomonidan individual ravishda
ruxsat beriladi. Bu maksimal xavfsizlikni ta’minlab, tizim/tarmoq
faoliyatiga oid barcha hodisalarni qaydlaydi.
Maqbul foydalanish siyosati.
Maqbul foydalanish siyosati tarmoq
va web sayt egalari tomonidan qaror qilingan qoidalardan
iborat va u
hisoblash resurslaridan to‘g‘ri foydalanishni belgilaydi. Ushbu siyosatda
foydalanuvchilarning o‘z akkauntlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni
himoya qilish majburiyati ko‘rsatilgan bo‘lib, foydalanuvchidan
tarmoqdan yoki Internetdagi kompyuterdan foydalanishida siyosat
cheklovlarini qabul qilishi talab etiladi. Ehtiyotkorlik siyosati
tamoyillar,
taqiqlar, qayta ko‘rib chiqish va jazo choralarini o‘z ichiga olib,
foydalanuvchini, shaxsiy sabablarga ko‘ra, korporativ resurslardan
foydalanishini taqiqlaydi.
Maqbul foydalanish siyosati axborot
xavfsizligi siyosatining
ajralmas qismi hisoblanadi. Bunda, tashkilotlar, o‘zlarining yangi
xodimlariga axborot resurslaridan foydalanishga ruxsat berishdan oldin,
maqbul foydalanish siyosati bo‘yicha tanishganligi xususida kafolat
imzosi olinadi. Maqbul foydalanish siyosati
foydalanuvchilarni axborot
texnologiyalari infrastrukturasida nimalarni bajarish kerak va nimalarni
bajarmaslik kerakligi haqidagi asosiy jihatlarni o‘z ichiga oladi.
Maqbul foydalanish siyosati to‘g‘ri amalga
oshirilganiga ishonch
hosil qilish uchun ma’mur doimiy ravishda xavfsizlik auditini olib
borishi kerak. Masalan, aksariyat tashkilotlar o‘z saytlarida va
pochtalarida siyosatga aloqador va diniy mavzularda muzokaralar olib
borilishini taqiqlaydi. Maqbul foydalanish siyosatlarining aksariyatida
siyosatni buzganlik uchun jazolar tayinlanadi. Bunday jazolar
foydalanuvchi akkauntini vaqtincha yopib qo‘yishdan
tortib qonuniy
jazo choralarigacha bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: