123
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: Yashirin qurol/ kontrabanda
qurilmalarini aniqlash moslamasi.
Tashkilotlarda
odatda shaxslar
tomonidan olib kiriladigan jixozlar yoki vositalar maxsus skanerlar
yordamida turli qurollar yoki kontrabanda vositalarini, bombalar, yoki
o‘q otar qurilmalari aniqlanadi. Mazkur skanerlarga misol
tariqasida,
metallni aniqlovchilar, X-ray aniqlash tizimlari va harakat bo‘ylab
metallni aniqlash tizimlarini keltirish mumkin (4.20-rasm).
4.20-rasm. X-Ray metall detektorlar
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: qopqon
chegarani buzib o‘tuvchini
tutuvchi fizik xavfsizlikni nazoratlash vositasi
hisoblanib, odatda xavfli
hududni xavfsiz hududdan ajratadi. Qopqon ikki eshikli mexanik
qulflashga asoslangan kichik hudud bo‘lib, ikkinchi eshik ochilishidan
oldin birinchi eshik yopiladi. Shaxsni autentifikatsiyalash smart karta,
PIN kod yoki biometrik usullar asosida
amalga oshirilishi mumkin
(4.21-rasm).
4.21-rasm. Qopqon
124
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: xavfsizlik yorliqlari va
ogohlantiruvchi signallar.
Yorliqlar xavfsizlik darajasi turlicha bo‘lgan
axborotdan foydalanishda ruxsatlarni cheklash uchun qulay hisoblanadi.
Buning uchun, tashkilotdagi ma’lumotlarga xavfsizlik yorliqlari beriladi.
Quyidagi xavfsizlik yorliqlari mavjud:
-
ochiq ma’lumotlar (unclassified);
-
chegaralangan ma’lumotlar (restricted);
-
konfidensial ma’lumotlar (confidential);
-
maxfiy ma’lumotlar (secret);
-
o‘ta maxfiy ma’lumotlar (top secret).
Axborotdan foydalanishdan oldin uning yorlig‘iga qarab,
ruxsatning borligi yoki yo‘qligi aniqlanadi, agar ruxsat bo‘lsa undan
foydalanish mumkin.
Ogohlantiruvchi signallardan, odatda, tashkilotdagi ko‘p sonli
xodimlarning ruxsatsiz harakatlarini cheklash uchun foydalaniladi.
Ogohlantiruvchi signallarga “TAQIQLANGAN HUDUD”
(RESTRICTED AREA), “OGOHLANTIRISh” (WARNING),
“XAVFLI” (DANGER) iboralarini misol tariqasida keltirish mumkin
(4.22-rasm).
4.22-rasm. Ogohlantiruvchi belgilar
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: video kuzatuv vositalari
tashkilot
aktivlarining fizik xavfsizligini ta’minlashda muhim komponent
hisoblanadi. Video kuzatuv moslamalari odatda tashkilotning kirish
eshiklarida, zallarida va ishchi hududlarida o‘rnatilib, kirish va chiqish
harakatlarini kuzatishga yordam beradi. Zamonaviy video kuzatuv
vositalari nafaqat
harakatlarni qaydlashga, balki nomaqbul harakatlarni
aniqlash imkonini ham beradi. Masalan, taqiqlangan jixoz olib
kirilayotgan yoki olib chiqilayotgan holatni aniqlaydi yoki janjal
bo‘layotgan holatni aniqlab, ogohlantirish signalini yuboradi. Video
kuzatuv vositalari sifatida hozirgi
kunda quyidagi kameralardan
foydalanib kelinmoqda (4.23-rasm).
125
a) Dome CCTV b) Bullet CCTV
c) C-mount
CCTV
d) Day/ night
CCTV
4.23-rasm. Kuzatuv kameralari
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: fizik xavfsizlik siyosati va
muolajalari.
Har bir tashkilot samarali fizik xavfsizlikni amalga oshirish
uchun talab qilingan fizik xavfsizlik siyosatini
va muolajalarini amalga
oshirishi zarur. Turli tashkilotlar uchun fizik xavfsizlik siyosati turlicha
bo‘lishi mumkin. Xususan, tashkilot fizik xavfsizligining siyosati o‘zida
quyidagilarni mujassamlashtiradi:
-
xodimlarning huquq va vazifalari;
-
foydalanishlarni
boshqarishning nazorati;
-
qaydlash va audit.
Fizik xavfsizlik muolajalari o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
-
qulflash tizimini boshqarish;
-
suqilib kirish insidentlarini qaydlash;
-
tashrif buyuruvchilarni boshqarish;
-
konfidensial materiallarni yo‘q qilish;
-
qog‘ozdagi axborot uchun
Dostları ilə paylaş: