Texnologiyalari



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə67/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

masshtabda mashinalar aloqasini Internet tarmog'i ta’minlaydi). A mashinadagi foydalanuvchi quyidagi tipdagi buyruqni beradi:
109


mashina В Login:


o'z nomi va parolni kiritadi va (agar parol kirish huquqini tasdiqlasa) mashina Bdagi joriy konsolda ko'rinadi. Boshqa konsoldan boshqa mashinaga yoki qaytadan mashina Bga kirish mumkin.
В mashinada bo'lgan foydalanuvchi:
telnet mashina A. Firma A. shahar A. mamlakat A.
buyrug'ini berishi mumkin va yana bir bor mashina Bdan o'zining A mashinasiga ro'yxatdan o'tishi mumkin.
Umumiy hollarda ro'yxatdan o'tish shart emas, adreslar esa qat'iy belgilab qo'yilgan shaklga ega emas.
Tarmoqqa ulanishdan tashqari, mashina tadrijiy portlar orqali ulangan o'nlab terminallarga ega bo'lishi mumkin. Terminal ekran va klaviaturadan, ya’ni foydalanuvchi oddiy ravishda ro'yxatdan o'tishi mumkin bo'lgan konsoldan iborat bo'ladi. Faqat bu holatda konsol virtual bo'lmaydi, balki maxsuslashtirilgan alohida vositadan iborat bo'ladi. Terminal sifatida shaxsiy kompyuter xizmat qilishi mumkin, masalan, Dos PS 286 ostida ishlayotgan kompyuter, unda konsol ishining logikasini imitatsiya qiluvchi dastur bajariladi (mahalliy klaviaturadan Linux-mashinaga ochiq kiritish va Linux-mashinadan ma’lumotlami mahalliy displeyga chiqarish).
Yigirma metrdan ortiq masofada bo'lgan terminallarni ulash uchun oraliqdagi muvofiqlashtiruvchi vositalar tarmog'iga ulanish talab etiladi, masalan, modemlar. Modem bir yo'la ulanishlaming kommutatsiyasini ta’minlaydi, ya’ni bir necha turli terminallar navbatma-navbat kompyuter modemiga qo'ng'iroq qilishlari mumkin va u turli foydalanuvchilarni ro'yxatga olishni ta’minlashi mumkin.
Foydalanuvchilami ro'yxatga olishning yuqorida sanab o'tilgan barcha usullari sistemada birgalikda harakat qiladi. Shunday qilib, aloqaning turli kanallari orqali sistemaga kirgan o'nlab va yuzlab foydalanuvchilar bitta mashinada bir vaqtning o'zida minglab vazifalami bajarishlari mumkin.
Linux ОС qay darajada to'liq hujjatlashtirilgan? Linux OS shu darajada to'liq hujjatlashtirilganki, bunday holat kommersiya tizimi- dagi birorta OSda yo'q. Linux bo'yicha kitoblar, qo'llanmalar, ma’- lumotnomalar va kommersiya sistemasida erishib bo'lmaydigan narsa- lar — OSning sharhlangan holdagi to'la birlamchi matnlari tushun- tirilgan va ular mavjud.


Linux bo'yicha hujjatlar hajmi sistemaning rivojini dinamik holda kuzatib borilgan holda to‘xtovsiz to‘ldirib va kengaytirib boriladi.
Qaroqchilik yo‘li bilan o‘zlashtirilgan dasturlar bilan ishlashga o'rganib qolib, hujjatlar yetishmasligidan qiynalgan kishilar Linux da butunlay qarama-qarshi holat bilan to‘qnash keladilar. Masala Linux da hujjatlaming kamligida emas, balki hujjatlar juda ko‘pligida va u turli shakllarda namoyon etilganligida hamda ko'plab har xil manbalar ichida erishish eng oson bo'lganidadir. Ushbu boy tanlov orasidan mo'ljal qilib olish uchun muayyan harakatlar qilish kerak bo'ladi. Hujjatlar ingliz tilida yozilgan. Hujjatlaming nemis va yapon tillaridagi to'liq versiyalari mavjud. Internet da Linux Installation and Getting Stanted-Linux installyasiyasi va birinchi qadamlar kitobining rus tilidagi taijimasi mavjud. Linux sistemasiga oid rus tilida chiqqan qator kitoblar foydali bo'lishi mumkin. Relkom serverlarida Unix
bo'yicha bir necha kitoblarning elektron versiyasi mavjud.
Posix standarti bo'yicha rus tilida ma’lumotnoma bor: Belyakov M.I., Rabover Yu.I., Fridman A.L. Мобильная операционная система: Справочник. М.: Радио и связь, 1991.—200 с. Boshlovchi foydalanuvchiga u qiyinchilik tug'diradi, lekin Unix va ochiq sistema- laming konsentual asoslari bilan tanish dasturchi uchun u foydali.
TSR/IP protokollari asosida Unix arxitekturasi, tarmoqning qurilish prinsiplari Relkom tarmog'i serverlarida fayllar ko'rinishida ms tilidagi tavsiflar bilan mavjud.
Linux bo'yicha original hujjatlarga kelsak, quyidagi asosiy, lekin mufassal bo'lmagan shakllarni ajratib ko'rsatish mumkin: kitoblar HOWTO qo'llanmalari, FAQ ma’lumotlari, INFO gipertekstli ma’lumotlari, MAN operativ qo'llanmalari, dasturiy paketlar tav- siflari, kitoblar nashr va elektron ko'rinishda tarqatiladi, qolganlari esa, odatdagidek, elektron shaklda, ya’ni fayl shaklida Linux sistemasining distributivlari va dasturlar paketlari tarkibida Internet orqali va kompakt-disklarda tarqatiladi.
Ko'pincha ayni bir xildagi elektron hujjat mazmuni bir xil bo'lgan bir necha fayllarda, lekin turli formatlarda uchraydi, masalan, ascii, postscript, htnil.
Bir format displeyning matnli ekranida kalit so'zlami ko'zdan o'tkazish va qidirish uchun qulay, boshqa formatlar esa lazerli prin­ terda yoki grafikli ekranda tipografiya sifati bilan bosib chiqarishga moslashtirilgan.
Usenet yangiliklar tarmog'ining comp. os. Linux gruppasida Linuxga oid ba’zi hujjatlaming oxirgi versiyalari doimiy ravishda nashr etib


kelinadi (ayni vaqtda ular Internet serverlarida ko'rinadilar, u yerdan ularni turli usullar bilan, shu jumladan elektron pochta orqali olish mumkin).
Misol uchun HOWTO qo'llanmalarining (to'liq bo'lmagan) ro'yxa- tini keltiramiz.
-Bootdisk HOWTO
*CDROM HOWTO
«Commercial HOWTO
• ‘Cyrielic HOWTO
• ‘Dosemu HOWTO
••HOWTO Index
••Hardware Compatibility HOWTO
••INFO-SHEET
••Installation HOWTO
••Kernel HOWTO
••Electronic Mail HOWTO
••NET-2 HOWTO
••News HOWTO
••PCI HOWTO
••PCMIA HOWTO
«Printing HOWTO
••SCSI HOWTO
••Serial HOWTO
••Sound HOWTO
• ‘UMSDOS HOWTO
••UUCP HOWTO
• ‘Xfree86 HOWTO


5 .3 . LINUX-operatsion sistemasining boshqa OS lardan farqli jihatlari. Uning hujjatlashtirilishi, dasturiy ta ’minoti


Erkin nusxa ko‘chirishga ruxsat beradigan litsenziyaga ega bo'lgan boshqa qator operatsion sistemalar mavjud. Ular ichida Rossiyada Free BCD sistemasi ko'proq om- malashgan.
Tajribali mutaxassis uchun Linux o'zlashtirishda yengil va ishlatish- da qulay hisoblanadi. Tarixan Unix kodlaridan paydo bo'lgan Free BCDdan farq qilgan holda Linux sistemasi yadrosi yangidan yozilgan.


Ikkala OS ham, biri qaysi bir jihati bilan ikkinchisidan yaxshiroq va aksincha bo‘lgani holda, a’lo sifatli sistema hisoblanadi. Ikkala sistema aktiv rivojlanmoqda, tez va qayta-qayta yetakchilik roli bilan almashib turishlari mumkin.
Siz qaysi birini: Linux yoki Free BSD ni tanlashingizga qaramay, tanlov yaxshi bo'ladi.
Linux va Free BSD rivojlanish konsepsiyalariga ko'ra bir-biridan katta farq qiladi. Buning ustiga, operatsion sistemalar orasida Linux umuman o'z falsafasi jihatidan noyob hodisa.
Bu foydalanuvchilar uchun yaratilgan sistema. Linux xohlagan odam chegarasiz nusxa olishi mumkin bo'lgan shunchaki bir erkin sistema emas. U erkin ochiq ishlov beriladigan sistema bo'lib, har bir kishi, qayerda yashashidan qat'i nazar, ozmi-ko'pmi o'z hissasini qo'shgan bo'lsa, Linux hammuallifi bo'lishi mumkin.
Dunyoda Linux Free BSDdan ko'ra ko'proq ommalashgan. Ba’zi hisoblarga ko'ra, 1995-yilda Linux o'matilgan vositalaming soni 10 millionga yetgan. Linux Journal jumali nashr etiladi. Linuxli kompakt- disklaming o'nlab turli versiyalari sotilmoqda. Global tarmoqlar orqali Linux bo'lgan yuzlab arxivlarga kirish mumkin. Linux arxivning chi­ quvchi trafiki shimolda sunsine.unc.edu bir kunda o'nlab gigabaytni tashkil etadi. Ushbu arxiv bilan kecha-yu kunduz har bir daqiqada yuzlab foydalanuvchilar ishlaydilar va yana boshqa minglab foydala- nuvchilarga xizmat qilish uchun sunsite tomonidan Linux arxivining ko'zguli nusxalari tashkil etilgan.
AQSH, Yevropa, Yaponiya, Avstraliyada Linux User Groups (foydalanuvchilar assotsiatsiyasi) ko'plab paydo bo'lmoqda. Linux bo'yicha muntazam ravishda xalqaro konferensiyalar o'tkazilmoqda. 1994-yil-30 noyabr — 2-dekabrda Vashingtonda 6-OSW (Open Systems World) — xalqaro ochiq sistemalar konferensiyasida Linux sistemasi seksiyasi ham ish olib bordi. Ayni vaqtda Novell App Ware, Windows NT, Solaris, SCO Unix seksiyalari ishladi. O'sha davrdan beri Linux Unix bo'yicha o'tkaziladigan xalqaro anjumanlarning mavzusi bo'lib qoldi. Unix 95 Expoda Linuxga bo'lgan qiziqish g'oyat katta bo'ldi, Linux stendlari joylashgan — Red Hat, Caldera, DEC/ Linux Journal pavilonlariga o'tish juda qiyin edi.

Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin