Texnologiyalari


va 80286 protsessorli shaxsiy kompyuterlarda Linux foydala-



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə69/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

8086 va 80286 protsessorli shaxsiy kompyuterlarda Linux foydala- nilmaydi, lekin 8086 protsessorda ishlaydigan Linuxning varianti bo'lib, u qo'shimcha o'matilgan sistema sifatida qo'llaniladi.
Linux sistemasining distributivi quwatlantiriladigan uskunalarning mufassal ro'yxatini o'z ichida saqlaydi. Uning tarkibiga yana grafikali adapterlar, kontrollyorlar, tarmoq platalar va h.k.lar kiradi.
Inteldan farq qiladigan platformalardagi Linux
Inteldan platformasidan tashqari Linux Motorola 6800 seriyasidagi protsessorlarda qurilgan Amiga va Atari kompyuterlarida ishlaydi.
Linux DEC AXP platformasi uchun DEC firmasining yordamida realizatsiya qilingan va tarqatilmoqda.
MIPS, PowerPC va boshqa platformalar uchun Linux versiyalari ishlab chiqarish bosqichida turibdi. Power Macintosh uchun ishlan- malar Apple firmasi tomonidan qo'llab-quwatlanmoqda.


••Linux sistemasi qo‘llab-quwatlayotgan dasturlar bilan ta’min­ lash;
«Linux uchun tijoriy dasturiy ta’minot;
••Internet global tarmog‘i bilan ishlash;
«Linux uchun DOOM;
• • Linuxda qanday matnli protsessomi ishlatish mumkin;
••Linux sistemasi qo‘llab-quwatlaydigan dasturiy ta’minot;
*Linux tarkibida ishlaydilar;
• ‘OS yadrosi;
*to‘ldiriladigan drayverlar (modullar)
••Unixning asosiy buyruqlari (Is, tr, sed, awk)
• • Muharrir to'plami (U Emacs, Lucid Emacs, MicroEmacs, jove, ez, epoch, elvis (GNU vi), vim, vile, joe, pico, jed va boshq.);
*ko‘p sonli tillar uchun dasturlash sistemasi:S, S++, Objective C, Pascal, Fortran, TCP/IP, Perl, Common Lisp, ML, scheme, ADA, Modula-3, Modula-2, Prolog, Smalltalk, Java, Oberon, Python, Sather va boshqalar;
• • tuzish va otladka qilish vositalari (gab, xxgdb, ddd, make, bison, flex, peri, res, cvs, prof va h.k)4;
«ajratiladigan dinamik kutubxonalar;
••DOS dasturlari emulyatori;
••TCP/IP protokollari bazasidagi tarmoq;
*ko‘p sonli faylli sistemalarga yordam berish, DOS, VFAT, OS/
2 foydalanuvchi tomonidan oldindan aniqlanuvchi fayl sistemalari bilan, CDROM fayl sistemasi, NFS va boshqa tarmoqli fayl siste­ malari ham shu jumlaga kiradi;
«multimedia yordamidagi elektron pochta;
••qator SUBD, (Exodus, Shore, Ingres, Postgres 95, mSQL, Onyx va b.);
• ‘grafikali X Window System (Xfree86) tarmoqli, darchali sis­ tema;
••X Window System (TCP/IK, Inter views OL va b.) uchun dasturlar ishlab chiqish sistemalari;
*X Window Systemga o'xshash MS Windows uchun ilovalarni
bajaradigan Wine sistemasi (ishlab chiqish bosqichida);
••TeX nashr qilish sistemasi;
••WYSIWYG matnli protsessor Lyx, TeXga asoslangan;


• •matnlarni ishlaydigan boshqa vositalar (groff, doc, ez, Linux doc SG ML va b.);
«Andrew User Interface System multimedia sistemasi (ez uning qismi hisoblanadi);
• ‘boshqa ko‘p sonli o‘yinlar, bunga DOOM ham kiradi;
••va boshqa yuzlab dasturlar paketlar. Ular Linux tomonidan ishlangan yoki unga ko‘chirilgan. Ushbu ro'yxatga amaliy sistemalar kiradi, masalan, GRASS kartografik sistemasi, Felt so'nggi elementlar uslubi orqali analiz qilish sistemasi, Magic mikrosxemalarini loyiha­ lashni avtomatlashtirish sistemasi, RSV bosma platlarni loyihalash paketi, Scope kompyuteri ossillografi, SISCAD loiyihalashni avtomat­ lashtirish sistemasi, Radiance pendering sistemasi, radioastronomik ma’lumotlarni ishlash paketi AIPS va b. Bu yerda Linux tomonidan berilgan boy vositalaming yuzdan biri ham sanab o'tilmadi.
Linux uchun tijoriy dasturiy ta’minoti
Bir qator firmalar Linux uchun tijoriy dasturiy ta’minot ver- siyalarini ishlab beradilar. Ayrim misollar keltiramiz:
«Flag Ship BD ishlab chiqargan kross-platforma, u SA|Clipper 5.X, Fox Base 2.x (Fox kit bilan) va Dbase III bilan muvofiq keladi.
• ‘VERSASOFT LBMAN-CYBO, у DBASE III t bilan muvofiq keladi;
• ‘Just Logic I SQL-CYBD, ANSI SQL ning yordami bilan;
• •ADABAS D-to‘la funksional relyatsion SUBD;
••SWIM Motif Runtime and Development;
• • Muharrir CRISP;
••matnli protsessor Word Perfect (Linux uchun versiya);
«WWW kliyent Net Scape;
«Matematika paketi Maple va boshqalar.
Tijoriy paketlar to'ldirilgan holda, bir qator hollarda esa dast­ labki holda ham tarqatiladi. Masalan, Freedom Dasktop managen (X Windows| Motif)da administratsiyalash) to'ldirilgan dastuming bir nusxasi $40 dan sotiladi va sistemaning dastlabki matni $1000 ga sotiladi.
Yaxlit distributivning kommersiya variantlari ham bor. Masalan, Caldera Network Desktop. Ular Red Hat Linux distribyuterining tayyor mahsulotlari to'plamiga asoslanib qurilgan.
Linuxda boshqa sistemalardagi tijorat ilovalari tayyorlanadi. Masalan:
••SCO Unix;
••CYBD Raima Data Manager (sobiq vista);
••CYBD Oracle;


«matnli protsessor Word Rerfect (SCO Linux uchun versiya) va boshqalar.
Internet global tarmog‘i bilan ishlash
Linux tarmog'i Internet tarmog'i kabi qurilgan aynan o'sha TCP/ IP protokollarida ishlaydi, aynan shunday servis va asbob-uskunalar to‘plamiga ega. Shuning uchun Linux sistemasida mashina Internet ga oson va tabiiy ravishda ulanadi.
WWW (World Wide Web) ommalashgan xizmat bilan o'zaro hamkorlik uchun Linuxda Lynx, Mosaic, Net sape dasturlar-kliyent- lar mavjud. WWW o'z servisini tashkil qilish uchun serverlaming juda ko'p turlari bor.
Linux uchun DOOM
Linux da DOOM o'yinining ikkita versiyasi bor:
«X Windows uchun variantlar;
«grafikali konsol uchun variant (X Windows siz).
Bundan tashqari, DOOM dasturi DOC emulyatorida Linux uchun ishlaydi.
Linux da qanday matnli protsessordan foydalanish mumkin
Linux da ko'p sonli dasturlar bor. Ular matnli ma’lumotlami har xil turda ishlatishga va matbaa sifatiga ega bo'lgan bosma nashrlarni tayyorlashga qaratilgan. Vositalaming to'la to'plami oddiygina hisob­ lash uchun juda kattalik qiladi, lekin TeX, LyX va Andrew sistema- larini alohida ko'rsatish mumkin.
Word Perfect matnli protsessorni Linux uchun versiya ko'rinishida ham, OS SCO Unixdan olingan versiya sifatida ham ishlatish mum- kin.
MS Worddan X Windows ichida ilova qilingan MS Windows ni ishlatishga mo'ljallangan WINE sistemasi boshqaruvi ostida foydala­ nish mumkin. MS Windows3.1 uchun DOS emulyatori boshqaruvi ostida MSWord ni bajarish imkoniyati bor.


5 .4 . Foydalanuvchining grafik va buyruq interfeyslari.
Grafik interfeysning asosiy konsepsiyasi
Foydalanuvchi interfeysi. Foydalanuvchi bilan LINUX tizimining aloqasi an’anaviy usul — buyruqlar tilida amalga oshiriladi (ammo hozirgi davrda grafik interfeyslar ommalashmoqda).


Foydalanuvchi sistemaga kirgach, uning uchun buyruqli interpre- tatorlardan biri joriy etiladi. Odatda, tizimda bir-biriga o‘xshash, ammo buyruqlar tilining imkoniyatlari bilan farq qiladigan bir necha buyruqli interpretatorlar mavjud bo'ladi. Operatsion sistema LINUX ning barcha buyruq interpretatorlarining umumiy nomi — Shell (qobiq), chunki interpretator tizim yadrosining tashqi atrofmi tashkil etadi. Chaqirilgan buyruq interpretatori foydalanuvchiga oddiy buyruq yoki buyruqlar konveyeridan tashkil topgan buyruq qatorini kiritishni taklif etadi. Har bir buyruq bajarilib, terminal ekraniga chiqarilgach, Shell yana buyruq qatorini kiritishni taklif etadi va h.k. Ushbu jarayon ishlatuvchi seansini tugatmaguncha, ya’ni logout buyrug‘ini kiritguncha
yoki strelkani bosguncha davom etadi.
Operatsion sistemasi LINUXda ishlatiladigan buyruq tillari, iste’molchi unda tez ishlashni boshlashi uchun juda oddiy. Ammo murakkab dasturlarni yozish uchun ishlatish mumkin bo‘lgan darajada quwatli hamdir. Oxirgi imkoniyat ixtiyoriy buyruqlar qatorlari ket- ma-ketligini o'zida saqlashi mumkin bo'lgan buyruq fayllar mexaniz- miga asoslanadi. Keyingi buyruq o'miga buyruq faylining nomi ko'rsa- tilganda interpretator faylini qatorma-qator o'qib, ketma-ket buy­ ruqlami interpretatsiya qiladi.
Foydalanuvchi imtiyozi. Operatsion sistema LINUX yadrosi har bir foydalanuvchini uning interpretatori bo'yicha tekshiradi. U noyob qiymat bo'lib, tizimda ro'yxatga olinayotganda unga beriladi (UID). Bundan tashqari, har bir foydalanuvchi ayrim butun belgi bilan tekshiriladigan foydalanuvchilar guruhiga kiradi (GID). Har bir ro'yxatga olingan foydalanuvchi uchun UID va GID tizimning hisob fayllarida saqlanadi.
Sistema administratori ham ro'yxatga olingan foydalanuvchi sifatida boshqa oddiy foydalanuvchilarga nisbatan katta imkoniyatlarga egadir. LINUX operatsion sistemasida bu muammo UID bir belgisi (nolin- chi) ning ajratib ko'rsatilishi yordamida hal etiladi. Bunday UID ga ega foydalanuvchi Supervuser yoki root deyiladi. U ixtiyoriy faylga kirish va ixtiyoriy dastumi amalga oshirishda cheklanmagan imkoniyat- ga ega. Bundan tashqari, bu foydalanuvchi tizimni to'la boshqarish imkoniyatiga ega. U sistemani to'xtatishi yoki buzib qo'yishi ham mumkin.

Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin