Texnologiyalari



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə72/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

Bu ikki ish stoli bir-biri bilan raqobatda bo'lishiga qaramay, o'xshash tomonlarga ham ega. Ular quyidagilar:
«Maxsus belgilarga ega ishchi qatlam.
• ‘Ustiga sichqoncha bosilganda ishga tushadigan znachoklarga ega ostki panel.
«Pochta xizmati, obozrevatellar, tahrirlagichlar kabi bir qancha dasturlar.
• ‘WINDOWS dagi kabi dasturlarni ishga tushirish uchun xizmat qiladigan start paneli.
• ‘Virtual ish stollari. Bunda bir qancha ish stollari mavjud bo'lishi mumkin. Masalan, bir ish stolida o'z panellari, znachoklari, dasturiy ta’minot va o'zingiz yaratayotgan dastur bo'lsa, ikkinchi ish stolida ham panellar, znachoklar va boshqa yaratilayotgan dastur bo'lishi mumkin. Bir virtual ish stolidan boshqa biriga o'tish mumkin. Ayni vaqtda bir necha virtual ish stoliga ega bo'lish ham mumkin.
• • Uskunalar moslanuvchanligi, ya’ni o'z ish stolingizni moslab olish, ko'rinishini o'zingizga mos qilib tanlash imkonini beradigan xizmatlar.
• ‘Sistemani boshqarish va moslash imkonini beradigan uskunalar. GNO M E va KDE ish stollari asosan dastlabki qo'yiladigan boshqaruv utilitlari, ish stolini moslash uskunalari, dasturlarni ishlatish uskunalari bilan farq qiladi. Masalan, ikkala ish stoli fayllarni tahrirlovchi, lekin boshqa-boshqa dasturlarga ega. KDE da tekstni tahrirlash uchun KWORD dan foydalanilsa, GNOME da AbiWord dan foydalaniladi, lekin ikkala dastur ham Open Office ofis paketi
tomonidan qo'yilgan.
Qariyb hamma LINUX o'matuvchilari GNOME yoki KDE dan foydalanishadi. Ba’zilar esa har ikkalasini o'matib, foydalanuvchidan qaysi birini tanlashi haqida so'raydi. Ikkalasini ham o'matib ko'rish mumkin va qaysi birini tanlash foydalanuvchi didiga bog'liq.


Ba’zi dasturiy ta’minotlar ish stollaridan biriga moslashgan bo'ladi va ikkinchi ish stolida ishlatila olinmaydi. Boshqa dasturlar esa har ikkala ish stolida ham ishlayveradi. Bunga misol qilib GIMP dasturini olish mumkin. Agar kompyuterda har ikkala ish stoli o'matilgan bo'lsa, barcha paketlar birgalikda ish stoli tomonidan foydalaniladi. Masalan, GNOME ish stolida o'matilgan dastur KDE ish stolida ham ishlaydi, ya’ni KDE bosh menyusida ham o'sha dastur mavjud bo'ladi.
Boshqa GUI lar. KDE va GNOME dan tashqari boshqa ish stollari ham mavjud. Qariyb barcha o'matuvchi paketlarda GNOME yoki KDE grafik tizimlari mavjud, ba’zilarida esa boshqalari ham bor. Masalan, Mandrake distributivi IceWM ish stoliga ega. KDE va GNOME dan farqli ravishda kichikroq hajmni talab qilib, ulardan tezroq ishlaydi.
Ko'pgina foydalanuvchilar yuqorida aytilgan ish stollaridan boshqala- rini tanlashadi. Bu holat kompyuteming operativ va qattiq xotira hajmi kichik bo'lgan hollarda amalga oshiriladi. Ayrim kishilar esa umuman boshqa bir ishlab chiqaruvchilar ish stolidan foydalanadilar, chunki ularga o'sha firma mahsulotlari yoqadi. Siz ham o'zingiz xohlagan ko'rinishdagi ish stoliga buyurtma berishingiz mumkin, lekin u tayyor bo'lguncha sizning didingiz o'zgarishi ehtimoli ham yo'q emas.
GNOME ish stoli. GNOME ish stoli juda mashhur bo'lib, u 14-rasmda ko'rsatilganidek ko'rinishga ega.
Rasmlardagi bo'sh joylarga, chap ekranning yuqori qismidagi znachoklarga va chap ekran ostki paneli burchagida joylashgan panja iziga e'tibor bersak, bu — GNOME ning maxsus emblemasi hisob­ lanadi. Bu belgini ishga tu-
shirilsa, xuddi WINDOWS start menyusiga o'xshash panel chiqadi. Mandrake distributivi ham o'ziga yarasha emblemalarga ega. Masalan, uning chap ostki ekran burchagidagi saria besh yulduz panel belgisi bo'lib xizmat qiladi.
GNOME ish stoli bilan Red Hat distributivi ham ta’miniaydi. Blue-
curve G N O M E deb nom - H-rasm. Mandrake 9.1 dagi GNOME ish la n g a n fo y d a la n u v c h i stoli


interfeysi Red Hat va Fedoraning dastlab o'mata- digan ish stollari hisobla­ nadi. Ularning emblemasi qizil shlyapa ko'rinishiga ega. U ham bo'sh ish stoli, maxsus znachoklar va ostki paneldan iborat. Chap ostki panel burchagida «К» harfi tasvirlangan belgi bo'lib, u start paneli vazifasini (xuddi WINDOWS dagi-
15-rasm. Mandrake 9.1 dagi KDE ish stoli dek) bajaradi. Bu belgi
KDE ish stolining emble­ masi hisoblanadi. GNOME ish stoli Red Hat va Fedora distributivi tomonidan o'matilishiga qaramay, Bluecurve KDE ham foydalanuvchi ish stoli bo'lib xizmat qiladi.
LINUX OS da buyruq satri
CLI (Command Line Interface — buyruq satri interfeysi). Bunda foydalanuvchi amallami bajarish uchun klaviaturadan maxsus buyruqlami beradi. Matn tahrirlagich sifatida Bash dan foydalaniladi. Bunda buyruqlar qabul qilinib qayta ishlanadi va to‘g‘ridan to‘g‘ri yadroga jo'natiladi. Yadro LINUX ning bir qismi hisoblanib, u yerda barcha amallar bajariladi. Foydalanuvchi berilgan buymqlar asosida javoblami oladi. Bash ustki qatlam bo'lib, LINUXda uning bir necha xili taklif etiladi.
LINUX OS buyruqlar satrida ishni boshlashi mumkin. Bunda dastlab toza ekran chiqib, foydalanuvchi nomi va maxfiy so'z kiri- tilishini kutadi. LINUX bu tipda o'rnatilganida faqat buyruqlar qatoridan foydalanib barcha amallami bajarish mumkin. Odatda, bunday foydalanuvchilar grafik tizimdan umuman foydalanishmaydi. Odatda, foydalanuvchilar grafik interfeysdan foydalanishadi va LINUX ni ham avtomatik ravishda grafik muhitiga kiradigan qilib o'matishadi. Buyruqlar satridan foydalanishga to'g'ri kelganda esa uni
ishga tushirib, so'ng foydalanishadi.
Ish stolidan grafik muhitda foydalanish juda qulay va oson hisoblanadi. Kerakli narsalami tanlab olib, ulami ishga tushirish, moslashishlarini olib borish ancha oson kechadi. Buyruqlar satridan foydalanishda esa


kerakli buyruqlami klaviaturadan kiritish, qaysi buyruq qanday vazifani bajarishini bilish talab etiladi. Shunga qaramay, buyruqlar satri quyidagi afzalliklarga ega:
*Tez ishga tushish. Grafik tizim ishga tushishi uchun bir qancha grafik dasturlar ishga tushiriladi va ular bir qancha vaqtni oladi.
• •Komandalarga tez yetib borish. Ayrim vaziyatlarda klaviaturadan buyruqlaming kiritilishi metka tanlanib kerakligigacha yetib borishdan ko'ra osonroq kechadi. Tizim va fayllami boshqarish buyruqlar satrida tezroq amalga oshirilishi mumkin. Qo'shimcha qilib shuni aytish mumkinki, buyruqlar qatoriga bir qancha komandalami bir vaqtda berib natijani olish mumkin. Grafik muhitda esa amallami birma-bir bajarishdan o'zga chora yo'q.
*Kam resurs talab qilinishi. Kompyuter resurslari kam bo'lganida, masalan, tezkor yoki qattiq xotira yetarlicha katta bo'lmaganida, grafik muhitlarga kerakli xotira ajratish ilojisi bo'lmaganda buyruqlar satri bebaho hisoblanadi.
• • Keng imkoniyatlar (ko'p funksionallilik). Ba’zi buyruqlami grafik interfeys orqali bajarishning iloji yo'q. Chunki ular faqat buyruqlar satridan amalga oshiriladi.
Ish stolidan foydalanish. Ro'yxatga olish
Ish stolini ishga tushirish uchun awal ro'yxatga olish kerak.
Kompyuter elektr manbayiga ulanganda quyidagi darcha chiqadi:
Uqot ins ’Fedor* Core ;
Ioot шв,8) V' v 4 U ;ч: ' '
Ifllesyatten type Is «Kt2fsr partltloA 1 ургв Ш
отш) /<м1!вих-2.б.£~1.3Я ito го о 1 « Ш 1 ^ jrltffb quiet
i D Шшр(-Ъг1н1(|вг *etep*Bxl4BB♦ '»1г*»вх1г35Ъ71
lt*d /1»Пгв-г*6*5~1.35в* Гнд
ILHwx-leitrd вяГоЗЬвВв, В*449ав bytes V
i» e o H p r o s * in g L l i M U C ', t O k , b o t r t l f t y J h o k o r a o I . v
Cl: Cannot allocate resource regiop 4 ot device 8880:98:67.1
Щuftlt< 1 в 9 3 5 4 В 8 9 в . 1 9 В : в > : - -Лф oi,

Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin