Texnologiyalari



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə73/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

Kompyuter yuklanyapti.
Kompyuter ro'yxatiga olishni talab qilyapti.
-> Siz o'z account ingiz bo'yicha maxfiy so'zingizni kiritib, ro'yxatga olinasiz (registratsiyadan o'tasiz).
Ish stoli yuklanmoqda.
Kompyuter yuklangandan keyin ro'yxatga olish darchasi chiqadi. Fedora, Mandrake va SUSE distributivlarining ro'yxatga olish dar­ chasi quyida ko'rsatilgan.


Fedora
С O F I
Cr M an d rak elin o x
16-rasm. Fedora, M andrake va SU SE da ro'yxatga olish


Agar Mandrake va SUSE da foydalanuvchi yaratilgan bo'lsa, ular foydalanuvchini tenglashtirish imkonini beradi. Quyida ko'rsatilgan holda sistemada «janet» nomli foydalanuvchi mavjud. Agar boshqa foydalanuvchilar bo'lsa, ularning ham nomi ko'rsatiladi.
Sichqoncha tugmasini foydalanuvchi ustiga bosib, uni belgilash mumkin. SUSE da foydalanuvchi nomi Login maydonida ko'rsatiladi.
Maxfiy so'z kiritilgandan keyin GO tugmasini bosganda foydalanuvchi
* yaratiladi. Mandrake da esa
w » * r 17-rasmda ko'rsatilgan
± t»r*t darcha chiqadi.
*»-«4?, Foydalanuvchini tan­
i P m w o rd :
lab, maxfiy so'zni kiritib,
Sastiontyp*cv* Login tugmasini bossangiz,
rtfi ro'yxatga olinadi.


17-rasm. Mandrake da boshqa ro'yxatga olish darchasi


Fedora da foydalanuvchi nomi kiritilib, Enter tugmasini bosish orqali Username maydoni Password ga almashadi. U yerda maxfiy so'zni kiritib, Enter ning
bosilishi ro'yxatdan o'tishni ta’minlaydi.
Ko'pgina LINUX ver­ siyalari grafik tizimni tanlash imkoniyatini beradi va siz ulardan bittasini tanlashingiz kerak. Session type nomli
maydonda qo'yilgan variantdan birini tanlash kerak.
Odatdagi holda KDE ishchi stoli ishga tushiriladi, lekin foydalanuvchi o'ziga kerakli muhitni tanlashi mumkin. Xavfsiz rejimda LINUX buyruqlar satrini yuklaydi.
Dastlabki ro‘yxatga olish. Birinchi foydalanuvchini ro'yxatga olish turli sistemalarda turlicha bo'ladi. Masalan, Mandrake va SUSE dastlabki foydalanuvchini o'rnatish jarayonida yaratishsa, Fedora da root o'rnatiladi va dastlabki yuklanishda foydalanuvchi yaratish imkonini beradi.
Mandrake da birinchi ro'yxatga olingandan keyin Mandrake FirstTime Wizard (Mandrake ning dastlabki yuklanishi) protsedurasi ishga tushiriladi va unda quyidagi vazifalarda yordam berilishi haqida aytiladi.
*Bir necha qadamda ish stolining asosiy moslashishlarini qilish.
«Sizning versiyangizni ro'yxatga olish va sizni, qo'shimcha xizmatlar va imkoniyatlar uchun Mandrakeclub ga a’zo qilish.
Keyingi qadamda Choose Desktop (ish stolini tanlash) darchasi chiqadi va unda siz o'zingizga yoqadigan ish stolini tanlashingiz mumkin. Ish stoli tanlanganidan keyin mavzu tanlash darchasida kerakli mavzu tanlanadi. Mavzu — bu aniq bir ranglar yig'indisi bo'lib, ularning har birida darcha chegaralari, shriftlar, znachoklar va boshqa parametrlar bor. Kerakli ko'rinish tanlanganidan keyin Next tugmasi bosilishi kerak.
Mandrake FirstTime Wizard masteri Mandrakeclub da o'z nomini yaratib ro'yxatga turish imkoniyatini beradi. Mandrakeclub a’zosiga bir qancha dasturlarni ko'chirib olish, forumlarda ishtirok etish imkoniyati va boshqa bir qancha xizmatlarga chegirmalar beriladi. Foydalanishning dastlabki oyi bepul bo'lib, foydalanib ko'rish mumkin.
Master ishini tugatganidan keyin ish stoli va qarshilovchi darcha chiqadi. Bu darchaning har yuklanishda chiqishini xohlamasangiz,


18-rasm. KDE ish stoli
Open This Window an ****** (yuklanishda shu darchani ko'rsatish) bo'limidan belgini olib tashlab, Close tugmasini bosish kerak.
SUSE ning ham birinchi yuklanishida qarshilovchi darcha bilan SUSE sistemasining Web-sahifasiga havola ko'rsatiladi.
Ish stoli tarkibi. Ko'pchilik ish stollari oddiy komponentlarga ega bo'ladi. Bu Windows foydalanuvchilariga tanish.
Ish stolida znachoklar bo'ladi, ular yuqoridagi holda 2 ta bo'ladi. Ma’lum amalni bajarish uchun kerakli znachok ustiga 2 marta bosish kerak. Ish stoliga yana znachok qo'shish, yo'qotish, umuman moslash mumkin.
Pastki qismda panel joylashgan bo'lib, uni chapga, o'ngga, tepaga qo'yish mumkin. Va yana ortiqcha bir panelga ega bo'lish mumkin.
л®г ..' . rfeLovoirnuna fedam
v • . ,

* ^ 13о ft. ' ; ° —


19-rasm. Fedora da KDE va GNOME ish stollari
126


19-rasmning chap qismida bir necha znachoklar bo'lib, ulami ko'paytirish yoki bir nechtasini yo'qotish mumkin. O'ngroqda 4 ta tugmaga ega qism bo'lib, bular bir virtual ish stolidan keyingisiga o'tish imkonini beradi. Undan o'ngroqda aktiv panel bo'lib, u yerda ishlayotgan jarayonlar ko'rsatiladi. Yana o'ngroqda sistema jihozlari znachoklari bo'lib, o'ngda soat joylashgan. Bularning hammasini foydalanuvchi o'zgartirishi mumkin.


20-rasm. Fedora va Mandrake dagi KDE ish stollari


KDE va GNOME ishchi stollari. Mashhur 2 ish stollari — bu KDE va GNOME. Ular bir-biriga o'xshash bo'lib, Fedora distribu- tivining ish stollari 21-rasmda ko'rsatilgan.
Ular juda o'xshash bo'lib, ikkalasida ham Crash va Home znachoklari bor. GNOME da yana ikkita qo'shimcha znachok bor. Paneldagi znachoklar bir xil. Bular foydalanuvchiga mos va qulay bo'lgan muhitni yaratib berish uchun bir-biriga o'xshash qilingan. Quyida Fedora va Mandrake ning KDE ish stoli ko'rsatilgan.
Turli LINUX versiyalarida KDE znachoklari turli xil bo'ladi.
Panel. KDE va GNOME ish stollari panellari quyida ko'rsatilgan (yuqorida KDE, pastda GNOME).


21-rasm. Fedora da KDE va GNOME ish stollari
Panellar bir xil seksiyadan tashkil topgan:
••Znachoklar paneli. Chapdagi qism bo'lib, dasturlarning znachoklariga ega. Ular bosilganda dastur ishga tushadi. Ustiga sichqoncha olib borilganda qo'shimcha ma’lumot chiqadi.


-Ish stollaridan bir-biriga o'tish xizmati. Bunda 4 ta qism tugmalar bo'lib, virtual ish stollaridan foydalanish imkonini beradi.
«Vazifalar paneli. Ayni vaqtda foydalamlayotgan dasturlar nomlari. KDE ish stoli bitta ochiq dastur bo'lib, u X Settings nomi bilan ataladi. GNOME 2 ochiq dastumi — OpenOffice va Mozilla brouzerini ko'rsatmoqda. Dastumi aktiv qilish uchun uning ustida sichqonchani bitta bosish kerak.
«Sistema bildirish qismi. Panelning o'ng qismida moslashishni olib borish mumkin bo'lgan qism bo'lib, ularni bosish orqali paydo bo'ladigan muloqot darchasida tezda moslashishlami olib borish mum­ kin. O'ng burchakda soat joylashgan, sichqoncha uning ustiga olib borilganda joriy sana va yil ko'rsatiladi. Agar sichqonchani uning ustida bossangiz, taqvim chiqib, siz unda oylar va yillami ko'rib chiqishingiz mumkin. Sichqonchaning o'ng tomonini soat ustida bosganda, maxsus yordamchi darchada sanani, vaqtni moslash va soat ko'rinishini o'zgartirish imkoniyati beriladi. Bular appletlar deb ataladi.
• ‘Panelni berkitish tugmasi. Ostki panelning har ikkala yoki bir tomonida strelkasimon tugma bo'lib, uni bosish orqali ostki panelni berkitish mumkin. Bunda panel qayta ochish imkonini beradigan tugma ko'rinishiga o'tadi.
Eng chapdagi tugma — bosh panelni ochish uchun imkon beruvchi tugma qizil shlapa ko'rinishida tasvirlangan.
Ish stoli bilan ishlash. Ish stoli — bu ba’zi komponentlardan iborat maydon. Unda siz kerakli znachoklarni bosib, dastumi darcha orqali ishlatishingiz mumkin. Ayni vaqtda bir-biriga bog'liq bo'lmagan bir qancha darchalami ochishingiz mumkin.
Ish stoli qulay ishlash uchun bir qancha komponentlarni taklif qiladi.Windows foydalanuvchilari bularning ko'p qismi bilan tanishdirlar.
• ‘Belgilar. Sichqonchani belgilar ustida bosish orqali dasturlarni ishga tushirishingiz mumkin. Odatda, belgilar sichqoncha tugmasini 2 marta bosish orqali, panel tugmalari esa bir marta bosish orqali ishga tushiriladi. Ammo bularni o'z xohlaganingizcha qo'yishingiz mumkin. Bu keyinroq ko'rsatib o'tiladi.
• ‘Menyu. LINUX OS 2 turdagi, ya’ni bosh menyu va kontekst menyulami taklif etadi. Siz bu menyularga bo'limlar qo'shish yoki olib tashlash imkoniyatiga egasiz. Odatda, yangi dastur o'matilganda, uning nomi bosh menyuda chiqadi.
Bosh menyu. Bu xuddi Windowsdagidek ostki panel chap tugmasini bosish orqali ishga tushiriladi. Unda mavjud dasturlar va


boshqarish utilitlari bo‘limlari bor. KDE da bu «К» harfi bilan, GNOMEda esa panja belgisi orqali tasvirlangan tugmadan iborat. Lekin LINUXning turli versiyalarida o‘z maxsus belgisi ham bor. Fedora da qizil shlapa bo‘lsa, SUSE panelida yashil ajdar boshi tasvirlangan tugmalar mavjud.
Kontekst menyusi. Bu sichqonchaning o'ng tugmasi bosilganda chiqadigan yordamchi darcha bo'lib, u turli vazifalami bajarish imkoniyatini beradi. Masalan, ish stolining bo'sh qismiga bosilganda bir menyu, znachoklami bosganda boshqa menyu, panelga bosilganda esa yana boshqa bir menyu chiqadi. Menyu belgilangan obyekt ustida amal bajarish imkoniyatini beradi.

Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin