Texnologiyalari



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə74/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

Ko'p menyularda elem ent nomining bir harfi maxsus belgilangan bo'lib, shu harfni bosish orqali sichqonchani ishlatmay turib fazifani bajarish mumkin. Ba’zi menyular maxsus klavishlar kombinatsiyasiga ekvivalent bo'lib, shu kombinatsiyalar orqali ham vazifani bajarish mumkin. Masalan, Alt + G'9 tugmasi ekvivalent bo'lsa, shu ikkala tugmani bosish orqali vazifa bajarilishi mumkin.
«Yordamchi (всплывающие) luqma (подсказка)1аг sichqonchani element ustiga olib borganda u haqda ko'rsatiladigan axborot. Foydalanuvchi bularni o'chirishi yoki yoqishi mumkin.
• •Darchalami boshqarish. Darchalar bir joydan boshqa joyga ko'chi- rilishi, kattalashtirilishi, kichiklashtirilishi, o'chirilishi yoki berkitilishi mumkin.
Ko'chirish. Darchaning ustki qismiga sichqonchani bosib turgan holda bir joydan boshqa joyga olib o'tish. Yoki chap tepa burchagida tugmani bosib Move bo'limini tanlash kerak.
O'lchamni o'zgartirish uchun sichqonchani bosgan holda darchaning chegarasiga yurgizish kerak.
Kattalashtirish, kichiklashtirish yoki ish stolini ko'rsatishda darcha nomi ustida sichqoncha chap tugmasi ketma-ket 2 marta bosilganda kattalashgan yoki kichiklashgan holga o'tadi. Bu amalni darcha o'ng ustki qismidagi maxsus tugmalar orqali ham qilish mumkin. Ish stolini ko'rsatish uchun ostki paneldagi Show Deakop tugmasi bosiladi. Agar bu tugma bo'lmasa, uni qo'shish keyinroq aytib o'tiladi.
Yopish. Darcha o'ng burchagi tugmasini bosib chiqariladigan darchadan Close bo'limini tanlash orqali amalga oshiriladi.
••Tashqi ko'rinish. Ish stolini osongina o'zgartirish mumkin. Masalan, Fedora, Mandrake yoki SUSEdan ekran zastavkasi ko'k


fon bo'lib, uning rangini o'zgartirish yoki boshqa rasm qo'yish mumkin.
Siz ish stolining barcha elementlarini o'zgartirishingiz mumkin. Ko'pchilik foydalanuvchilar o'z didlariga mos qilib, o'z mavzularini yaratadilar. Ulaming ba’zilari LINUXda mavzu ko'rinishida mavjud bo'lib, hammasi birgalikda yaxlitlikni tashkil etadi. Ba’zi qo'shimcha mavzularni LINUX saytlaridan olishingiz mumkin.
Umuman olganda, barchasini moslash mumkin. Foydalanuvchilar o'z xohishlari bo'yicha barchasini o'zgartirib, keyingi foydalanuvchiga boshqa ko'rinishda taqdim etmoqdalar. Keyingi bo'limlarda aytiladigan o'zgartirishlar sizning LINUXingizda boshqacha bo'lsa, siz uni xohishingizga qarab moslashingiz mumkin.
KDE va GNOME ish stolini moslashning turli usullarini taklif qiladi va ular bir-biriga o'xshash. Keyingi bo'limlarda asosiy va odatiy o'zgartirishlar aytib o'tiladi. Ko'rsatib o'tilmagan o'zgartirishlami o'zingiz qilishingiz mumkin.
22-rasm. KDE Control Center (KDE boshqaruv markazi)
KDE ish stolidagi o'zgartirishlar KDE Control Center (KDE boshqaruv markazi) orqali qilinishi mumkin. Buni bevosita bosh menyudan yoki Preferences (parametrlar) yordamchi menyusidan chaqiriladi. KDE Control Center yuklanganda quyidagi darcha ko'ri- nadi.
Ish stolining ko'rinishlari look and feel bo'limida bajariladi.
GNOME da ish stoli KDE Control Center kabi butun bir tizim bo'lmasdan, moslashishlar dialoglarini chaqirishda alohida menyu


elementlari bor. Odatda, menyu elementlari bosh menyudagi alohida guruhda mavjud. Masalan, Fedorada bu boshqaruv elementlari guruhi Desktop Preferencesda, Mandrake da esa System Configuration bo‘limida olib boriladi. Menyu elementlari boshqaruv tizim i SUSE versiyasida GNOME da ko'rini- shi quyidagicha.
Desktop Preferences (ish stoli moslanishlari) punktining ost punktida elementlarning moslanish bo'limlari ko'rsa­ tilgan.
Qolgan qismlarda quyidagi
asosiy boshqaruv bo'limlari 23-rasm. GNOME ish stolini moslash
muhokama etiladi.
• • Fon. Ish stoli va paneli
fonini o'zgartirish yoki o'miga rasm qo'yish mumkin.
«Znachok. Ish stoliga znachoklami qo'shish yoki olib tashlash mumkin.
«Shriftlar. Shriftlar stili va o'lchamini o'zgartirish.
••Ekran saqlovchisi. Ekran saqlovchisini tanlash va yuklanish vaqtlarini belgilash mumkin.
Shunday qilib KDE va GNOME ish stollarining asosiy qismlari aytib o'tildi.
Ish stoli fonini o'zgartirish. Fonni o'zgartirish uchun ish stolining bo'sh joyida sichqoncha o'ng tugmasini bosib, undagi Desktop Preferences (ish stolini moslash) bo'limi tanlanadi. Chap tomonida ish stoli moslanuvchi panellarga ega darcha chiqadi. Uning Background bo'limini belgilang.
O'zgartirishlar kiritilganda uni o'ng tomondagi monitorga ko'rsatiladi. Kerakli parametrlar tanlangandan keyin Apply tugmasi bosilganda darcha yopilmasdan joriy ish stoliga o'zlashtiriladi.
Agar fon sifatida rasm tanlamoqchi bo'lsangiz, Pikture qismini belgilab, mavjud rasmlardan birini tanlashingiz yoki Broseni tanlab, fayllardan rasmlami yuklashingiz mumkin.


Agar fon sifatida rang tanlamoqchi bo'lsangiz, No picture bo'li­ mini tanlab, Color qismidan mosini tanlash mumkin. Slide show elementini tanlasangiz, Setup tugmasini krasiz. Bu tugmani bosib, shablonlar ko'rsatilgan darchani krishingiz mumkin. Darchada Add tugmasi bo'lib, u orqali shablonlar bo'lgan fayl yo'lini ko'rsatish mumkin.
Fon uchun 1 yoki 2 xil rangni tanlash mumkin. 2 xil rang tanlasangiz, ular gorizontal yoki vertikal gradient chegara ranglari
bo'ladi.
Rang tanlash uchun o'ng to- mondagi ranglardan birini tanlab yoki RGB rang tashkil etuvchilari orqali berishingiz mumkin. Tanlangan rang pastki to'rtburchakda ko'rsatiladi.
Panel fonini o'zgartirish uchun panel bo'sh joyida sichqonchaning o'ng tugmasini bosish kerak va undan Configure Panel tanlanib, chap qismdagi


Appearance (tashqi ko‘rinish) qismi bosiladi. Agar Appearance ro'yxatda keltirilmagan bo'lsa, uni Layout elementi ichidan tanlash mumkin. U quyidagi ko'rinishga ega.
Siz har bir element fonini, masalan, bosh menyu va dastur znachoklari uchun alohida o'zgartirishingiz mumkin. Rasmni panel foni sifatida qo'yish uchun Enable Background Image belgisini tanlash zarur. Kerakli rasmni papkaning rasmi bo'lgan tugma orqali tanlash mumkin. Ayni mahalda har qanday grafik rasmlardan foydalanish mumkin.
Shriftlarni moslash. Siz KDE Control Center orqali qo'llanadigan shriftlar kattaligi va ko'rinishini tanlashingiz mumkin. Bunda Look and Feel qismiga kelib Fonts tanlanishi kerak. Dialog quyidagi ko'rinishga keladi. Kerakli shriftni belgilab, Choose tugmasi orqali moslash mumkin.
GNOME ish stolida bosh menyudan Preferences -> Fonts tanlanadi. Bunda quyidagi darcha ochiladi.
Biror element shriftini o'zgartirish uchun kerakli bo'limni tanlaganda moslash mumkin bo'lgan darcha chiqadi. Kerakli parametrlar tanlanganidan keyin ulami sinab ko'rish imkoniyati tug'iladi. OK tugmasini bosib qilingan o'zgartirishlami o'zlashtirishingiz mumkin.


26-rasm. Shriftlami moslash darchasi
Kerakli ko'rinishga kelgach, Close tugmasi orqali chiqib ketiladi. Ekran saqlovchisini moslash. LINUX OS ekran saqlovchisini tanlash imkoniyatini beradi. Ekran saqlovchisi, bu foydalanuvchi hech narsa kiritmaganda va sichqonchada ham ishlamaganda ekranda ko'rinib turadigan rasm yoki animatsiya. Tugma bosilishi yoki sichqoncha harakatga kelishi kompyuterni ishchi holatga qaytaradi. Shuningdek, necha daqiqadan keyin kompyuteming ekran saqlovchisi ishga tushi-
rilishini ham ko'rsatish mumkin.
KDE ish stolining bo'sh qismida sichqonchaning o'ng tomoni bosilganda Configure Desktop tugmasi bosilganda, chap tomonida znachoklarga ega darcha chiqadi. Screen Saver znachogini tanlash orqali quyidagini ko'rish mumkin.
Ekran saqlovchisini ro'yxatdan tanlab, uni kompyuter terminalida qayta ko'rish imkoniyati mavjud. Ba’zi ekran saqlovchilarini o'zgartirish, masalan, Blank Screen (bo'sh ekran) rangini o'zgartirish mumkin. O'z ekran saqlovchingizni o'rnatish uchun Setup tugmasini bosib, ekran saqlovchisiga yo'l ko'rsatish mumkin. Test tugmasini bosish orqali buni sinovda ko'riladi. Joriy ekran saqlovchisini saqlash uchun OK tugmasi bosiladi.

Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin