Texnologiyalari


LINUX dunyosida bunday super foydalanuvchi maqomini olgan



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə70/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

LINUX dunyosida bunday super foydalanuvchi maqomini olgan kishi nima qilayotganini aniq anglashi kerak. U LINUX operatsion sistemasining asosiy protseduralarini yaxshi bilishi shart: U sistema- ning xavfsizligi, to'g'ri ishlatilishi, foydalanuvchilarning qo'shilishi


yoki chiqarilishi, doimiy fayllardan nusxa ko‘chirishlar va h.k.lar uchun javobgardir. Super foydalanuvchining yana bir xususiyati shun­ daki, u uchun foydalaniladigan resurslardan cheklovlar yo‘q. Oddiy foydalanuvchilar uchun faylning maksimal hajmi, ajratilgan xotira segmentlarining maksimal soni, diskda ruxsat etilgan maksimal hajm va h.k. kabi cheklovlar o'matiladi. Super foydalanuvchilar bu chek- lovlami boshqa foydalanuvchilar uchun o‘zgartirishi mumkin, ammo bu unga ta’sir etmaydi.
LINUX tizimi bilan ishga kirishish. LINUX — bu operatsion sistema. Aynan u elektron komponentlaming ishlashini ta’minlaydi. Masalan, monitorda ko‘rinib turgan ma’lumotlarni tahrir qilish, bosib chiqarish, bir qancha dasturiy ta’minotlami ishga tushirish va boshqa operatsiyalarni amalga oshiradi. LINUX OS muloqotning ikki usulini qo‘llaydi.
GUI (Graphical User Interface — foydalanuvchi grafik interfeysi). Bu usulda kerakli amallar sichqoncha yordamida bajariladi. Masalan, fayllami ochish uchun sichqoncha 2 marta bosiladi. WINDOWS tizimida ishlaganlar bu muhit bilan yaqindan tanishdirlar.
CLI (Command Line Interface — buyruq komandasi paneli). Bunda ma’lum bir amallami bajarish uchun maxsus xizmatchi so‘zlami klaviatura orqali kiritiladi. UNIX va DOS (Disk Operation System) foydalanuvchilari bu muhit bilan tanishdirlar.

Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin