Texnologiyalari



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə16/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

Tashkilotning axborot tizimi. Axborot konturi doirasida boshqarish maqsadlari haqida, boshqariluvchi jarayon holati haqida, boshqaruvchi ta ’sirlar haqida axborotga ega bo'linadi va uzatiladi. Axborot konturi




axborotlam i yig'ish, uzatish, qayta ishlash va saqlash vositalari, shuningdek, axborotlami ishlovchi xodimlar bilan birgalikda m azkur tashkilotning “axborot tizim ini tashkil etadi. Bu tizim dinam ik rivojlanuvchidir, chunki axborot o'zgarishlarga uchraydi, uning tezligi tashkilot bajarayotgan vazifalarga bog‘liq. Axborot tizimiga kiradigan m a’lumot sifatida axborotni shakllantiruvchi axborot manbalari va m a’lum otlarni yig‘ish tizimi ко‘rib chiqiladi. Chiqadigan axborot sifatida esa qarorlam i shakllantirish va qabul qilish, ya’ni axborotdan maqsadli ravishda foydalanish tizimi tahlii etiladi. Dem ak, axborot tizimi axborotni boshlang'ich yig'ish va undan ikkilamchi foydalanish tizimi bilan o'zaro bog'liq.
Axborot tizimi boshqarish tizimining asosi sanaladi. Biroq butun boshqarish tizimi u bilan tugamaydi. Qarorlar qabul qilish ishlab chiqarishga ta ’sir ko'rsatuvchi boshqarish tizimining boshqa tom onini tashkil etadi.
Axborot tizimi tushunchasi uzluksiz axborot tushunchasi va uning moddiy namoyon bo'lishi bilan bog'liq. Bunda axborot tizimining ikki tomoni, ya’ni texnologik va mazmuniy jihatini farqlash lozim. Axborot tizimiga texnologik yondashuv uni axborot protseduralarini (m a’lumot yig'ish, ro'yxatga olish, uzatish, saqlash, jamlash, qayta ishlash va hokazolarni) kompleks amalga oshirish bilan bog'liq boshqaruv jarayonlarining bin sifatida ko'rib chiqishni ko'zda tutadi. Protseduralami bajarish tashkilotning asosiy faoliyatini amalga oshirish jarayonida ro'y beradi. Boshqarishni avtomatlashtirish birinchi galda axborot protseduralarini bajarishga yo'naltirilgan.
Axborot tizimiga mazmuniy yondashuv u yoki bu tashkilotning funksional vazifasi bilan bog'liq va aniq bir axborot birliklarining (rekvizit va ko'rsatkichlar, massiv va oqimlar) tarkibi shu bilan belgilanadi. Hal qiluvchi axborot vazifalari doirasi va natijalar ro'yxati axborot tizim ining mazmuni bilan belgilanadi. Tashkilot axborot tizimining m azm unida, asosiy faoliyatida qanday rol o 'ynam asin/ unda har bir tashkilotning tuzilishi va har bir bo'linm a faoliyatining yo'nalishi aks etadi.
Axborot tizimlariga texnologik yondashuv axborotni protseduralar obyekti sifatida ko'rib chiqishga imkon beradi, m azm uniy yondashuv esa axborotning m a’naviy tahlili, uning qiymatini belgilaydi.
Boshqaruv tizimining pog'onaliligi. Odatda, istalgan tashkilot bir necha obyektlardan iborat murakkab kompleks bo'lib, ulam ing o ‘zi ham boshqaruv jarayoni va qismlaridan tashkil topgan. Shu bois ham


kompleksning kelishilgan holda ishlashi uchun qo ‘shim cha boshqarish qismi kiritiladi. U boshqa boshqarish qism lari va boshqariluvchi jarayonlar (lokal boshqarish tizimlari kabi) harakatlarini muvofiq- lashtiradi, ular faoliyatini kom pleksning um um iy m aqsadlarini bajarishga yo'naltiradi. Ancha murakkab tuzilishli boshqaruvchi jarayonda boshqarish qismi ko‘p darajali tuzilmaga ega bo'lishi m umkin. Bu ko'plab boshqaruv tizimlari uchun xos xususiyat.
Odatda, obyektning boshqarish qismida boshqarishning oliy, o 'rta , quyi darajasi farqlanadi. U lardan har biri o 'z funksiyalari to'plam i, kompetensiya darajasi bilan izohlanadi va tegishli axborotga m uhtoj bo'ladi.
Boshqarishning yuqori darajasida strategik boshqarish, tashkilot vazifasi, boshqarish maqsadlari, uzoq m uddatli rejalari, ulam i amalga oshirish strategiyasi belgilanadi. Boshqarishning o 'rtacha darajasi — texnik boshqaruv darajasi hisoblanadi.
Bunda taktik rejalar tuziladi, ulam i amalga oshirish nazorat qilinadi, resurslar kuzatib boriladi va hokazo. Boshqaruvning quyi darajasida tezkor boshqaruv rejasi, ya’ni hajm -taqvim (kalendar) rejalari bajariladi, tezkor nazorat va qayd etish amalga oshiriladi.
B oshqarish darajasi (boshqaruv faoliyati turi) hal etiladigan masalaning murakkabligi bilan belgilanadi. Masala qanchalik murakkab bo'lsa, uni hal etish uchun shunchalik yuqori darajadagi boshqaruv talab etiladi. Bu o 'rinda shuni nazarda tutish kerakki, tezkor hal etishni talab etuvchi oddiy masalalar nisbatan ko'proq yuzaga keladi. Dem ak, ular uchun tezkor qaror qabul qilinadigan, nisbatan quyi boshqaruv darajasi qabul qilinadi. Boshqaruv paytida, shuningdek, qabul qilinadigan qarorlariii amalga oshirish dinamikasini ham hisobga olish zarur. Bu hoi boshqaruvga vaqtinchalik om il nuqtayi nazaridan qarash imkonini beradi.
Tezkor boshqaruv darajasi ko'p m arta qaytariluvchi vazifalar va operatsiyalarini hal etishni ham da keladigan joriy axborotlar o'zga- rishini tez qayd etishni ta ’minlaydi. M azkur darajada bajariladigan operatsiyalar hajmi ham , boshqaruv qarorlarini qabul qilish dina- mikasi ham yetarlicha yuqori. U, ko'pincha, vaziyat o'zgarishiga tez javob qaytarish zaruriyati tufayli tezkor boshqaruv darajasi, deb ham yuritiladi.
O 'rta (taktik funksional) boshqaruv darajasi birinchi darajada tayyorlangan axborotlam i oldindan tahlii etishni talab qiladigan masalalar yechimini ta ’minlaydi. M azkur darajada boshqaruvning tahlii vazifalari keng ahamiyatga ega bo'ladi. Hal etiladigan masalalar hajm i


4-rasm. Boshqarish darajalarining o‘zaro ta’siri
kamayadi, biroq ularning murakkabligi oshadi. Ayni paytda kerakli yechimni har doim ham tezkor ishlab chiqish im koni bo'lmaydi. Buning uchun yetmagan m a’lumotlami yig'ish, tahlii etish va fikrlashga qo'shim cha vaqt talab etiladi. Boshqaruv xabar kelib tushgan vaqtdan to qaror qabul qilish va uni amalga oshirishgacha, shuningdek, qaromi amalga oshirish vaqtidan to unga bo'lgan ta’simi qayd etguncha bo'lgan ayrim oraliq to'xtalishlar bilan bog'liq.
Strategik daraja tashkilotning uzoq muddatli strategik maqsadlariga erishishga yo'naltirilgan boshqaruv qarorlarini tanlashni ta ’minlaydi.


Modorrriki, qabul qilinadigan qarorlar natijalari oradan uzoq vaqt o'tgach ko'rinar ekan, ushbu darajada strategik rejalashtirish kabi boshqaruv vazifalari m uhim ahamiyatga ega. Boshqaruvning boshqa funksiyalari bu darajada yetarlicha to‘liq ishlab chiqilmagan. K o'pincha boshqaruvning strategik darajasi strategik yoki uzoq m uddatli rejalashtirish deb yuritiladi. Ushbu darajada qabul qilingan qarom ing haqqoniyligi uzoq vaqt o'tgachgina o ‘z tasdig‘ini topishi mumkin. Qaror qabul qilish mas'uliyati juda katta. Bu m atem atik va maxsus apparatlardan foydalangan holdagi tahlii natijalari bilangina emas, balki menejerlarning kasbiy intuitsiyasi bilan ham belgilanadi.
Boshqaruvning uchta darajasidagi faoliyat m azm uni quyidagi jadvalda keltirilgan.
Boshqaruvning h ar bir darajasidagi m a’lum bir m ehnat taqsi- m oti boshqaruv qism ining alohida elem entlariga rejalashtirish, tashkillashtirish, hisobga olish va nazorat, bayon etish, tahlii va boshqaruv kabi alohida vazifalami biriktirishga olib keladi. Bu vazifalar turli hajmda va boshqaruvning turli darajasida amalga oshiriladi. Ulaming ayrimlari, hatto, boshqaruvning biror-bir darajasida ham amalga oshmasligi mumkin.
Tashkilotning boshqaruv qismida vazifa elem entlarining mavjudligi axborot tizimlarida tegishli kenja tizim lar paydo bo'lishiga olib keladi. Masalan, boshqaruv vazifasi sifatida rejalashtirish va nazoratning namoyon bo'lishi tashkilotning tashkiliy tarkibiga tegishli tarkibiy elementlarini, uning axborot tizimi doirasida esa rejalashtirish yoki nazorat kenja tizim larini hosil qiladi. Ulam ing birinchisi biznes-reja ishlab chiqish, m arketing tadqiqotlari, rejalar, moliyaviy rejalar va hokazolar shakllanishini, ikkinchisi — nazoratning axborot ko'm agini
ta’minlaydi.
Tashkilot faoliyat yuritayotgan iqtisod tarm og'i va boshqaruv qismi darajasiga ko‘ra, boshqaruv obyektidagi o'zgarishlar to 'g 'risi- dagi axborot ushbu boshqaruv qismiga turli tezlik bilan kelib tushadi. Aytaylik, mashinasozlikda zavod direktori ishlab chiqarish to 'g 'risida har kuni sex boshlig'idan har smena haqida m a’lum ot oladi, m aster esa ushbu ishlab chiqarishni kuzatadi. Qurilishda axborot olish chastotasi pastroq. Neft-kim yo tarm og'idagi texnologik jarayonlarni boshqarish to'g'risida gapiradigan bo'lsak, u yerda axborot doimiy ravishda kelib tushadi.
Shunday qilib, milliy iqtisod tarm og'ining turli boshqaruv dara­ jasida boshqaruv jarayoni to'g'risida axborot olish diskretligi turlicha-


dir. Xuddi shuningdek, tashkilotning boshqaruv organi tom onidan ushbu jarayonni maqsadga muvofiq tuzatish zaruriyati axborot olish chastotasiga ko'ra yuzaga keladi yoki kelmaydi.



Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin