Texnologiyalari



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə18/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

2.3. Axborot izlash va ma’lumot tizimlari, ma’lumotlar bazasi va banki. Sistemaviy tahlii asoslari


So'nggi yillarda axborot oqim i to'xtovsiz kuchayib bom ioqda. Muassasalar, boshqaruv apparati xodimlari- ning ish unumdorligi eng past bo'lgan sharoit yuzaga keldi. Bunday holatni kutish m um kin edi. Chunki ishlab chiqarishga doimiy ravishda anchagina sarmoya qo'yiladi,
vaqti-vaqti bilan texnik qurollar bilan ta’minlanadi. Ishlab chiqarishni boshqarish sohasida axborot oqimi kuchayib bormoqda.
Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, rahbar intellektual ish uchun o ‘z ish vaqtining 29% ni sarflar ekan, qolgan qismidan (71%) esa sam a- rasiz foydalanadi. Boshqaruv qarorini qabul qilish uchun katta hajmdagi


( fak to g rafik , s ta tis tik , iq tiso d iy , ilm iy , siyosiy va h o k azo ) m a’lumotlarni qayta ishlash natijasi bo'lgan axborot zarur. Kuchayib borayotgan axborot oqimi tufayli va murakkab boshqaruv mexaniz- mining elementi sifatida muassasa xodimining strategik qarorlam i tayyorlash va qabul qilishga vaqti qolmaydi.
Inson o ‘z fazilatlarini namoyon qilishga va ijodiy faoliyatga intilishga moyil. Shuning uchun boshqaruv jarayonida uning eski operatsiyalami bajarishi kam samarali bo‘ladi, qaror ko'pincha intuitiv darajada tugal axborotdan foydalanmasdan qabul qilinadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida, m urakkab va tez o ‘zgaruvchan sharoitda boshqaruv xodimlari qulay samarali axborot tizimlari ham da texnologiyalaridan foydalanishga zaruriyat sezadi. Chunki aynan shu narsa ishni osonlashtiradi, vaqtni yaxshiroq rejalashtirishga imkon beradi.
Shuni qayd etish lozimki, boshqaruv maqsadi uchun axborot texnologiyalaridan foydalanish ancha ilgari boshlangan va mustahkam sohaga aylangan. Shaxsiy (personal) kom pyuteming paydo bo'lishi avtomatlashtirilgan boshqaruv jarayoni to ‘g ‘risidagi tasaw um i o'zgar- tirgani yo‘q, aksincha, avtomatlashtiriladigan vazifa va jarayonlar sohasini kengaytirdi.
0 ‘tgan asrning 70-yillari o'rtalarida, avtom atlashtirilgan tizim qiyofasi (korxonalar, tarm oqlar uchun ABT kabi) shakllangan vaqtda tashkiliy boshqaruvga xos bo'lgan axborotni birinchi marta qayta ishlash bilan m a’lumotlarni yig‘ish vazifasini avtomatlashtirish qabul qilingan. Odatda, kichik m a’muriy xodimga yuklatiladigan reglament- lashtirilgan ommaviy eski operatsiyalar avtomatlashtirilgan. Maxsus bilim talab etiladigan o ‘rta va katta boshqaruv xodimining ishi esa avtomatlashtirilmay qoldi.
Bu shu bilan bog‘liq ediki, qaror qabul qilish ishi nisbatan moslashuvchan va kuchli dasturiy ta’m inot ham da qat’iy vaqtinchalik cheklashlarni talab qiladi. Yangi axborot texnologiyalari, jumladan, kuchli hisoblash resurslariga ega personal kompyuterlar m a’lum m a’noda mavjud sharoitni o ‘zgartiradi.
M a’muriy boshqaruv sohasiga qarorlar qabul qilishgina kirib qolmay, balki yangi hujjatlarni rasmiylashtirish, boshqaruv obyektining hozirgi holati bo'yicha hisobotlar, m a’lum otnom alar bilan bog'liq idora faoliyati (idora deganda har qanday tashkilot, uning bo'lim lari, muassasa, institut, vazirlik va hokazo nazarda tutilm oqda) ham muhim o 'rin egallaydi. M azkur faoliyatni avtomatlashtirish yangi axborot


texnologiyalari asosida m a’lumotlami qayta ishlash, saqlash va qidiruvni amalga oshiradigan «elektron ofis» konsepsiyasining paydo bo‘lishiga olib keldi.
Elektron ofis. Idoraning (ofisning) asosiy faoliyati qaror qabul qilish maqsadida axborotni qayta ishlashdir. Turli darajadagi idoralarda tashkilot siyosati shakllanadi va shu yerdan rahbariyat kundalik operatsiyalami amalga oshiradi. Idorada bo‘linmalardan, tashqi olamdan axborot yig'iladi, yig‘ilishlar, uchrashuvlar o'tkaziladi, qarorlar qabul qilinadi. Chunki idora boshqaruv ishini tashkil etish shakli b o ‘lib, uning ishini takom illashtirish boshqaruv apparati ishining sam a- radorligini oshirish shartlaridan biridir.
«Elektron ofis» konsepsiyasi haddan tashqari samarali ekanligi m a’lum bo ‘ldi. Chunki u boshqaruv shtatini qisqartirish, muassasa bo'linm alari orasidagi kommunikatsiyani yaxshilash, boshqaruv tez- ligini oshirish imkonini beradi.
«Elektron ofis» idora faoliyatida axborot texnologiyasining turli vositalarini q o ‘llash joyi sanaladi. Zamonaviy axborot texnologiyalari idoralarga axborotni saqlash, uzatish va qayta ishlashning yangi tamoyillariga asoslangan quyidagi vositalarni taklif etadi: zarur dasturiy ta ’m inotli shaxsiy kompyuter; yuqori sifatli chop etadigan printer; nusxa ko‘paytiruvchi texnika; xotirali telefon; telekonferensiya o ‘tkazish uchun apparatura, m a’lumotlarning tashqi bazasi.
Elektron ofis boshqaruv m ehnatini avtomatlashtirish va boshqa- ruvchilam i axborot bilan yaxshiroq ta ’minlash imkonini beradi.
Elektron (avtomatlashtirilgan) ofis xodimlar o ‘rtasida ichki aloqaga ko'm aklashgani uchungina emas, tashqi m uhit bilan kommunikatsiya vositalarini taqdim etgani uchun ham e’tiborga loyiq.
Avtomatlashtirilgan ofisning axborot texnologiyasi — kom pyuter tarm oqlari bazasida tashqi m uhit va tashkilot ichida kommunikatsiya jarayonlarini tashkil etish ham da qo'llab-quvvatlashdir.
Avtomatlashtirilgan ofis texnologiyalaridan boshqaruvchilar, m u­ taxassislar, texnik xodim lar foydalanadi, u, ayniqsa, m uam m olam i guruh bo'lib hal etish uchun qulay.
Elektron ofisning asosiy tarkibiy qismlari 5-rasmda keltirilgan.

Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin