Texnologiyalari



Yüklə 29,35 Mb.
səhifə15/137
tarix26.07.2023
ölçüsü29,35 Mb.
#137602
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   137
3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.) (1)

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • 2-rasm.
Axborot konturi. Boshqaruvchi qism boshqariluvchi jarayonga m u ­ ayyan ta’sir ko'rsatadi. Boshqaruvchi qism boshqaruvni amalga oshi- rishi uchun undan boshqariladigan jarayonni boshqarish maqsadida aniq holatini qiyoslash talab etiladi, chunki shu bois boshqariladigan jarayon boshqaruvchi qismga ta ’sir ko'rsatadi. Ikkala qismning bir- biriga o'zaro ta ’siri axborotni uzatish shaklida amalga oshiriladi. Shu tariqa boshqaruv tizimida doimo yopiq axborot konturi mavjud bo'la- di(2-rasm).


2-rasm. Boshqarish jarayoni


Boshqarish tizimining ishlashi. Boshqarish tizimining ishlashi (3- rasm) axborot bazasida, oldiga qo'yilgan maqsadga muvofiq holda boshqariladigan obyekt, uning kirish va chiqishlari (1,2,4-aloqalari) holati bo'yicha amalga oshiriladi (6). Obyektni boshqarish boshqaruv­ chi ta ’simi uzatish yo'li bilan amalga oshiriladi (3). Tashqi m uhit bilan aloqa tizimi strelka bilan ko'rsatilgan (5). Boshqarishning asosiy tamoyili — teskari aloqa tamoyilidir (yopiq sikl bo'yicha boshqarish). Boshqarish jarayoni muayyan maqsadga erishishga yo'naltirilgan.
Shundan kelib chiqib, boshqarish jarayonini boshqariladigan obyekt- dagi jarayonga muvofiq keluvchi maqsad va hajm o'rtasidagi farqni kamaytirishga intilish sifatida ко'rib chiqish mumkin.


3-rasm. Boshqarish tizimi


Boshqarish tizim ining ishlashi tasodifiy yoki m uttasil ta ’sirlar manbayi bo'lgan tashqi m uhit bilan o'zaro ta ’sir sharoitlarida ro'y beradi, ular boshqarish obyekti chiqishida ham , boshqaruv jarayoni kechishida ham kamchilik paydo bo'lishi mumkin. Boshqarish jarayo­ nida to 'g 'ri va teskari aloqa kanallari bo'yicha tizim ning boshqaruvchi va boshqariluvchi qismlari o'rtasida axborot almashinuvi kechadi. Ol­ diga qo'yilgan maqsadlarni bajarish uchun tizim ning boshqaruvchi qismi boshqariluvchi obyektga axborot uzatishning to 'g 'r i kanali bo'yicha boshqaruvchi ta ’sirlar jo 'natadi. Teskari aloqa kanali bo'yicha boshqariluvchi obyektdan boshqarish jarayoni holati va boshqaruvchi ta ’sir bajarilishi natijalari haqida axborot kelib tushadi.
Tizimning boshqaruvchi qismi kirishida keladigan axborot ta ’sir ko'rsatadi. U boshqarish obyektidan (masalan, xomashyo, m aterial­ lar keltirilganligi haqidagi m a ’lum otlar) tashqaridan (7) ham da ichkaridan (1,2,4) olingan m a’lum otlarni o 'z ichiga oladi.
Ko'rilganlardan kelib chiqilsa, boshqarish m ohiyatini boshqari­ luvchi obyektga boshqaruvchi ta ’sir ko'rinishida yetkaziluvchi qaror- lar qabul qilish uchun barcha kelib tushuvchi axborotni tizim ning boshqariluvchi qismida qayta ishlash, deb izohlash m um kin.

Yüklə 29,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin