Texnologiyalaridan foydalanishning asosiy vazifalari



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix26.09.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#148699
1   2   3   4   5   6
ta-lim-tizimida-axborot-kommunikatsiya-texnologiyalaridan-foydalanishning-asosiy-vazifalari

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 213
texnologik ko‘nikmalar alohida emas, balki idrok etish va kommunikativ masalalarni 
hal etish uchun ularni qo‘llash bilan birgalikda shakllantirilishiga e’tibor qaratish zarur. 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
AKT vositalaridan foydalanish universal o‘quv faoliyatlarini tartibsiz 
shakllantirishdan maqsadga yo‘nalgan va reja asosida shakllantirishga o‘tishga yordam 
beradi. Albatta, universal o‘quv faoliyatlarining shakllanganligini baholashda AKT 
keng qo‘llanilishi mumkin (va kerak). O‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘z faoliyatlarini 
hamda natijalarini rejalashtiradigan, shuningdek, qayd etadigan axborot-ta’lim muhiti 
ularni shakllantirish uchun juda muhim ahamiyatga ega. 
AKT bilimdonligiga boshlang‘ich sinflarda yosh bo‘yicha ehtiyojlari va 
imkoniyatlari doirasida AKT vositalaridan va axborot manbalaridan foydalanib, o‘quv 
masalalarini hal qilish qobiliyati sifatida o‘quv AKT bilimdonligini ajratib ko‘rsatish 
kerak. Kichik yoshdagi o‘quvchining umumiy AKT bilimdonligi uning bir qismi 
hisoblanadi. Ko‘pchilik hollarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari umumiy AKT 
bilimdonligi elementlarini ulardan kattalar kundalik hayotlarida va kasbiy faoliyatlarida 
foydalanishlari darajasida o‘zlashtiradilar. 
AKT savodxonligini shakllantirish masalasining hal etilishi faqat alohida o‘quv 
fanlari dasturlarida emas, balki, o‘quv faoliyatida mohiyati jihatidan bog‘liq bo‘lgan 
universal bilimdonlikni shakllantirish bo‘yicha dasturlar doirasida qayd etilishi kerak. 
Shaxsiy bilim faoliyatlarida fanlarni o‘zlashtirishda quyidagi: 
• axborotga tanqidiy munosabatda bo‘lish va uni tanlab qabul qilish
• boshqalar shaxsiy hayotlari haqidagi axborotni va axborot natijalarini hurmat 
qilish kabi xislatlarni shakllantirishga e’tibor qaratiladi [2]. 
O‘quv faoliyatlarini o‘zlashtirishda quyidagilar ta’minlanadi: 
• axborot muhitida amalga oshiriladigan faoliyatlar sharoitlari, borishi va 
natijalarini baholash; 
• amalga oshirilgan faoliyatlarni o‘quvchilarning o‘zlari, uning o‘rtog‘i va 
o‘qituvchi tomonidan baholash hamda ularni tuzatish uchun raqamli axborot muhitida 
joylashtirilgan faoliyatlar natijalaridan foydalanish; 
• o‘quvchining o‘qishdagi yutuqlari raqamli portfoliosini yaratish. 
Idrok etish universal o‘quv fanlarini o‘zlashtirishda AKT umumta’lim universal 
faoliyatlarida muhim rol o‘ynaydi va pedagog-mutaxassislarning asosiy vazifalari 
quyidagilar: o‘quvchining individual axborot arxivlarida, ta’lim muassasasi axborot 
muhitida, axborot ta’lim resurslari mintaqaviy zahiralarida axborot izlashni o‘rgatish; 
atrof-olam va ta’lim jarayoni haqida axborotlarni qayd etish (yozib olish), jumladan
audio va video yordamida (o‘quvchilarning ishlarini va boshqalar)ni yozib olish, 
raqamlashtirishni o‘rgatish; bilimlarni tizimlashtirish, ularni tashkil etish va konseptual 
diagrammalar, xaritalar, davr yo‘nalishlari va genealogik daraxtlar ko‘rinishida taqdim 



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin