Texnologiyasi asoslari t. U. Holiqberdiyev



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix27.05.2022
ölçüsü0,97 Mb.
#59740
1   2   3   4   5   6
xrpt iat6fp7kcgmvp72fy06sye71bgs3vhm6h71nlx1o5cbj03px2kfoocfrjzj68x1espt6dik8llg

Islom ÊARIMOV


4
Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti darajasi yangi takomillash-
tirilgan yuqori unumdorli avtomatlashtirilgan va yuqori aniqlikka
ega bo‘lgan mashinalarni uzluksiz yaratishda fanning eng yangi
yutuqlaridan foydalanishga asoslanadi. Nazariy bilimlarni hamda
yangi texnika va ishlab chiqarish texnologiyasini chuqur egallagan
mutaxassislarni tayyorlashni talab etadi.
Chuqur bilimga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan sharoitning
boshlang‘ich bosqichda o‘zgacha tus olishi kerak. Haqiqiy
mutaxassis bo‘lishni orzu qilgan talabalar yangi sharoitda o‘z
orzusiga erishish uchun texnikaviy fanlarni amaliy va nazariy
jihatdan chuqur egallagan bo‘lishlari kerak. Yetukli, mustaqil
o‘z fikriga, bilimiga, taklif va mulohazalariga ega bo‘lishlari lozim.
Êeng profilli mutaxassislarni nazariy va professional
tayyorlashdagi fundamental fanlar ahamiyatini oshirishga
asoslanib, fanning eng yangi yutuq hamda ilg‘or tajribalarini yana
ham to‘laroq aks ettiruvchi o‘quv reja va dasturlarni doimo
takomillashtirib borish kerak.
Bakalavr — mexanikni texnologik jihatdan tayyorlashda
fundamental fanlarning ahamiyatini oshirish uchun texno-
logiyaning asosiy nazariy savollari umumfanning tegishli
bo‘limlariga bog‘lab bayon etiladi.
Umumiy va umum mutaxassislik fanlarining asosiy qismi
birinchi va ikkinchi kurslarda o‘rganilib, ixtisoslashtirilgan fanlar
uchinchi va to‘rtinchi kurslarda o‘rganiladi.
Ushbu darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligining «Zamonaviy o‘quv, uslubiy kompleks» yaratish
talablariga mos ravishda barcha boblari va mavzularning maqsadi, vazi-
falari, ilmiy muammolari, xulosalari, kichik va katta guruhlar uchun
ish topshiriqlari, test va bilimlarni mustahkamlash savollari, mustaqil
ish topshiriqlari va tayanch iboralar hisobga olingan holda yaratildi.
Fanning maqsadi
Talabalarda mashinasozlik buyumlari (mahsulotlar)ni ishlab
chiqarishda ishlab chiqarish va texnologik jaryonlarning vazifalari,


5
turlari, ishlov berish va yig‘ish aniqligiga erishish, bazalash,
qo‘shimlarni aniqlash haqida nazariy bilimlarni, texnologik
jarayonlarni tuzish, amallarni loyihalashda jihoz, asbob-usku-
nalardan foydalanish va sozlash, texnologik parametrlarini aniq-
lash, buyum birikmalarini yig‘ish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va
malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin