texnologik, predmetli va aralash.
Texnologik tuzilmali korxonalarda tsexlar va ishlab chiqarish uchastkalari texnologik jihatdan bir xillik tamoyili asosida tashkil qilinadi (masalan, to’qimachilik kombinatlarida yigiruv va to’quv tsexlari).
Predmetli tuzilmaga asoslangan korxonalarda har bir tsex ma’lum bir mahsulot yoki uning bir qismini ishlab chiqaradi (masalan, avtomobil zavodida motor tsexi, shassi tsexi va hokazo).
Aralash (predmetli-texnologik) tuzilma tayyorlov tsexlarini texnologik tamoyilda (temirchilik, cho’yan quyish, po’lat quyish va hokazo), ishlov berish va mahsulot chiqarish tsexlarini esa predmetli tamoyil asosida tashkil etishni ko’zda tutadi.
Sanoat korxonasining tuzilmasi quyidagi omillar ta’siri ostida shakllanadi:
texnika va texnologiyaning xususiyatlari;
ishlab chiqarish hajmi;
ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari (ixtisoslashtirish, kooperatsiya, kombinatsiya, koordinatsiya);
ishlab chiqarilayotgan mahsulot va ko’rsatilayotgan xizmatlarning murakkabligi va nomenklaturasi;
ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, mexanizatsiyalashtirish va robotlashtirish darajasi;
mulk shakli;
raqobat olib borish usullari hamda shakllari va hokazo.
Amaliyotda ishlab chiqarish tuzilmasini mukammallashtirishning asosiy yo’nalishlari ishlab chiqilgan. Ular qatoriga korxona va tsexlarni yiriklashtirish; alohida korxonalar integratsiyasi; korxona ichidagi barcha bo’linmalar orasida mutanosiblikni ta’minlash; tsexsiz struktura kabilarni kiritish mumkin.
Korxonaning raqobatbardoshligini oshirish, ya’ni boshqaruv sifatini ko’tarish va ishlab chiqarish faoliyatidagi yakuniy natijalarning yuqoriligiga erishish korxona tuzilmasini mukammallashtirish samaradorligini baholovchi mezon bo’lib xizmat qiladi.
Qisqacha xulosalar
O’zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotining muhim sub’ekti korxona - iqtisodiyotning birlamchi bo’g’ini bo’lib, inson hayot faoliyati uchun zarur bo’lgan moddiy boyliklarni ishlab chiqarishda bevosita qatnashadi.
Har bir korxona ishlab chiqarish omillaridan foydalanish, ularni iste’mol uchun tayyor mahsulot (ish, xizmat) holiga keltirish yo’li bilan mamlakat iqtisodiyotiga o’z hissasini qo’shadi.
Korxonalarning har biri boshqasidan o’ziga xos xususiyatlariga ko’ra farqlanadi. Shu sababli ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish, rejalashtirish, boshqarish hamda ishlab chiqarish tuzilmasini yaratish uchun korxonalar tasnifini bilish zarur.
Dostları ilə paylaş: |