The economy of enterprise


Korxonalarda asosiy fondlarni eskirishi, ularni baholash va ta’mirlash



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə61/130
tarix06.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#108461
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   130
The economy of enterprise

Korxonalarda asosiy fondlarni eskirishi, ularni baholash va ta’mirlash

Xo’jalik amaliyotida asosiy fondlar natural va qiymat ko’rinishida hisobga olinadi. Agar asosiy fondlarni natural baholash-ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish va zamonaviylashtirish masalalarini hal qilish, asbob-uskunalarni ta’mirlash uchun ularning guruh va turlari bo’yicha grafiklar tuzish, shuningdek, ta’mirlash vositalariga bo’lgan ehtiyojni aniqlash imkonini bersa, qiymat bo’yicha baholash esa, asosiy fondlarni qayta ishlab chiqarishni rejalashtirish, ularning mavjud hajmini aniqlash, amortizatsiya hajmini belgilash, asosiy fondlar va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini tahlil qilish va hokazolarda muhim ahamiyat kasb etadi.


Asosiy fondlarni baholashning quyidagi usullari mavjud: boshlang’ich qiymat bo’yicha - asosiy vositalarni yaratish yoki sotib olish uchun sarflangan xarajatlar majmuidan iborat bo’lib, asosiy fondlar yoki ularning alohida qismlarini foydalanishga topshirish uchun yaroqli holga keltirish bilan bog’liq bo’lgan-ularni keltirish, o’rnatish kabi xarajatlarni hisobga olgan holda yuzaga keluvchi qiymat.
Masalan, bitta mashina yoki uskunaning boshlang’ich qiymati – bu, korxonaning mazkur mashina yoki uskunani ma’lum bir sanada sotib olgan va bu haqda buxgalteriya hujjatlarida qayd qilingan sotib olish narxidir.
Tiklanish qiymati bo’yicha - asosiy fondlar yoki ularning biron-bir qismini (binolar, qurilmalar, mashinalar, ishlab chiqarish uskunalari va hokazo) hozirgi paytdagi inflyatsiya va boshqa omillarni hisobga olgan holda baholash. Baholashning bu usuli ob’ektning hozirgi paytdagi qayta ishlab chiqarish davrida qancha turishini ko’rsatadi. Korxona asosiy fondlarining tiklanish qiymati, taftish va inventarizatsiya paytida, mamlakat miqyosida va davlat chora-tadbiri sifatida esa, asosiy fondlarni qayta baholash paytida amalga oshiriladi.
Qoldiq qiymati bo’yicha - asosiy fondlarning eskirishini inobatga olgan holda, birlamchi va qayta tiklash qiymatlari o’rtasidagi farq ko’rinishidagi baholashdir. Boshqacha qilib aytganda, bu asosiy fondlarning ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga hali o’tkazilmagan qismidir. Korxonalar tomonidan foydalanilmaydigan hamda hisobdan chiqarish yoki sotib yuborish mo’ljallangan asosiy fondlar ham, ko’pincha qoldiq qiymati bo’yicha, mazkur xo’jalik yilidagi narxlarda baholanadi.
Korxona asosiy fondlarini baholashning turlarini chizma ko’rinishda aks ettirish mumkin: (7.2.-chizma)
Iqtisodiyotning globallashuvi hamda hisob va hisobotlarning mukammallashuvi, jumladan, milliy hisob standartlarining jahon standartlari talablari darajasiga keltirilishi tufayli, garchi asosiy vositalar, asosiy fondlarning pul ko’rinishidagi ifodasi sifatida avvaldan qo’llanib kelgan bo’lsada, hayotimizga “asosiy kapital”, “asosiy vositalar” kabi atamalar endilikda keng ravishda kirib kelmoqda.
Hozirigi kunda amaliyotda asosiy vositalarning korxona balansi va hisobotlarida aks ettiriluvchi (ya’ni, boshlang’ich, belgilangan tartibda o’tkaziluvchi qayta baholashdan keyin esa tiklanish), hisobga olish qiymati balans qiymati deb ataladi. Bundan asosiy vositalarning qoldiq qiymatini asosiy vositalarning balans qiymatidan eskirish summasini ayirib tashlash yordamida topish mumkinligi anglashaladi.
Qabul qilingan baholash usuli va korxona balansida aks ettiriluvchi buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari asosida, korxona asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha yillik qiymati (Fsr) belgilanib, u quyidagi formula asosida aniqlanadi:



Bu erda:
Фыр


Фн

  • ФпТ1 ФвТ2

12 ;

Fn – asosiy ishlab chiqarish fondlarining yil boshidagi qiymati;
Fp – yil davomida kelib tushgan (foydalanishga topshirilgan) asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymati;
Fv – yil davomida ishlab chiqarishdan chiqarilgan (yo’q qilingan) asosiy fondlar qiymati;
T1- foydalanishga topshiriluvchi asosiy ishlab chiqarish fondlari amalda bo’luvchi o’rtacha muddati (oylarda), qabul qilingandan keyingi oydan boshlab;
T2 – ishlab chiqarishdan chiqarilgan (yo’q qilingan) asosiy ishlab chiqarish fondlari foydalanilmaydigan o’rtacha muddat (oylar) chiqarilgan oydan to yil oxirigacha).
Asosiy fondlarni boshlang’ich yoki tiklanish qiymati bo’yicha baholashdan tashqari eskirish summasi ham hisobga olinadi. Asosiy fondlar jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirishi mumkin.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin