Korxonada asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni to’liq baholash uchun ekstensiv ko’rsatkichlardan tashqari, ularning quvvat bo’yicha yuklanish tabiatini o’rganish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu erda yuqorida aytib o’tilganidek, texnologik uskunalar
amaldagi unumdorligining, ya’ni texnik asoslangan progressiv unumdorlikning normativ unumdorlikka nisbati asosida, ya’ni
uskunalardan intensiv foydalanish koeffitsientidan foydalanish, uni quyidagi formula bo’yicha hisoblash mumkin:
ф ;
инт
п
Bu erda: V
F vaqt birligida uskunada ishlab chiqarilgan
haqaqiy mahsulot miqdori;
V
P vaqt birligida uskunada texnik jihatdan asoslangan mahsulot ishlab chiqarish normasi.
Misol. Pasport ma’lumotlari bo’yicha dastgohda bir soatda 100 ta detal yasash mumkin, amalda esa shu vaqt ichida faqat 80 ta detal tayyorlandi. U holda K
intq0,8 (80:100), ya’ni dastgohdan quvvat bo’yicha foydalanish 80 foizni tashkil qildi.
Uskunadan integral foydalanish koeffitsienti uskunadan ekstensiv va intensiv foydalanish koeffitsientlarining ko’paytmasi orqali aniqlanib, uning vaqt va quvvat bo’yicha band bo’lishini (foydalanilishini) kompleks xarakterlaydi.
Bizning misolimizda K
eks q 0,71 va K
int q 0,8 bo’lganligi tufayli, uskunadan integral foydalanish koeffitsienti quyidagiga teng bo’ladi:
Кинтегр.
Кэкс *
Кинт 0,71* 0,8 0,57
Korxonaning asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning umumiy va qiymat ko’rsatkichlari nuqtai
nazaridan kelib chiqqan holda, avvalo
fond qaytimi
E
k – kapital qo’yilmalarni tejash, so’m;
F
e – hisobot yilida mahsulot fond sig’imining o’tgan yildagiga nisbatan o’zgarishi, so’m.
Har bir korxona o’z tasarrufidagi asosiy ishlab chiqarish fondlaridan iloji boricha unumli foydalanishga intilishi lozim. Bunga fondlarni ish bilan ta’minlashni yaxshilash tufayli ishlab chiqarish va mahsulotlarni sotish hajmini oshirish, nisbiy
xarajatlarni kamaytirish, foydani oshirishdan tashqari asosiy fondlarda jamiyatning o’tmishda narsa holiga aylangan mehnati mujassamlanganligi ham zaruriyat tug’diradi.
Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilashning asosiy yo’nalishlari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
smena davomida uskunalar bekor turib qolishini qisqartirish va uning oldini olish;
uskunalarning smenalik koeffitsientini oshirish;
bekor turuvchi uskunalarni qisqartirish va tugatish;
ta’mirlash va profilaktika tadbirlarini o’z vaqtida va sifatli ravishda amalga oshirish;
uskunalarni ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarning malakasini oshirish;
ishlab chiqarishni tashkil etishni va resurslar bilan ta’minlashni yaxshilash.
Dostları ilə paylaş: