The economy of enterprise



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə81/130
tarix06.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#108461
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   130
The economy of enterprise

Mutaxassislik insonda ma’lum bir turdagi ishlarni bajarish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalar majmuasining mavjudligi bilan tavsiflanadi. Masalan, iqtisodchi, buxgalter, moliyachi yoki texnik tilda - mexanik, quruvchi, energetik, geolog va boshqalar. Ishchilarning bilim va qobiliyatlariga bo’lgan talab yagona tarif- malakaviy ma’lumotnomasida (YaTMM), (MTP) va xizmatchilarga esa lavozimlar malakasi ma’lumotnomada aks ettirilgan. Bu hujjatlar asosida korxonalar ishchi va xizmatchilar tariflariga o’zgartirishlar kiritadilar.
Kasbfaoliyatning maxsus va tor ko’rinishdagi turi bo’lib, mutaxassislik kabi nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni talab qilsada, mutaxssislikdan farqli ravishda ishlab chiqarishning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib qo’shimcha ko’nikmalarni ham talab qiladi.
Malaka deganda biron-bir kasb yoki mutaxassilik bo’yicha murakkab ishlarni bajarish uchun zarur bo’lgan mehnat ko’nikmalari va bilimlar darajasi tushuniladi. Ishchilar malakasi darajasini baholashda o’rtacha tarif koeffitsienti va o’rtacha tarif razryadi hisoblanadi. Tarif razryadlari va koeffitsientlari bir vaqtning o’zida bajarilayotgan ishlar murakkabligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar hisoblanadi.
Kadrlar salohiyatining yuqorida sanab o’tilgan va boshqa tushuncha va ko’rsatkichlari korxona personalining miqdoriy, sifat va tuzilmaviy holatlari haqida va ularni personalni va umuman ishlab chiqarishni boshqarish, jumladan, korxona mehnat resurslari samaradorligini oshirish bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish, tahlil qilish va rejalashtirish maqsadlari uchun o’zgartirishlar kiritish yo’nalishlari haqida ma’lumot beradi.



    1. Bozor munosabatlari sharoitlarida korxonaning kadrlar siyosati

Yuqorida aytib o’tilganidek, ishchi kuchi va umuman, kadrlar, ishlab chiqarishning muhim elementi hisoblanadi. Shu sababli korxona ishlab chiqarish faoliyatining joriy va istiqboldagi strategiyasi kadrlar siyosati bilan chambarchas bog’liq bo’lib, u quyidagilarni o’z ichiga oladi:



  • ishchi kuchini yollash, joylashtirish va rejalashtirish;

  • xodimlarni o’qitish, tayyorlash va malakasini oshirish;

  • kadrlarni xizmat lavozimlari bo’yicha yuqori pog’onaga ko’tarish;

  • yollash shartlari, mehnat va unga haq to’lash sharoitlari;

  • mehnat jamoasida qulay ruhiy (psixologik) muhitni yaratish.

Korxonalarning kadrlar siyosatini, garchi yagona javobgar shaxs sifatida ishlab chiqarish va xo’jalik faoliyatining barcha jabhalari, jumladan, kadrlarni tanlash va joylashtirishda asosiy javobgarlikni korxona derektori o’z bo’yniga olsada, faqatgina uning o’zi amalga oshirmaydi. Bunda direktordan tashqari bo’lim va xizmat boshliqlari, kadrlar bo’limi, iqtisodiy va ishlab chiqarish bo’limi, mehnat va haq to’lash bo’limi, texnik bo’lim va boshqalar ham ishtirok etadi.
Korxonada kadrlar siyosati sog’lom va mehnat qobiliyatiga ega bo’lgan jamoani shakllantirish, kadrlarning jinsi va yoshiga ko’ra tarkibi va malakasi hamda ularning ishlab chiqarishda to’g’ri joylashtirilishini hisobga olishdan tashqari, ishlab chiqarish va mehnat sharoitlarining o’zgarib borishiga o’z vaqtida e’tibor qaratishi, fan va texnikaning yangi, ilg’or yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilish,

xodimlarning mehnat unumdorligini oshirishni rag’batlantirishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, kadrlar siyosati birinchi o’rinda, insonning ishlab chiqarish va turmushdagi yangi axloqini shakllantirish, ikkinchidan, novatorlik va yuqori mehnat unumdorligiga mafaatdorligini rivojlantirishi lozim.


Korxonaning kadrlar siyosati amaliyotda faqat ichki vazifa va muammolarni hal qilishdan tashqari, bandlik sohasida davlat siyosatiga tayanadi va quyidagilarni ko’zda tutadi:

  • fuqarolarning mehnat huquqi va kasb tanlash erkinliklarini amalga oshirishda bir xil imkoniyatlarga ega bo’lishini ta’minlash;

  • fuqarolarning mehnat va tadbirkorlik tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash, ularning ishlab chiqarish qobiliyatlarini rivojlantirishga bandlik sohasidagi faoliyatni iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatning boshqa yo’nalishlari bilan uyg’unlashtirish orqali ko’maklashish ;



  • Yüklə 0,55 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin