The economy of enterprise



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə8/130
tarix06.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#108461
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   130
The economy of enterprise

«Iqtisodiyot» fan sifatida tabiatda hamda inson, jamoa va jamiyat hayotida vujudga keluvchi turli xil iqtisodiy jarayon va hodisalarni prognozlashtirish, tahlil qilish va baholash bo’yicha bilimlar majmuasini ifoda etadi. U bir inson uchun ham, butun jamiyat uchun ham zarur bo’lgan moddiy va nomoddiy ob’ektlarning katta qismini hamda moddiy va ma’naviy ne’matlarni tayyorlash va taqsimlash usullari va jarayonlarini o’z ichiga oladi. Agar «Iqtisodiyot» fanining normativ jihatlari korxona, firma va davlatning iqtisodiy siyosatini ta’minlasa, pozitiv jihatlari esa real voqelikni baholaydi va tahlil qiladi hamda uning rivojlanishidagi qonuniyatlarni aniqlaydi.

Shu tariqa «Iqtisodiyot» fani izlanish va uslubiy vazifalarni bajaradi hamda jamiyat hayotining barcha soha va tarmoqlarida qabul qilinuvchi amaliy qarorlar uchun nazariy asos bo’lib xizmat qiladi. Fan-texnika taraqqiyoti sharoitlarida iqtisodiyot fani jamiyatda bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanib bormoqda. Iqtisodiy asoslab berilgan hisob-kitob va prognozlar «Iqtisodiyot» fanining muhim tarkibiy qismi sifatida xo’jalik tavakkalchiligining riskini kamaytirishga, ishlab chiqarish va resurslardan foydalanishni optimallashtirishga, shuningdek, yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishda eng to’g’ri tanlov olib borishga imkon yaratadi.


«Iqtisodiyot» fani tarkibiga tarmoqlar (sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport va hokazo), funktsional («Mehnat sotsiologiyasi va iqtisodiyoti», «Iqtisodiy statistika», «Moliya va kredit», «Bahoni shakllantirish» va hokazo) kabi turli fan («Iqtisodiy geografiya», «Demografiya», «Iqtisodiyot tarixi» va boshqalar) tarmoqlari tizimi kiradi. «Iqtisodiyot» fanining bu va boshqa yo’nalishlarida chuqur bilimga ega bo’lish insonlarning ijtimoiy faolligini oshirish, oqilona xo’jalik yuritish, kadrlarni yangi iqtisodiy fikrlash ruhida tarbiyalashga katta turtki bo’ladi.
«Iqtisodiyot» fanining, jumladan, yuqorida sanab o’tilgan yo’nalishlarning metodologik asosi, ularning poydevori bo’lib iqtisodiy nazariya xizmat qiladi. U real voqelik bilan bog’liq bo’lish baroabrida davlatning iqtisodiy siyosatini, uning kuchli va kuchsiz tomonlarini, shuningdek, iqtisodiy taraqqiyotga erishish mumkin bo’lgan yo’llarni mos keluvchi bosqichlarida aks ettiradi. Bu maqsadda «Iqtisodiyot» fani statistik kuzatuv, gipotezalarni ilgari surish va tekshirish, tahlil va sintez, induktsiya va deduktsiya, iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish, tajriba (eksperiment)lar o’tkazish kabi bir qator voqelikni anglash usul va uslublarini ishlab chiqqan va ulardan muvaffaqiyatli ravishda foydalanadi. Aytish joizki, bu usullar nafaqat iqtisodiy, balki predmeti va tavsifiga ko’ra, tabiiy va boshqa turdagi fanlarda ham qo’llanishi mumkin.
Iqtisodiyot bozor munosabatlari yo’lida rivojlanayotgan hozirgi kunda e’tiborga molik va echimini topmagan muammolar talaygina bo’lib, «Iqtisodiyot» faniga qiziqish ortib bormoqda. Inson hayoti va faoliyatiga munosib, siyosat va davlat aralashuvidan xoli bo’lgan, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga yo’naltirilgan iqtisodiyotni barpo etish vazifasi qo’yilmoqda. P.Samuelsonning iqtisodiyot bo’yicha darsligida ko’rsatib o’tilishicha, “iqtisodiyot fanini muntazam ravishda o’rganib bormaydigan odam musiqiy asarga o’zining bahosini bermoqchi bo’layotgan garang kishiga o’xshaydi”1.
Shu bilan birga «Iqtisodiyot» fani barcha hayotiy muhim savollarga tayyor javob bermaydi, chunki iqtisodiyot ishlab chiqarish, boshqaruv, tartibga solish, bashorat qilish sohasi sifatida oddiy fan tushunchasidan ko’ra, murakkabroq kategoriyani anglatadi. U faqatgina ilmiy vosita bo’lib, iqtisodiy voqelikni anglash usuli xizmatini o’taydi. Iqtisodiyot iqtisodiy fanning o’ziga xos sinov maydoni, asossidir. Iqtisodiyotning rivojlanish tendentsiyalari va qonunlarini ilmiy jihatdan o’rganish, «Iqtisodiyot» fani va uning alohida tarmoqlarining muhim vazifasi hisoblanadi.


1 П. Самуэлсон. Экономикс. I том. – М: МГП «АЛГОН ВНИИСИ», 1992, 6 bet.

Moddiy ishlab chiqarishdan ajralgan holdagi real iqtisodiyot mavjud emas. Moddiy ishlab chiqarish iqtisodiyot rivojlanishining asosi, xo’jalik faoliyatining boshlang’ich nuqtasi bo’lib kelgan va shundayligicha qoladi. Shu sababli iqtisodiyotning turli darajadagi - korxona, tarmoq va butun davlat miqyosidagi holati moddiy ishlab chiqarishning yutuqlari, jumladan, moddiy ishlab chiqarishning keng ma’noda iste’molga, yoki bugungi til bilan aytganda bozor talabiga mos kelishi bilan tavsiflanadi va oldindan belgilab beriladi.


“Iqtisodiyot doimo moddiydir” iborasi insonning hayotiy ehtiyojlari, ya’ni uy- joy, oziq-ovqat, kiyim-kechak, avtomobil va hokazolarga bo’lgan ehtiyojlaridan tashqari, iqtisodiyotning aholi va xalq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan mahsulot(tovar) tayyorlanuvchi moddiy ishlab chiqarish sohasi bilan aloqasini ham aks ettiradi. Aynan moddiy ishlab chiqarish sohasi (sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport va hokazo) aholining asosiy qismini ish bilan ta’minlaydi. Mehnat bilan bandlik ko’rsatkichi iqtisodiyot holatining o’ziga xos “barometri” vazifasini bajaradi: aholining mehnat bilan bandligi qanchalik yuqori bo’lsa, ishsizlik sur’ati shunchalik past bo’ladi va aksincha.
Zamonaviy fan-texnika taraqqiyoti ishlab chiqarish va iqtisodiyotning uzluksiz rivojlanishida kompyuterlashtirish va informatizatsiya, internet tarmog’iga kirishni ilgari surmoqda. Bu esa boshqaruv tizimining eng muhim bo’g’inlaridan tashqari, ishchi kuchining sifatini oshirish vositasi hamda ishlab chiqarish jarayonini muvaffaqiyatli tashkillashtirish uchun turtki bo’lib xizmat qiladi.
Biroq moddiy ishlab chiqarishning etakchilik rolini inkor qilmagan holda, iqtisodiyotning rivojlanishiga ishlab chiqarish infratuzilma (transport, aloqa, energetika va axborot xizmati) va ijtimoiy infratuzilma (maorif, sog’liqni saqlash, umumiy ovqatlanish, uy-joy-kommunal xizmati va boshqalar)ning rolini ham ko’rsatib o’tishimiz darkor. Bu sohalarda ham aholining katta qismi mehnat bilan band bo’lib, ularning mehnati moddiy ishlab chiqarish xodimlari mehnatidan kam foyda keltirmaydi. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, iqtisodiyot - ilmiy kategoriyaga qaraganda ishlab chiqarish kategoriyasiga yaqinroq bo’lib, fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarining o’zaro samarali aloqalari, reurslardan oqilona foydalanish va ratsional boshqaruv tufayli faoliyat ko’rsatmoqda va rivojlanib bormoqda.
Iqtisodiyot doimo dinamik bo’lib, sifat va miqdor o’zgarishlariga duchor bo’ladi. Ba’zi hollarda salbiy holatlar (masalan, qishloq xo’jaligida qurg’oqchilik, qoramollar o’limi; urush, terrorizm va hokazo) yuzaga kelsa ham, iqtisodiyotda ijobiy siljishlarga erishish mumkin. Fan-texnika taraqqiyoti, malakali kadrlar, xo’jalik mexanizmi va undan oqilona foydalanish, izlanish, tadbirkorlik, tashabbuskorlik, rag’batlantirish - bularning barchasi iqtisodiyotda ijobiy siljishlarga erishish uchun xizmat qiladi.
Bozor munosabatlariga asoslanilgan hozirgi davrda iqtisodiyotni ko’tarish uchun bu va boshqa imkoniyatlar avvallardagiidek faqatgina davlatning qo’lida mujassamlangan emas, balki iqtisodiyotning asosiy ishlab chiqarish bo’g’inini tashkil qiluvchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar - korxona, firma, kombinat va boshqa ishlab chiqarish strukturasi vakillariga ham katta imkoniyatlar berilgan.




    1. Yüklə 0,55 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin