Proceedings of International Educators Conference Hosted online from Rome, Italy. Date: 25
th
January, 2023
ISSN: 2835-396X
Website: econferenceseries.com
419
olgan ko‘nikma va malakalari ularning shaxs sifatida rivojlanishida muhim
ahamiyat kasb etadi.
Oliy ta’lim tizimida fizika va tabiiy fanlarni o‘qitishda innovatsion
texnologiyalardan foydalanishga doir masalalar bilan U.Sh.Begimqulov,
R.X.Djurayev,
M.Djorayev,
B.M.Mirzaahmedov,
Y.G‘.Mahmudov,
G.E.Karlibayeva, G.S.Ergasheva, K.A.Tursunmetov, J.E.O‘sarov, N.Sh.Turdiyev,
M.Mamadazimov, S.Q.Qahhorov, M.Qurbonov, D.Sh.Shodiyev va boshqalar
tomonidan tadqiq etilgan. Fizika o‘qitishda fanlararo integratsiyani amalga oshirish
muammolari
bo‘yicha
U.E.Abdiyev,
H.O.Jo‘rayev,
E.O.Turdiqulov,
Q.Sh.Tursunov, M.I.Bazarbayev S.J.Bozorova, va boshqalarning ilmiy ishlarida
tadqiq qilingan. O‘quv jarayonida gipermatnli tizimlardan foydalanish, elektron
qo‘llanma va darsliklar yaratish, amaliy dasturiy ta’minotdan foydalanish
xususiyatlari hamda imitatsion modellardan foydalanish kabi masalalar ustida
N.I.Tayloqov, R.R.Boqiyev, U.Y.Yuldashev, F.M.Zokirova, V.V.Anisimov,
M.Mamarajabov va M.H.Lutfillayev, O.B.Bogomolovlar tadqiqot ishlari olib
borishgan. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlarida fizika o‘qitish
metodikasini takomillashtirish masalalari bo‘yicha V.A.Orlov, N.M.Shaxmayev,
N.A.Rodina, tadqiqot ishlari olib borganlar. Rivojlangan xorijiy davlatlarda fizika
o‘qitishning metodologik masalalariga doir tadqiqotlar M.Dougiamas, J. Piaget,
A.Gartung, J.Kidd A.Bates, J.Daniel, va boshqalar tomonidan tadqiq etilgan.
Talabalarga organizmdagi a’zo va tizimlar faoliyatidagi fiziologik
jarayonlarni to‘g‘ri talqin qilish uchun zarur bo‘lgan nazariy va amaliy bilimlarni
singdirish, organizm a’zo va to‘qimalarida turli kasalliklarning paydo bo‘lishi
jarayonlari asosida fizikaviy o‘zgarishlarning birlamchiligini ko‘rsatishdir. Ushbu
maqsadga erishish uchun modul talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar
va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish
vazifalarini bajaradi. Odam organizmi tashkiliy qismlarini faoliyatini amalga
oshirishda fizikaviy qonuniyatlar ahamiyati va unda organizm a’zo va
to‘qimalarining faoliyati asosida yotuvchi umumiy fizikaviy qonuniyatlarni
o‘rganish; organizm to‘qimalari va suyuqliklarining mexanik, bioelektrik va optik
xossalarini o‘rganish; ularning fiziologik holati va anatomik tuzilishida tarkib va
funksiyaning birligi nuqtai nazaridan bir butunligini tushunish; tashqi muhitning
fizikaviy davolovchi va salbiy ta’sirlarining asosiy fizikaviy mexanizmlari
to‘g‘risida tasavvurlarga ega bo‘lish. Qattiq jismlar va biologik to‘qimalarning
mexanik xossalari. Biofizika fanining qisqacha tarixi, vazifalari, nazariy va amaliy