Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.
17
16-rasm. Qayrilgan egiluvchan ichak qisqichi.
Qisqichlar qabul qilinganda va sinovdan o‘tkazilganda qulfning sozligi
yaxshilab tekshiriladi. Tutqichlari to‘liq yopilganda asbob o‘z holicha ochilib
ketishiga yo‘l qo‘yilmaydigan mustahkam va barqaror yopilishiga erishish zarur.
Jag‘lar yopiq turganda tirqishlar bir-biriga mos tushishi lozim.
SHarnirli qulfda
yurish engil va ravon, ochilganda tutqichlarning keskin ortga tepishi sodir bo‘lmasligi
zarur. Sharnirlarning murvatlari qisqich ishlaganda buralib chiqmasligi kerak.
Jag‘larning yopilish zichligi ular orasiga 2 qavatli doka qo‘yib, sinovdan o‘tkaziladi.
Tutqichlar to‘la yaqinlashganda dokani o‘tkazib yubormasligi, sirg‘alib chiqmasligi
lozim.
Dostları ilə paylaş: