Zondlar
Mazkur guruhga mansub asboblar asosan tashhis va nazorat uchun xizmat
qiladi. Ularning yordamida jarohat yo‘li, bo‘shliqlar va yo‘llarni, u erda begona
qattiq jismlarning mavjudligini, shuningdek teshik yo‘llar, bo‘shliqlar va boshqalarni
aniqlash mumkin. Zondlar ko‘pincha zanglamas 12x18N9T rusumli po‘latdan yoki
qoplamali jezdan tayyorlanadi. Sanoatda zondlarning quyidagi turlari ishlab
chiqariladi:
novsimon, uzunligi 170 mm – jarrohlik zondi (23-rasm, a) ;
215 mm- proktologik (23-rasm, b) , uchi tugmasimon doirali; asbob nov
shaklida bo‘lib uchi qattiq, bu esa unda yumshoq to‘qimalarni kesib tashlash
imkonini beradi; nov tubi pichoq yoki qaychi tig‘ining gardishi silliq yurishi
uchun tekis sathga ega bo‘lishi kerak;
tugmasimon 2 tomonli (23-rasm, v) aylana kesikli (diametri 2, uzunligi 160
mm) , biroz qalinlashgan va doiralashgan chetlar (tugunchalar) ga ega naydir;
120° burchakda bukilish va sinmasdan yana to‘g‘rilanishi lozim;
jarrohlik zondi, quloqchali oldingisiga qaraganda bir uchida tugmacha o‘rniga
quloqchasi mavjud, u tufayli jarohatga ligaturalar, tomponlar va drenajlar
qo‘yish imkoniyati tug‘iladi;
buqoq uchun Koxer zondi (23-rasm,g) qalqonsimon bezni olib tashlash uchun
ishlatiladi, salmoqli va mustahkam asbob, zanglamas 20x13 yoki 30x13
po‘latlardan tayyorlangan; ishchi qismi teshikchali bo‘lib yalpoq dastasiga
egadir.
Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.
26
23-rasm. Jarrohlik zondlari
Dostları ilə paylaş: |