Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси



Yüklə 212,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/15
tarix16.12.2023
ölçüsü212,49 Kb.
#181163
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Pinsetlar-mo‘ychinaklar
(GOST 21241-89 organizmning turli to‘qimalari, 
bog‘lash vositalari va o‘rtamiyona asboblarni ushlab turish, shuningdek adaptatsiya, 
ya’ni chok qo‘yish paytida jarohat chetlarini tekislashga mo‘ljallangan. Mo‘ychinak 
– har qanday jarrohlik operatsiyasida zarur asbobdir: 2 prujinali po‘lat plastinadan 
iborat: plastinalarning bir uchlari tutashtirilgan (payvandlangan yoki ulangan) , 
boshqalari esa (ishchi jag‘lari yoki panjalari) shamshirsimon, ochiladi.
Mo‘ychinaklar, xuddi boshqa palastinkasimon prujinali asboblar kabi
zanglamas po‘latlarning 30x13 rusumidan tayyorlanadi. Asbobning egiluvchanlik 
darajasi meyorlangan bo‘lishi lozim, chunki mo‘ychinakning haddan tashqari 
qattiqligi jarroh qo‘lining toliqishiga olib keladi, haddan tashqari engil bo‘lsa, jarroh 
barmoqlari asbobni yomon his etadi. Qattiqlikni chegaralashdan tashqari (qo‘shilish 
kuchi kamida 0,45-1,0 kgs bo‘lganda) , asbob jag‘lari qiyshaymasligi lozim: yo‘l 
qo‘yiladigan qiyshayish 01-03 mm. dan oshib ketmasligi kerak. Mo‘ychinakning 
sathi pardozlanmagan, ishchi jag‘larida mayda kertiklar yoki tishchalar mavjud.
Mo‘ychinaklar sifatini tekshirishda bitta jag‘ining tishchalari (yoki kertiklari)
asbob zich yopilganda tiqilmasdan boshqa jag‘ning tegishli o‘yiqlariga kirishiga 
e’tibor beriladi. Sinov paytida mo‘ychinaklar qo‘lda siqish yo‘li bilan barmoqlar 
ochilganda dastlabki holatiga qaytishi lozim. Sanoatda barcha jarrohlik 
mutaxassisliklari uchun tishdor jarrohlik (bitta tishli) mo‘ychinaklar va bir necha 
turli-o‘lchovlardagi anatomik (soyli) mo‘ychinaklar ishlab chiqariladi. Umumiy 
jarrohlik amaliyotida va maxsus jarrohlikda ham maxsus mo‘ychinaklar ishlatiladi 
(18-rasm) :

umumiy maqsadli jarrohlik mo‘ychinaklari (1) – ishchi sathida tishchalari mavjud; 
yuqori fiksatsion qobiliyatga ega. Zich to‘qimalarni ushlab turishda qo‘llaniladi 
(asosan, terini) ; ishlatilayotganda to‘qimalarga albatta jarohat etkazadi, jami 4 ta 
o‘lchovda – uzunligi 130, 150, 200 va 250 mm qilib tayyorlanadi; 

anatomik (2) – jag‘larning ishchi sathida engil ko‘ndalang kertiklarga ega, 
to‘qimalarni boshqa mo‘ychinaklarga nisbatan bo‘shroq ushlaydi, lekin ularga 
mayin ta’sir etadi (shu bois “anatomik” deyiladi) jarrohlik operatsiyalarida engil 
jarohatlanadigan to‘qimalar ( parenximatoz to‘qimalar, qon tomirlar, nerv 
tomirlari, ichaklar va fiksatsiya qilish uchun qo‘llaniladi; jami 6 o‘lchovda – 
uzunligi 100, 130, 150, 200, 250 va 300 mm qilib tayyorlanadi; 

tishli-panjali (3) – birmuncha zich to‘qimalar (paylar, teri) ni, shuningdek ignalar, 
ligaturalar va shu kabilarni ushlashga mo‘ljallangan; jag‘larning ishchi qismida 
panja ko‘rinishida taqasimon joylashgan tishchalar mavjud; to‘qimaning qamrov 
maydoni va tishchalar soni oldingi pinsetga nisbatan ortiq, shuning uchun uning 
fiksatsion qobiliyati yuqori; to‘g‘ri holda – PX150x5,5 va qayrilgan – PX va 
196x5,5 qilib tayyorlanadi; 

qulfli – chuqur bo‘shliqlar uchun – asosan ko‘krak jarrohligida, chuqur 
bo‘shliqlardagi to‘qimalarni qamrash va ushlashga mo‘ljallangan; muolaja qismida 
halqa bo‘lmagan va prujinali qulfli mo‘ychinakni eslatadigan qisqichlardir; 
qisqichning uzunligi 235 mm, tor tishdor ishchi jag‘lari bo‘ladi(8 mm) ; zanglamas 
30x13 rusumli po‘latdan tayyorlanadi; 


Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.
20 
18-rasm. Mo‘ychinaklar(pinsetlar) 1 – jarrohlik; 2 – anatomik; 3- tishli-panjali.
Mishel turidagi metall qavslarni joylashtirish va ularni mo‘ychinakning ishchi 
qismidagi kesilgan joyida bo‘ladigan tilchalar yordamida qavslar echiladigan, teriga 
qo‘yishda bosib chiqarish uchun xizmat qiladigan alohida o‘yiqlar (kesiklar) mavjud; 
jag‘larni ochish kuchi – 0,8-2,0 kgs.

Yüklə 212,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin