Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.
21
19-rasm. Tishli ilgaklar
20-rasm. Faraber bo‘yicha plastinalar
Asbob egiluvchanligi va mustahkamligini ilgak dastasiga yuk ilib,
sinovdan
o‘tkaziladi: kichik ilgaklar uchun har bir tishchaga - 1,5 kg, o‘rta va katta ilgaklarga -
2 kg dan yuk osiladi. Ayni paytda ilgak tekis joyga tayanadi. Sinov natijasida
tishchalar deformatsiya qoldiqlariga ega bo‘lmasligi lozim.
Faraber bo‘yicha juft ilmoqlar ham shunga o‘xshaydi, uzunligi qisqaroq (156
mm) , chiqqan uchlari 22 va 32 mm, faqat 2 donadan ishlab chiqariladi. Ular
jarohatlarni 2 tomonga kengaytirish uchun xizmat qiladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan asboblardan tashqari, diafragmal
nerv uchun plastinkali
ilgaklar 2 tomonlama, uzunligi 150 mm va biroz qisqaroq qilib tayyorlanadi. Yanada
kichik uzunlikdagi (125 mm) va eni 10 mm ilgaklar Dyupyuitren kontrakturalari
paytida barmoq uchlaridagi operatsiyalarga mo‘ljallangan to‘plamga kiradi.
Ilgaklarning egiluvchanligi 5 kg yukni osib qo‘yish yo‘li bilan sinovdan o‘tkaziladi.
Sinovlar natijasida ilgaklarning uchlari deformatsiya qoldiqlariga ega bo‘lishi
mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: