Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси



Yüklə 212,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/15
tarix16.12.2023
ölçüsü212,49 Kb.
#181163
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15


Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.

TIBBIYOT ASBOBLARI, TASNIFI, ASSORTIMENTI, SIFATINI 
BAHOLASH USULLARI 
Bu bobda siz quyidagi savollarga javob topasiz: 
1. Jarroxlik asboblari qanday guruxlarga tasniflanadi? 
2. Kesuvchi asboblar guruxiga qaysi asboblar kiradi? 
3. Kesuvchi asoblar sifatiga qanday talablar qo‘yiladi?
4. Qisqich asbobolar necha guruxga bo‘linadi? 
5. Qisqich asboblarning sifati qandaytekshtriladi? 
6. Qon to‘xtatuvchi qisqichlar sifatini tekshirish usullari qanday?
7. Jaroxat kengaytiruvchi asboblar turlari ? 
8. Suruvchi asboblar qanday maqsadda ishlatiladi? 
9. Yordamchi asboblar sifatida qanday asboblar ishlatiladi? 
Inson organizmining a’zolari va to‘qimalarida muayyan muolajalarni amalga 
oshirish, ularga mexanik ta’sir o‘tkazish, shuningdek shu muolajalar paytida 
qo‘llaniladigan buyumlarni tibbiyot asboblari deb ataladi (GOST 19126-79) .
Tibbiyot buyumlari nomenklaturasida tibbiyot asboblari eng ko‘p sonli guruhni 
tashkil etadi. Ular ixtisoslashtirilgan korxonalarda ko‘p miqdorda ishlab chiqariladi.
Tibbiyot asboblarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan texnologiyalar asosan 
metallar va plastmassalarga ishlov berish bilan bog‘liqdir. Yirik va murakkab 
texnologik jihozlar (bolg‘alar, inert muhitdagi isitish o‘choqlari, elektr kimyo 
jihozlari, lazer va suv yordamida metallarni kesish, aniq yoyish apparatlari, 
plastmassalarni qayta ishlash uchun ekstruzion va quyish jihozlari) bilan bir qatorda 
qo‘l mehnatida zarur bo‘lgan asbob-uskunalar ham qo‘llaniladi.
Malakali muhandis va ishchi kadrlar yillab tayyorlanadi. CHunki tibbiyot 
asboblarini ishlab chiqarish yangi tibbiyot texnologiyalarining rivojlanishiga bevosita 
bog‘liq. Ayniqsa, jarrohlik sohasi bo‘yicha so‘nggi yillarda yuksak 
texnologiyalarning jadal rivojlanishi jarrohlarning instrumental bazasini nafaqat 
nomenklatura, balki asboblarning funksional imkoniyatlari bo‘yicha ham tubdan 
qayta ko‘rib chiqish zaruratini vujudga keltirdi. Asboblarning asosiy o‘lchamlariga 
va sifatiga talablar keskin ortdi: atravmatikligi, ishonchliligi va ergonomikligi.
Hozirgi vaqtda, yangi tibbiy usullarni tadbiq etish tufayli, zamonaviy, yuksak 
funksional asboblarning ishlab chiqarilishiga ehtiyoj tug‘ildi. Bu avvalo yurak-tomir 
jarrohligi uchun atravmatik qisqichlar, mikrojarrohlik asboblari, halokatlar tibbiyoti 
uchun 
asboblar 
to‘plamlari, titan qotishmalardan tayyorlangan asboblar, 
kardiovaskulyar jarrohlik uskunalari va h. k. Kasallik tarqatuvchi mikroflorani 
kuchaytiruvchi qoplamalarni surish bo‘yicha yangi plazma texnologiyalari ancha 
istiqbollidir. Tibbiyot asboblarining ushbu texnologiyalarni qo‘llanishiga bog‘liq 
ishlab chiqilgan asboblarning yangi avlodi yordami, masalan, endoskopik 
operatsiyalar paytida kasallik yuqtirish ehtimolini kamaytirish imkonini beradi.
Tibbiyotda qo‘llaniladigan asbob-uskunalar xilma-xilligi orasida ishlab 
chiqarishning ommaviyligi va nomlarining soni bo‘yicha jarrohlik asboblari etakchi 
o‘rinda turadi.


Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.


Yüklə 212,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin