Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси



Yüklə 212,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/15
tarix16.12.2023
ölçüsü212,49 Kb.
#181163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Tibbiy arralar 
Tibbiy arralar (8-rasm. ) turli jarrohlik operatsiyalarida ishlatiladi, qattiq 
to‘qimalar (suyaklar va tog‘aylar) ni va barmoqlar, qo‘l va oyoq uchlarini rezeksiya 
yoki amputatsiya qilishda, osteosintez va anatomik ishlarda ishlatiladi(GOST 28519-
90) .
Arra U7A rusumli uglerodli po‘latdan tayyorlanadi, tasma va dastadan iborat.
Arralarning quyidagi turlari ishlab chiqariladi: 

romsimon (1) - tasmani mustahkamlash va taranglash uchun moslama bo‘lib, 
dastali yoydan tarkib topgan. Arra 3 ta o‘lchovda (6, 9, 12 mm) gi tasmalar 
to‘plami bilan ishlab chiqariladi va yirik suyaklar (tos kuyaklari va boshq. ) ni 
arralash uchun oyoq-qo‘llar amputatsiyasida qo‘llaniladi;(8-rasm,1)

anatomik bargsimon- dastali gardish, tasma va murvatdan iborat, birmuncha 
yumshoq suyaklarni (barmoqlar suyaklari) arralashda patologo-anatomik 
amaliyotda ishlatiladi (8-rasm,4) ; 

pichoqli- unchalik katta bo‘lmagan suyaklar va tog‘aylarni arralashga 
mo‘ljallangan, buning uchun biroz yupqa, mayda tishli tasma (0,5 mm)
ishlatiladi (8-rasm,2) ; 

to‘qilgan simli (Djigli) – neyrojarrohlik sohasida kalla suyagining qopqog‘ini 
ochishda foydalaniladi. Arra mayda tishli 3-4 ta buralgan po‘lat simlardan va 
ushlash uchun maxsus xalqali dastasidan iborat (8-rasm,3) ; 

gipsli bog‘lamlar uchun – gipsli bog‘lamlarni arralashda ishlatiladi (5) .
8-rasm. Tibbiy arralar 


Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.

Tibbiy arralarning funksional xususiyatlarini sinash tishlarning o‘tkirligini 
tekshirishdan iborat. Buning uchun qattiq navli daraxt (buk, dub) ponasini yoki 
qalinligi 2 mm bo‘lgan viniplast bo‘lagi arralanadi. Ayni vaqtda arralarning tishlari 
tumtoqlashmasligi, bukilmasligi yoki rangi o‘zgarmasligi, arralaganda kesim ravon 
va silliq bo‘lishi lozim.

Yüklə 212,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin