Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.
4
Pichoqlarni qabul qilishda mahsulot sifatini nazorat teshiruvidan o‘tkaziladi:
etalonga qiyoslagan holda ko‘zdan kechirish quyidagi talablar asosida amalga
oshiriladi:
- pichoq tig‘i uzunasiga o‘tkir bo‘lishi lozim. Hech qanday tirnalgan joylari, o‘yiqlar
yoki kertiklar bo‘lmasligi zarur;
- o‘tkir uchlari, kesuvchi qirradan tashqari, tumtoqlashgan bo‘lishi lozim;
- pichoq qoplamasi sifatli bo‘lib, dog‘lar, zang va ortiqcha qatlar bo‘lmasligi kerak.
Funksional sinov kesuvchi xususiyatlarni tekshirishdan iborat: zamsh (baxmal,
charm) , teri, karton o‘rtacha qalinlikdagi qog‘oz qirqib ko‘riladi.
Sinov natijasida
tig‘ o‘tmaslanmasligi va pachoq bo‘lmasligi, kesikning chetlari esa o‘yiqsiz, ravon
bo‘lishi lozim.
Amputatsiya pichog‘i (1-rasm,a) qo‘l va oyoq barmoqlarini kesib tashlanganda
yumshoq to‘qimalar (teri, paylar) ni qirqishga mo‘ljallangan. Tig‘ining uzunligi
bo‘yicha 2 ta o‘lchovli qilib tayyorlanadi: katta (315 mm) va kichik (250 mm) ,
dastasi po‘lat yoki jezdan tayyorlanib, ichi bo‘sh, ushlashga qulay bo‘ladi. Karton
qutilarga yakka tartibda neytral moy surtilgan xolda joylashtirilib qadoqlanadi.
Rezeksiya pichog‘i (b) barmoq
va oyoq barmoqlari uchlarini, tovonni
amputatsiya qilishda, bo‘g‘imlarni rezeksiya (biror a’zo yoki uning qismini kesib
tashlash) da qalin to‘qimalar (naylar, kemirchak-tog‘aylar) ni, unchalik kata
bo‘lmagan suyaklar (falanglar) ni qirqishga mo‘ljallangan: kemirchak pichoqdan
tig‘ning 2 turi – qorindor va to‘g‘ri turlariga ega shakli bilan farqlanadi.
Tog‘ay pichog‘i (v) qalin to‘qimalar (kemirchaklar, tirtiqlar) ni, qovurg‘a
kemirchaklarni kesishga mo‘ljallangan, bo‘lib, ular qisqa, keng tig‘li va og‘ir, qavariq
dastali bo‘ladi.
Miya pichog‘i (2-rasm) tashhis maqsadida bosh
miya qatlamlarini ajratish
uchun patalogik-anatomik yorishlar paytida ishlatiladi. Bosh miya pichog‘ining tig‘i
to‘g‘ri burchakli bo‘lib cho‘zilgan (dastasiga nisbatan 2 barobar uzun) , yupqa, ikki
tomonlama o‘tkir, dastasi keng, sayqallanmagan holda ishlab chiqariladi.
2-rasm. Miya pichog‘i
Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.
5
Pichoqlar qutiga 10 donadan (amputatsiyaga mo‘ljallanganlari bundan
mustasno) konservatsiya moyi bilan ishlov berilgan holda etkazib beriladi.
Pichoqlarni sterillash quruq havo usulida amalga oshiriladi, chunki nam muhitda
ularning kesuvchi qirrasining o‘tkirligi pasayadi.
Umumiy jarrohlik skalpellari (3-rasm) ikki turda ishlab chiqariladi: qorindor
– tig‘i kuchli bo‘rtiq va o‘tkir uchli.
Qorindor skalpellar yumshoq to‘qimalarni chuqur kesish uchun qo‘llaniladi,
o‘tkir uchlilari to‘qimalarni engil ochish va teshiklar hosil qilish uchun ishlatiladi.
Tig‘ning uzunligiga qarab, skalpellar kichik (30,32 mm) , o‘rtacha (40,42 mm) va
katta (46, 50 mm) bo‘ladi.
Skalpel dastasi silliq, yoki g‘adir-budir bo‘ladi. CHuqur
bo‘shliqlarda operatsiyalar qilish uchun uzunligi 250 mm maxsus skalpellar
ishlatiladi, tig‘ning ishchi qismi qisqa (20 mm) va uchi to‘mtoqlashgan bo‘ladi.
Skalpel o‘zining alohida qurilmasi – olib qo‘yiladigan tig‘i bilan ajralib
turadi, olib qo‘yiladigan tig‘ esa U10A po‘lat yoki xromli 13 X dan, dastasi nikel va
xromli L63 jezdan yoki plastmassadan tayyorlanadi.
Skalpellar tabiiy yog‘ surtilib, mumlangan yoki pergament qog‘ozga o‘ralib,
karton qutiga 10 donadan taxlanadi.
Tibbiy qaychilar to‘qimalarni kesishga mo‘ljallangan. Qaychilar sharnirli –
ya’ni 2 ta tig‘li yoki murvat bilan tutashgan 2 shoxli gilotinasimon bo‘ladi. Oshiq-
moshiqli qaychilar yumshoq to‘qimalarni (jarrohlik)
va materiallar, ligaturalar,
bog‘lash (yordamchi) ashyolarni kesishda qo‘llaniladi. Gilotinali qaychilar esa qalin
tog‘ay to‘qimalar, qovurg‘alarni kesishga xizmat qiladi.
Qaychilarning kesish xususiyatlari dokani (uch marta) 1-5 qatlamini yoki
momiq bo‘lagini kesish yo‘li bilan tekshiriladi. Gilotinali qaychilarni tekshirish
qalinligi 2 -5,5 mm kartonning 2 qatlamini yoki diametri 5 mm polivinildan
tayoqchani 10 karra tishi bilan qirqish bilan amalga oshiriladi.
Qaychilar U8A, U10; rusumli uglerodli po‘latdan yoki 40 x 13 pulatdan
tayyorlanadi.
Sanoatda 50 dan ortiq turli tibbiy
qaychilar ishlab chiqariladi, lekin ko‘proq
quyida tasvirlangan qaychilar ishlatiladi (GOST 21239-93) .
Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.
6
3-rasm. O‘tkir uchli jarroh lik skalpeli.
Dostları ilə paylaş: