Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси



Yüklə 212,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/15
tarix16.12.2023
ölçüsü212,49 Kb.
#181163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Suyak qisqichlari
(tishlagichlari) (9-rasm) mayda suyaklarni kesib 
tashlashda, suyak bo‘rtmalari va shishlari, o‘tkir tikonlar va suyak chetlarini qesish va 
tekislash uchun qo‘llaniladi. Ikkita og‘ir, qulfcha bilan tutashgan shoxchalardan 
iborat bo‘lib, qulfcha ularni ishchi qismlar – jag‘lar va dastaga ajratadi.
Qisqichlarning jag‘lari qavariq, yarim doira, nayzasimon shaklda hamda turli egilgan 
(yoniga, yuzasiga) bo‘ladi. Qisqichlar bitta yoki ko‘p sharnirli (ikkita uzatgichli)
bo‘lib, murvatli sharnir qulfga ega bo‘ladi. Suyaklar qisqichlarini tayyorlash uchun 
zanglamas 40x13 rusumli po‘lat qo‘llaniladi (GOST 28071-89) .
Suyak qisqichlari sifatini tekshirishda quyidagi talablarga rioya qilinadi: 
a) jag‘larning qirquvchi qismlari – o‘tkir, o‘yiqlarsiz, g‘adir-budirsiz va h. , butun 
bo‘yi bo‘ylab zich yopiluvchi bo‘lishi kerak; 
b) prujina – ishlashga sozlangan va qisqichlarning ravon ochilishini ta’minlaydi, ayni 
paytda jag‘lar zich yopiladi; 
v) qulfdagi harakati ravon, engil, to‘xtalmaydi.
Asbobning funksional xususiyatlari 1,5-2,0 mm qalinlikdagi kartonni 10 marta yoki 
suyakning 5-6 mm plastinkasini qirqish bilan tekshiriladi. Sinovdan keyin 
jag‘larning kesish joylarida o‘yiqlar yoki bo‘lingan joylar bo‘lmasligi kerak. Kesim 
tekis, ravon bo‘lishi zarur.
9-rasm. Suyak qisqichlari: 1-bir uzatgichli o‘tkir uchli egilgan, 2-ikki uzatgichli utkir 
uchli, 3-bir uzatgichli o‘tkir uchli to‘g‘ri, 4-bir va ikki uzatgichli yumaloq jag‘li.
Tuzilish xususiyatlariga qarab, suyak qisqichlarining quyidagi tovar turlari 
chiqa riladi: 
- qavariq jag‘li- yumaloq jag‘li , kengligi 8,5 va 4 mm to‘g‘ri va tik qayrilgan; 
- to‘g‘ri jag‘li; 


Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.
10 
- yarim doira jag‘li – to‘g‘ri va tik qayrilgan jag‘li 2 ta uzatgichli; 
- qavariq jag‘li- to‘g‘ri va yoniga kayrilgan 2 ta uzatgichli; 
- to‘g‘ri jag‘li – to‘g‘ri va tik yoki yoniga qayrilgan 2 ta uzatgichli.
Qisqich-tishlagichlar uzunligi 170-185 mm atrofida bo‘ladi. Qisqich- 
tishlagichlar salmoqli, uzunligi 225 mm va yarim doirali jag‘li tishlagichlar, katta enli 
(22 mm) , uzunligi 300 mm qilib tayyorlanadi, suyaklarning katta qismlarini( 
qovurg‘alar, umurtqa pog‘onasi, kalla suyagi) tishlab olishga yoki qisib ushlab 
turishga xizmat qiladi.
Qadoqlashdan oldin mazkur asboblarga neytral moy surtiladi, pergament yoki 
parafinlangan qog‘ozga o‘raladi va karton qutilarga 5-10 donalab joylashtiriladi.

Yüklə 212,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin