Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси



Yüklə 212,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/15
tarix16.12.2023
ölçüsü212,49 Kb.
#181163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Jarrohlik qaychilari: 
1) tumtoq uchli to‘g‘ri va qayrilgan Kuper turidagi qaychilar. Yoniga qayrilgan 
qaychilar yumshoq to‘qimalarni qesish uchun ishlatiladi, uzunligi 170 va 140 mm 
bo‘ladi; 
2) o‘tkir uchli va bir o‘tkir uchi to‘g‘ri va ikkinchisi qayrilgan (uzunligi 170 va 140 
mm) qaychilar; o‘tkir uchli yoniga qayrilgan (4-rasm,a) avvalo to‘qimani teshish 
zarur bo‘lgan hollarda ishlatiladi; 
3) gipsli bog‘lamlarni kesishga mo‘ljallangan – 415 mm (4-rasm, b) ; 
4) anatomik ichak qaychisi (5-rasm) patalogo-anatomik amaliyotda (uzunligi 205 
mm) ichakni uzunasiga yorishga xizmat qiladi, shoxlaridan birining ishchi qismida 
qirqilayotgan ichakning sirg‘alib ketishiga to‘sqinlik qiladigan ilgakning borligi bilan 
farqlanadi; 
5) qovurg‘aga mo‘ljallangan qaychilar ko‘krak qafasidagi a’zolarni operatsiya 
qilishda qovurg‘alarni kesishda ishlatiladi (6-rasm, a) ; 
6) tugmachali (Lister) qaychi bog‘lamlarni kesish uchun ishlatiladi (6-rasm, b) .
Tig‘i yoniga 30* da qayrilganligi va uzun tig‘ining bir uchida bemorga zarar 
etkazmay, bog‘lam tagiga kiritish uchun silliq tugmacha mavjudligi bilan farqlanadi; 
7) chuqur bo‘shiqlardagi yumshoq to‘qimalarni qesishga mo‘ljallangan, uzunligi 
(250 mm) , o‘tkir uchli, tor va qisqa ishchi qirrali, to‘g‘ri va qayrilgan qaychi, yaralar 
ichidagi yoki etish qiyin bo‘lgan to‘qimalarni qirqishga mo‘ljallangan; 
8) bog‘lash ashyo uchun uzunligi 240 mm, katta, salmoqli (7-rasm, a) ; 
4-rasm. Qaychilar: a – o‘tkir uchli yoniga qayrilgan; b – gipsli bog‘lamlarni qesuvchi 
qaychi.


Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.

5-rasm. Anatomik ichak qaychisi.
6-rasm. Qaychilar: a –qovurg‘a uchun, b – Lister-bog‘lamlarini qesish uchun.
7-rasm. YOrdamchi qaychilar: a – bog‘lash ashyolari uchun. b – soch olish uchun.
9) sochlarni olish uchun – bemorlarni sochini olish va operatsiya maydonini 
tayyorlash uchun, uzunligi 175 mm, engilligi bilan ajralib turadi (7-rasm, b) ; 
10) tirnoqlar uchun – unchalik katta uzunlikda bo‘lmagan (100 mm) to‘g‘ri va 
qayrilgan, ishchi qirrasida qiya kertiklar mavjud.


Тиббиёт асбоблари. Гульманов Ильич Джумабаевич. Тошкент тиббиёт академияси.


Yüklə 212,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin