Tibbiy va biologik fizika


 Modul bo’yicha talabalarda kompetentsiyalarni egallashni nazorat qilish va baholash mezonlari



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə6/7
tarix14.10.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#155249
1   2   3   4   5   6   7
Ишчи дастур Ped 2022

5.3. Modul bo’yicha talabalarda kompetentsiyalarni egallashni nazorat qilish va baholash mezonlari



Baholash shkalasi

Bayoni



5” (a’lo), A, reyting bo’yicha 86100 ball

modul dasturining barcha bo’limlari bo’yicha tizimli, to’la va chuqur bilimga ega bo’lishi, zarur dalillar bilan asoslay olishi;
terminologiyadan (shu jumladan, ilmiy, xorijiy tilda xam) aniq, o’z o’rnida foydalanishi, savollarga javobni mantiqan to’g’ri, stilistik savodli ravishda ifodalashi;
muammoli savollarni aniqlashi, o’z qarashlarini ilmiy-amaliy tilda asoslab bera olishi;
modulning tayanch tushunchalarini bilishi va uni qisqa vaqt ichida ilmiy va amaliy masalalarni yechishda samarali qo’llay olishi;
nostandart vaziyatlarda muammolarni mustaqil va ijodiy xal qila olish qobiliyatini ko’rsata olishi;
amaliy ko’nikmalarni mustaqil ravishda to’liq bajara olishi (sifati va belgilangan soni jixatdan) va kompetentsiyalarni to’liq egallashi;
amaliy masalalarni qisqa, asoslangan va ratsional ravishda hal etishi;
modul dasturida tavsiya etilgan asosiy va qo’shimcha adabiyotlarni to’liq va chuqur o’zlashtirishi;
o’rganilayotgan modul bo’yicha nazariyalar, kontseptsiyalar va yo’nalishlar moxiyatini anglash, ularga tanqidiy baho berish va boshqa modullar ilmiy yutuqlarini qullay olishi;
seminar, nazariy, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarida butun semestr moboynida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruxli muhokamalarda faol bo’lishi, vazifalarni bajarishda yuqori madaniyat darajasiga ega bo’lishi lozim;

4” (juda yaxshi), V, reyting bo’yicha 81-85 ball

modul dasturining barcha bo’limlari bo’yicha tizimli, to’la va chuqur bilimga ega bo’lishi, zarur dalillar bilan asoslay olishi;
terminologiyadan (shu jumladan, ilmiy, xorijiy tilda ham) aniq, o’z o’rnida foydalanishi, savollarga javobni mantiqan to’g’ri, stilistiq savodli ravishda ifodalashi;
o’z fikrini isbotlashda yoki boshqa nazariy materialni bayon qilishda yuzaga kelgan noaniqliklarni mustaqil bartaraf eta olishi;
modulning tayanch tushunchalarini bilishi, qisqa vaqt ichida ilmiy va kasbiy vazifalarni quyish hamda hal qilishda undan unumli foydalanishi;
standart vaziyatlarda muammolarni uduv dasturi doirasida mustaqil hal qila olishi;
amaliy ko’nikmalarni mustaqil ravishda tuliq bajara olishi (sifagi va belgilangan soni jidatdan) va kompetentsiyalarni tuliq egallashi;
amaliy mashg’ulotlarda normativ-huquqiy hujjatlarni yaxshi bilishini namoyish qilishi, ushbu bilimlarni yangi vaziyatlarda to’g’ri (lekin doim ham ratsional emas) qullay olishi, bajarilgan ish natijalarini yetarli darajada rasmiylashtira olmaganligi;
modul dasturida tavsiya qilingan asosiy adabiyotlarni o’zlashtirishi; o’rganilayotgan modul bo’yicha nazariyalar, kontseptsiyalar va yo’nalishlar mohiyatini anglay olishi va ularga tanqidiy baho berishi;
seminar, nazariy, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarida butun semestr mobaynida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol bo’lishi, vazifalarni bajarishda juda yaxshi madaniyat darajasiga ega bulishi lozim;

4(yaxshi), S, reyting bo’yicha 7180 ball

modul dasturining barcha bo’limlari bo’yicha tizimli, to’la va chuqur bilimga ega bulishi, zarur dalillar bilan asoslay olishi, ammo bir oz kamchiliklar bilan;
terminologiyadan (shu jumladan, ilmiy, xorijiy tilda ham) aniq, o’z o’rnida foydalanishi, savollarga javobni mantiqan to’g’ri, stilistik savodli ravishda ifodalashi;
o’z fikrini isbotlashda yoki boshqa nazariy materialni bayon qilishda yuzaga delgan noaniqliklarni mustaqil bartaraf eta olishi;
modulning tayanch tushunchalarini bilishi, qisqa vaqt ichida ilmiy va kasbiy vazifalarni quyish hamda xal qilishda undan unumli foydalanishi;
standart vaziyatlarda muammolarni o’quv dasturi doirasida mustaqil xal qila olishi;
amaliy ko’nikmalarni mustaqil ravishda bajara olishi (sifati va belgilangan soni jixatdan) va kompetentsiyalarni egallashi, ammo bir oz kamchiliklar bilan;
amaliy mashg’ulotlarda normativ-huquqiy hujjatlarni yaxshi bilishini namoyish qilishi, ushbu bilimlarni yangi vaziyatlarda to’g’ri (lekin doim xam ratsional emas) qo’llay olishi, bajarilgan ish natijalarini yetarli darajada rasmiylashtira olmaganligi;
modul dasturida tavsiya kilingan asosiy adabiyotlarni o’zlashtirishi; o’rganilayotgan modul bo’yicha nazariyalar, kontseptsiyalar va yo’nalishlar moxiyatini anglay olishi va ularga tanqidiy baho berishi;
seminar, nazariy, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarida butun semestr mobaynida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muxokamalarda faol bo’lishi, vazifalarni bajarishda yaxshi darajaga ega bo’lishi lozim;

3” (qoniqarli), D, reyting bo’yicha 60 70 ball

davlat ta’lim standartlari (talablari) doirasida yetarli bilim xajmiga ega bo’lishi;
terminologiyani ishlatishi, savollarga javoblarni to’g’ri bayon qilishi, lekin bunda ayrim xatolarga yo’l qo’yishi;
javob berishga yoki ayrim maxsus ko’nikmalarni namoyish qilishda qiynalganda, modul bo’yicha asosiy tushunchaga ega ekanligini namoyish etishi;
amaliy ko’nikmalarni (sifati va belgilangan soni jixatdan) mustaqil ammo xatoliklar bilan to’liq bajara olishi;
kompetentsiyalarni mustaqil, ammo xatoliklar bilan egallashi; modulining umumiy tushunchalari bo’yicha qisman bilimga ega bo’lishi va uni standart (namunaviy) vaziyatlarni hal etishda qo’llay olishi;
pedagog xodim yordami bilan standart vaziyatlarni xal eta olishi; o’qilayotgan modul bo’yicha asosiy nazariyalar, kontseptsiyalar va yo’nalishlar moxiyatini anglashi, ularga baxo bera olishi;
seminar, nazariy, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarida pedagog xodim rahbarligida qatnashishi, vazifalarni bajarishda yetarli madaniyat darajasiga ega bo’lishi lozim;

3(o’rta), Ye, reyting bo’yicha 55 59 ball

davlat ta’lim standartlari (talablari) doirasida qonikarli bilim xajmiga ega bo’lishi;
terminologiyani ishlatishi, savollarga javoblarni to’g’ri bayon qilishi, lekin bunda ayrim qo’pol xatolarga yo’l qo’yishi;
javob berishga yoki ayrim maxsus ko’nikmalarni namoyish kilishda qiynalganda va xatolarga yo’l qo’ygaida, modul bo’yicha asosiy tushunchaga aga ekanligini namoyish etishi;
amaliy ko’nikmalarni (sifati va belgilangan soni jixatdan) mustaqil emas va xatoliklar bilan to’liq bajara olishi;
kompetentsiyalarni mustaqil emas va xatoliklar bilan egallashi; modulining umumiy tushunchalari bo’yicha qisman bilimga ega bo’lishi va uni standart (namunaviy) vaziyatlarni hal etishda qo’llay olishi;
pedagog xodim yordami bilan standart vaziyatlarni xal eta olishi; o’qilayotgan modul bo’yicha asosiy nazariyalar, kontseptsiyalar va yo’nalishlar moxiyatini anglashi, ularga baxo bera olishi;
seminar, nazariy, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarida pedagog xodim rahbarligida katnashishi, vazifalarni bajarishda yetarli madaniyat darajasiga ega bo’lishi lozim;

2” (qoniqarsiz), S, FX, reyting bo’yicha 31- 54 ball

davlat ta’lim standartlari (talablari) doirasida fakat ayrim fragmentar bilimlarga ega bo’lsa;
ilmiy terminlarni ishlata olmasa yoki javob berishda jiddiy mantiqiy xatolarga yo’l qo’ysa;
seminar, nazariy, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarida passiv katnashib, vazifalar bajarish madaniyatining past darajasiga ega bo’lsa;
amaliy ko’nikmalarga va kompetentsiyalarga ega bo’lmasa, o’z xatolarini xatto pedagog xodim tavsiyalari yordamida ham to’g’rilay olmasa.

2” (mutloqo qoniqarsiz),F, reyting bo’yicha 0-30 ball

davlat ta’lim standartlari (talablari) doirasida fakat ayrim fragmentar bilimlarga ega bo’lsa;
terminlarni ishlata olmasa yoki javob berishda jiddiy va ko’pol mantikiy xatolarga yo’l qo’ysa yoki umuman javob bermasa;
seminar, nazariy, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarida passiv qatnashib, vazifalar bajarish madaniyatining past darajasiga ega bo’lsa yoki umuman bajarmasa;
amaliy ko’nikmalarga va kompetentsiyalarga ega bo’lmasa, o’z xatolarini xatto pedagog xodim tavsiyalari yordamida xam to’g’rilay olmasa.



Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin