1. Roeyeola - pushti rang kichkina (diametri 2-3 mm) dog'lar. Ular teri ustida burtib turmaydi. Terini bosilsa yoki tarang qilinsa, rozeola yo'qoladi. Uzoq saqlanmay, 1-2 xafta davomida iz qoldirmay yo'qolib ketadi. Ich terlamasi, paratiflar va toshmali tifda paydo bo'ladi.
2. Pegexiya - rozeoladan biroz maydaroq bo'lib, teri orasiga qon quyilishi natijasida paydo bo'ladi. To'q qizil rangli, terini bosilsa yoki tarang qilinganda yo'qolmaydi. Toshmali tif, gemorragik isitmalar meningokokksemiyada kuzatiladi.
3. Papula - rozeolaga o'xshab pushga rangli bo'ladi. Kattaligi xam o'shanday. Farqi shuki, papula teri yuzasidan biroz bo'rtib turadi. Barmoq uchi bilan paypaslaganda seziladi. U qizamiq kasalligiga xos xarakterli toshmalar.
4. Veznkula - ichida tiniq suv tutgan mayda pufakcha. U suvchechak kasalligiga xos toshma xisoblanadi va juda ko'p toshadi. Odatda, terida vezikula toshmagan joy qolmaydi. Keyin ular qurib, tushib ketadi. hozir butunlay tugatilgan chinchechakda ham avval vezikula toshadi. Keyinroq pufakcha ichidagi suyuqlik yiringlab, toshma pustulaga aylanadi.
5. Eritema - ma'lum kattalikda terida yaxlit qizarish paydo bo'lishi, masalan, saramas kasalligada.
6. Allergik toshma. U odatda alergiyasi bor odam to'g'ri kelmaydigan ovqat maxsulotlarini iste'mol qilganda, dori-darmon qabul qilganda yoki chang tasirida kelib chiqadi. Bunday toshmalar o'zbek tilida eshakemiya deb ataladi. Ular yirik, qattiq bo'lib, teri ustidan butib turadi. Butun tanaga yoki tananing bir qismiga toshishi mumkin. Toshma bor joyda kuchli qichishish seziladi.
Ba'zi yuqumli kasalliklar, masalan, tounda periferik limfa tugunlari kattalashadi.
Yuqumli kasalliklarda organizmning mikrobga nisbatan javob reaksiyasi sifatida, odatda tana xarorati ko'tarilada. Uning davomiyligi va xususiyatini kuzatib berish xam tashxis qo'yishda yordam beradi. Uzoq kunler davomida ertalabki va kechki tana harorati ko'rsatkichlarini chizib borish natijasida isitma egri chizig'i kelib chiqadi. Tana xaroratining o'zgarib borishi va harorat egri chizig'ining kurinishiga qarab, yuqumli kasalliklarda isitmaning quyidagi turlari farqlanadi (1-rasm).
1. Doimiy isitma. Tana xarorati bir necha kun baland bo'ladi. Ertalabki isitma kechkisidan pastroq bo'ladi, lekin ularning farqi bir gradusdan oshmaydi. Bunday isitma ich terlama va toshmali tif uchun xos.
2. Remittirlovchi (darmonni quritadigan) isitma. Unda tana xarorati bir necha kun baland bo'ladi. Ertalabki va kechki isitmalar farqi 1°S dan ortiq bo'ladi. Ammo ertalab pasaygan holida ham tana xarorati 37°S dan yuqoriligicha qoladi. Sepsisda, sil kasalligida kuzatiladi.
3. Intermittirlovchi (almashib turadigan) isitma. Tana xarorati to'satdan 39-40°S gacha ko'tarilib, kun davomida normagacha tushadi. Xaroratning ko'tarilgan va tushgan vaqdagi farqi 3-4°S gacha bo'ladi. Bir hil vaqt oralig'idan so'ng xarorat shunday ko'tarilib, yana tushishi bir necha marta takrorlanadi. Bunday isitma bezgak kasalligiga xosdir.
4. Qaytalama isitma. Tana xarorati qisqa muddatda yuqori qo'tarilib, 5-6 kun doimiy isitmadagidek saqlanib turadi. Keyin to'satdan normagacha pasayib, 5-6 kun 37° S dan oshmay turadi. So'ngra yana shiddat bilan qo'tarilib, avvalgisiga o'xshash xolat takrorlanadi. Shunday axvol 3-4 marta qaytalanishi mumkin. Qaytalama tiflarda uchraydi.
5. To'lqinsimon isitma. U asosan brutsellez kasalligiga xarakterli. Tana xarorati asta-sekin, kuniga 0,5-GS dan ko'tarilib, bir necha kundan so'ng, pasaya boshlaydi. So'ng yana asta ko'tarilib, keyin pasayadi.
Tana xarorati 38*S dan oshmasdan bir necha kun saqlanib tursa va asta me'yorda kelsa, subfebril isitma deyiladi. U ko'pincha yuqumli kasalliklar yengilroq kechgan hollarda kuzatiladi.
Isitma davri tugaganida tana xarorati to'satdan yoki asta-sekin pasayishi mumkin. Haroratning 2-3 soat mobaynida to'satdan pasayib, normaga kelishi krntik pasayish deyiladi. Harorat 3-4 kun mobaynida asta-sekin pasaya borib normaga kelishi lizis deb ataladi. Isitma kritik pasayishini bemor juda og'ir o'tkazadi, yurak va qon tomir sistemasiga zo'r keladi. Shu boisdan ko'pincha ana shu davrda kallaps holati ro'y beradi. Uni e'tiborga olib xamshira postida doimo efedrin, kordiamin, kofein kabi dorilar oldindan tayyor turishi kerak.
Yuqumli kasalliklarga tashxis qo'yishda laboratoriya usullaridan keng foydalaniladi. Ular o'z moxiyatiga ko'ra 2 guruxga bo'linadi:
1. Bemorda yuqumli kasallik kuzg'atuvchisini bevosita topishga qaratilgan usullar. Bakteriologik va bakternoskopik usullar shu maqsadda qo'llanadi.
2. Yuqumli kasallik mavjudligani bemor tanasida ro'y beradigan o'zgarishlar vositasida (bilvosita) aniqlash. Bu maqsadda serologiq, allergik, biokimyoviy va boshqa usullar xisoblanadi.
Laboratoriya tekshirishlarini amalga oshirishda kasallikning kechishi, davri va o'ziga xos xususiyatlari e'tiborga olinadi. Masalan, xastalikning dastlabki davrida bakteriologik usuldan kengroq foydalanilsa, 5-6 kukdan so'ng serologak usullar qo'proq ishlatiladi. Xar qanday laboratoriya tekshiruvida xamshira albatta unga tegishli yo'llanma to'ldirishi kerak. Yo'llanmada shifoxonaning nomi, bemorning ismi-sharifi, yoshi, kasallik bayon raqami, qachon, qanday tahlil va nima maqsadda olingan, kim olgani ko'rsatiladi. Olingan taxlil yo'llanma bilan birga (biksda) laboratoriyaga yuboriladi.
Bakteriologek yoki bakterioskopik tekshirish maqsadida bemordan gurli taxlil olinadi. Bo'g'ma, meningkokk infeksiyasiga tekshirish uchun tomoqdan sterillangan tampon bilan surtma olinadi. Tif-paratif kasalliklarida bilak venasidan qon olib ekiladi, Umuman olganda, bakteriologik tekshirishga olinadigan tahlil maxsus muhitlarga ekiladi. Bu muxitlar aynan shu kasallik mikroblari ko'payishi uchun kulay sharoit yaratib, boshqa mikroblar o'sishiga yo'l qo'ymaydi. Material ekiladigan muhitlar bakteriologiya laboratoriyalarida tayyorlanib, sterillanadi. Keyin bo'limlarga tarqatiladi. Masalan, tif-paratif mikroblarini topish uchun bilakdan olingan qon steril xolatda safroli muxitga ekiladi. Tekshirish natijasi esa 3-4 kun, ba'zan 5-7 kundan so'ng ma'lum bo'ladi. Bakterioskopiya usulidan foydalanilganida natija tez olinadi. Jumladan, bezgak, qaytalama tiflarga tashxis qo'yishda bemor bormog'idan qon olib, maxsus oynachaga surtma tayyorlanadi.
Uni mikroskop ostida ko'rib kasallik qo'zg'atuvchisini bir necha soat ichida topish mumkin. Quydirgi kasalligida teridagi yaradan biroz olinib, surtma tayflanadi. Mikroskopdan foydalanib, unda kuydirgi mikrobi topiladi.
Virusologik tekshirishlar, bakteriologik usullarning bir ko'rinishi xisoblanadi. Lekin ular ancha murakkab, uzoq davom etadi va malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Viruslar ko'payishi uchun bakteriyalar usishi mumkin bo'lgan muxitlar to'g'ri kelmaydi. Shunga ko'ra bemordan olingan surtma yoki boshqa narsa viruslarni topish maqsadida, xujayra kulturasiga yoki tovuq tuxumiga ekiladi. Natija 1-2 xafta yoki undan xam ko'proq vaqt o'tgandan so'ng ma'lum bo'ladi. Gripp, poliomiyelit, quturish kasalliklari va boshqalarga tashxis qo'yishda bu usul qo'llanadi, Virusologik tekshirishlar uchun olingan ashyo (maxsus muhitga ekilguncha) muzlatilgan xolda laboratoriyaga yetkaziladi.
Eslatib o'tilganidek, yuqumli kasalliklarga tashxis qo'yishda serologik usullardan ham keng foydalaniladi. Agglutinatsiya reaksiyasi, passiv (bilvosita) gemagglutinatsiya reaksiyasi, komplementi bog'lash reaksiyasi pretsipitatsiya, O- agregat gemagglutinatsiya reaksiyalari serologik reaksiyaning turli ko'rinishi xisoblanadi. Qaysi xilidan foydalanishdai qat'iy nazar, barcha serologik reaksiyalar qon zardobida yuqumli kasallik mikrobiga qarshi paydo bo'ladigan zid tanacha (antitelo) larni aniqlashga asoslangan. Bu zid tanachalar, odatda qonda kasallikning 3-4 kunidan boshlab paydo bo'ladi va kasallik davom etgan sari ularning qondagi miqdori orta boradi. Jarayonning ana ush mohiyatini e'tiborga olib, serologik reaksiyalar uchun tekshirishda bemor qoni kasallikning 3-4 kunlari (passiv gemagglutinatsiya reaksiyasi uchun), hatto 7-8 kunlari (agglutinatsiya reaksiyasi uchun) va undan so'ngi muddatlarda olinadi.
Serologik reaksiya qo'yishi uchun bemordan 3-4 ml (passiv gemaggdyutinatsiya uchun 0,5-1,0 ml) qon olib, zardobi ajratiladi. Ularga tegashli diagaostikum qo'shilsa, mikroblar bir-biriga yopishib, cho'kma hosil qiladi. Bu agtlyutinatsiya deyiladi. Odatda reaksiya qo'yish oldindan qon zardobi probirkalarda bir necha marta suyultiriladi. Ular ko'pincha quyidagi raqamlar bilan belgilanadi: 1:2,1:4,1:8,1:16,1:32,1:64,1:128, yoki 1:10,1:20,1:40,1:80,1:160,1:320, yo bo'lmasa 1:100, 1:200, 1:400, 1:800 va xokazo. Demak, navbatdagi probirkadagi zardobning suyulish darajasi oldingidan 2 xissa ko'p bo'ladi. Qator terilgan probirkalarda cho'kma xosil bo'lsa, uning eng oxirgisidagi zardobni suyultirish darajasi inobatga olinadi. U Reaksiya titri deb xisoblanadi. Masalan, 1:2-1:128 nisbatlarida eritilganiga to'g'ri kelsa (tabiyiki, bu xolda 1:2-1:16 larda xam cho'kma xosil bo'lgan bo'ladi) reaksiya titri 1:32 deb belgilanada. Odatda, yuqumli kasallikning 2-xaftasi davomida olingan qondagi serologik reaksiya titri 1-xaftadagi olingan natijadan yuqoriroq bo'ladi.
Tif-paratif kasalliklari, qaytalama tiflar, brutsellez diagnostikasida, difteriya, qoqsholga qarshi immunitet xolatini aniqlashda serologik reaksiyalardan foydalaniladi.
Serologik reaksiyalar turkumiga kiruvchi lyumikistent diagaostika, immunoferment analiz (IFA) va radioimmun analiz (RIA) usullari keyingi yillarda yuqumli kasallikla diagaostikasida tobora keng qo'llanilmoqda. Bu reaksiyalarni qo'yish uchun g'oyat kam miqdordagi (0.05-0.1 ml) qon zardobi yetarli. Bu miqdordagi zardobni olish uchun bemor barmog'idan qon olinsa xam yetarli bo'ladi. Hozirgi vaqtda virusli gepatitlar diagnostikasida IFA va RIA usullaridan keng foydalaniladi. Shuningdek, qondagi immunoglobulinlar, ayniqsa M va S immunoglobulinlarni aniqlash xam amaliyotda keng qo'llanilmoqda.
Yuqumli kasalliklar diagaostikasida allergik usullar boshqalarga qaraganda kamroq qo'llaniladi. Vu reaksiya bemor organizmining u yoki bu mikrobdan tayyorlangan allergenga sezgirligini aniqlashga asoslangan. Reaksiyani qo'yish uchun bemorning bilaq soxasiga shpris va igna vositasida 0,1 ml allergen teri orasiga yuboriladi. 24-48 soat davomida igna sanchilgan joy atrofida diametri 20 mm dan ortiq bo'lgan yaqqol qizarish va bo'rtish paydo bo'lishi ijobiy natija xisoblanadi, ya'ni bemorda ushbu kasallik bor, deb gumon qilish mumkin. Sil kasalligini aniqlashda tuberkulin, brutsellezni aniqlashda esa brutsellin yuborib allergik sinov qo'yish usullaridan foydalaniladi. Odatda, kasallik to'satdan boshlanadi. Badan qaqshab, bemor sovqotadi. Ustiga duch kelgan narsani yopib yotsa ham isimaydi. Oradan 1-2 soat o'tgach, isitma zo'tarilib ketadi va tana harorati 41°S, ba'zan undan ham yuqori darajaga ko'tariladi. Bu vaqtda bemorning badani qizib ketadi, ustidagi barcha narsalarni olib tashlaydi. Isitma ko'tarilgan vaqtda bemor bosh og'rishi, qungil aynashidan shikoyat qiladi.
Bemorning yuzi va terisi qizargan, paypaslab ko'rganda issiq tuyuladi.
Tashxis qo'yishda biokimyoviy usullardan foydalanish bevosita kasallik qo'zg'atuvchisini aniqlash imkonini bermaydi. Ammo ayrim a'zo to'qimalarining jarohatlanishi, u yoki bu kasallikka xos bo'lgan o'zgarishlarni aniqlashga yordam beradi. Jumladan, qondagi bilirubin hamda alanin va aspartat transaminazalar miqdoriga qarab virusli gepatitlar haqida yo'lash mumkin.
Yuqumli kasalliklarga tashxis qo'yishda qon, siydik, najas va safroni umumiy klinik tekshirish ham kerakli ma'lumotlar beradi. Ba'zan yuqumli kasalliklarning dastlabki davrida periferik qonda leykotsit, neygrofilez va eritrotsitlarning cho'kish tezligi (ECHT) tezlashishi kuzatiladi. Ayniqsa, meningokoksemiyada leykotsitlar soni nihoyatda (1litrda 30-40 x 109 gacha) oshib ketishi kuzatiladi. Virusli gepatiglar, gripp kasalligida odaida, leykotsetlar soni kamayishi va ECHT sekinlashinishi xarakterli. Yuqumli kasallik cho'zilib ketgan hollarda qonda limfotsitoz va monotsitoz ko'proq uchraydi. Masalan, brutsellezning surunkali turlarida shunday xolat ko'proq uchraydi.
Ko'pgina yuqumli kasalliklarda mikrobning zaharli mahsulotlari buyrakka ham ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun intoksikatsiya avjiga chiqqan davrda siydik ajralishi kamayadi. Ba'zan siydikda oqsil moddasi paydo bo'ladi (albuminuriya). Bunday holatda siydikdan solishtirma og'irligi xam ortadi. Virusli gepatitlarda qondagi miqdori ortib ketgan bilirubinning ma'lum qismi urobilin holida siydik bilan ajralib chiqadi. Natijada siydik to'q sariq rangga ega bo'ladi. Unga yodning spirtli eritaasidan aralashtarilsa, yashil xalqa xosil bo'lib, o'g pigayentlari borligidan darak beradi.
Kasallikning turli davrida najasni tekshirib borish xam ayrim yuqumli kasalliklarda yordamchi ahamiyatga ega. Virusli gepatitlar avjiga chiqqan davrda safro jigarda damlanib, ichakka tushmay qolgani tufayli najas rangi oqish bo'lib qoladi. O'tkir diareya kasalliklari uchun najas ko'rinishining o'zgarishi asosiy belgilardan xisoblanadi. Suyuq najasda qon, shilimshiq aralashmasi bo'ladi. Undan tayyorlangan surtmani mikroskop ostida qaralganda, shilliq, leykotsitlar va hatto eritrotsitlar bo'lishi mumkin. Shuningdek (parazitar kasalliklarda) xastalik qo'zg'atuvchisi bo'lgan odday mikroblar, gijjalar yoki ularning tuxumchalari ko'rinadi.
Bemorning turli a'zolarini bevosita tekshirish xam kasallik tashxisini qo'yishda yordam beradi. Ko'pgina yuqumli kasalliklarda intoksikatsiya oqibatida til qurishadi, karash bilan qoplanadi. Ba'zan xastaliklarda (gripp, difteriya) tomog'da yalig'llanish alomatlari, parda paydo bo'lishi kuzatiladi. Ichak infeksiyalarida qorinni paypaslaganda uning turli sohalarida og'riq borligi aniqlanadi. Virusli gepatitlar uchun jigar kattalanishi o'ziga xos klinik alomatlardan xisoblanadi. Bezgak, visseral leyshmanioz kasalliklarida jigar va taloq sezilarli darajada kattalanishgani ko'p uchraydi.
Yuqumli kasalliklarda turli a'zolarning xolatini o'rganishda tibbiyot asboblardan xam keng foydalaniladi. Me'da-ichak yo'llari xolatini tekshirishda gastrofibroskopiya, kolonofibroskopiya kabi endoskopik usullar keng qo'llanadi. Bu asboblar yordamida me'da va ichaklar shilliq qavatining xolatini bevosita ko'rish, rasmini olish yoki bir parchasini namuna sifatida kesib olib, mikroskopda tekshirish mumkin.
Avvalgi paytlarda virusli gepatitlarda jigar to'qimasining morfologik xolatini tekshirish uchun shu soxada terini maxsus igna bilan teshib, jigar to'qimalaridan namuna olinar edi. Uni mikroskopda ko'rib, jigar to'qimasidagi o'zgarishlarga baxo beriladi, Bu usul ancha murakkab va bemorga jaroxat yetkazishi tufayli xozir kam kullaniladi. Keyingi yillarda ichki a'zolar, jumladan, jigar va o't pufagi xolatini aniqlashda ultratovush apparatlari ko'p qo'llanmoqda. Ular foydalanish uchun g'oyat qulay va bemorga xech qanday ozor bermaydi.
O'pkadagi o'zgarishlarni aniqlashda rentgen apparati va flyurograflardan keng foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |