Tibbiyot institutlari talabalari uchun o’quv adabiyoti u. Z. Qodirov A. A. Abdumadjidov


QO’ZG’ALUVCHAN TO’QIMALARNING YOSHGA BOG’LIQ



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/52
tarix29.10.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#66729
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   52
Bolalar fiziologiyasi

QO’ZG’ALUVCHAN TO’QIMALARNING YOSHGA BOG’LIQ
XUSUSIYATLARI
Skelet muskullari. Skelet muskullari tanani fazoda, tana qismlarini bir-
biriga nisbatan harakatlarini ta’minlaydi. Harakatlarni yuzaga chiqaradigan tizim
ontogenez davomida tubdan o’zgaradi. Bu o’zgarishlar bilan organizmning
moddalar almashinuvi, ichki a’zolar va MNT faoliyatlari shakllanishi uzluksiz
bog’langan.
Ontogenez davomida muskul to’qimasining umumiy massasi sezilarli
darajada o’zgaradi. Caqaloqlarda muskullarning vazni tana massasining 23,3 %
ini tashkil etadi, 8 yoshga borib 27,2 % ga yetadi, 15 yoshda 32,6 % gacha
ortadi va 17-18 yoshda 44,2 % ga teng bo’ladi. Alohida olingan muskullar
guruhining o’sishida farq kuzatiladi. Chaqaloq va emizikli bolalarning tana
muskullari nisbatan yaxshi rivojlangan, qo’l va oyoq muskullari ancha zaif. Bu
davrda bukuvchi muskullar tonusi yuqori.
Keyin yozuvchi muskullar
rivojlanishi tezlashadi va ularning tonusi ortadi. Paylarning o’sishi muskul
o’sishidan tezroq bo’ladi.
Tug’ilgandan keyin kuzatiladigan muskullar massasining ortishi muskul
tarkibidagi har qaysi tolaning kattalashishi natijasidir. Bunda tolalar soni deyarli
o’zgarmaydi. 
Miofibrillalarning 
borgan 
sari 
yo’g’onlashishi 
tolalar
yo’g’onlashishiga olib keladi, yadrolar simplastlarning chetiga siqib chiqariladi,
ularning soni kamayadi. Chaqaloqlarda diametri 6,5-7,8 mkm bo’lgan muskul
tolalari uch yoshga borib 12-16 mkm gacha, 7 yoshda – 21-22 mkm gacha, 12-
16 yoshda – 26-28 mkm gacha yo’g’onlashadi.
Chaqaloq muskullarida biriktiruvchi to’qima tolalari betartib joylashgan. Erta
bolalik davrida bu to’qimaning gistotuzilmasi jadal rivojlanadi, argirofil tolalar
muskul tolalari bo’ylanma o’qiga parallel bo’lib, tartibli holda joylashadi va
muskul tolalariga nisbatan tayanch vazifasini bajaradi.
Muskullarda bola tug’ilmasdan ancha avval paydo bo’lgan harakatlantiruvchi
nerv oxirlarining soni emizikli davrda ortadi, ularning yuzasi kengayadi. Bu
jarayonning jadallashishi bola 7-8 yoshga to’lganida, uning harakatlari tezlashib
murakkablashganida kuzatiladi.
Harakatlarni boshqarishda muhim bo’lgan muskulning retseptorlari
harakatlantiruvchi nerv oxirlariga nisbatan oldin rivojlanadi. Masalan, murakkab
proprioretseptor bo’lgan muskul duklari bola tug’ilganda yaxshi shakllangan


kapsulaga, burama bo’lib shoxlangan nerv tolalariga va intrafuzal muskul
tolalariga ega hamda faoliyat ko’rsatishga tayyor bo’ladi.
O’sish jarayonida muskul duklarining soni ortadi, ular muskulning ko’proq
cho’ziladigan uch qismlariga yig’iladi.
Skelet muskullarining asosiy fiziologik xossalaridan biri bo’lmish
qo’zg’aluvchanlik 
ontogenezda 
sezilarli 
darajada 
o’zgaradi.
Qo’zg’aluvchanlikning 
shakllanishi
yuzaki 
membrana 
fizik-kimyoviy
xossalarining tiklanishi, unda ixtisoslashgan ion kanallari va ion nasoslarining
yetilishiga bog’liq.
Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda natriy-kaliy nasosining faolligi sust, muskul
tolalari ichida kaliyning miqdori (56 mmol/l) natriynikiga (101 mmol/l) nisbatan
deyarli ikki marta kam. Uchinchi oyga borib kaliy va natriyning nisbati hujayra
suyuqligida 90 va 50 mmol/l ni tashkil qiladi yoki kaliy foydasiga o’zgaradi.
Kattalar muskulida kuzatiladigan ionlar nisbati (K
+
- 100 mmol/l, Na
+
- 20-30
mmol/l) ancha keyin shakllanadi.
Tug’ilganda 55 mV chamasida bo’lgan muskul membranasining tinchlik
potensiali ionlar konsentratsiyasidagi nisbat o’zgarishi bilan bog’liq holda 70-80
mV gacha oshadi.
Tug’ilish vaqti kelganida muskul tolalari harakat potensialini yuzaga
chiqarish qobiliyatiga ega. Ammo harakat potensialining xususiyatlari bor:
amplitudasi pastroq (ko’pincha TP amplitudasidan kam), davomiyligi
cho’ziqroq.
Natriy kanallarini bloklovchi tetrodotoksin bu davrda harakat
potensiali yuzaga chiqishiga ta’sir qilmaydi.
Chaqaloq muskullarining refrakter davri ko’proq davom etadi, ta’sirot
bo’sag’asi 
yuqori, 
labilligi 
past. 
Muskullarning 
xronaksiyasi 
katta
odamlarnikidan bir necha marta ko’p: ikki boshli muskulniki – 0,56-0,58 ms,
uch boshli muskulniki – 0,6-0,64 ms.
O’sish jarayonida nerv-muskul sinapslarining labilligi ortadi. It homilasi
muskul qisqarishida yuqori amplitudali tetanusga ta’sirotlar chastotasi sekundiga
3-4 ta bo’lganida erishish mumkin. Ko’zi ochilmagan kuchukda bu chastota
sekundiga 6-8 ta, ko’zi ochilganidan keyin – sekundiga 15-30 ta va katta itlarda
60-80 tani tashkil qiladi.
Chaqaloqning muskullari atsetilxolinga nisbatan yuqori sezgirlikka ega.
Bolalar muskullarining qisqaruvchanligida ham ma’lum xususiyatlar bor.
Chqaqloqlarda muskulning yakka qisqarishi kaltalanish va bo’shashish
bosqichlari hisobiga ancha uzoq davom etadi. Undan tashqari, muskullar rangi,
gistologik tuzilishi bo’yicha tez va sekin muskullarga ajralgan bo’lsa ham,
ularning qisqarish tezligida farq aniqlanmaydi. Erta ontogenezda tez va sekin
muskullarning qisqarishi tezlashadi, ammo keyin sekin muskullarning qisqarishi
sekinlashadi.
Muskul tolalarining sekin va tez qisqaruvchilarga ajralishi ularni nervlovchi
motoneyronlarning yetilishiga bog’liq.


O’sish jarayonida muskul qisqarishi tezlashishining sababi ikkita.
Birinchidan, qisqarishni ta’minlovchi aktin va miozin oqsillarining o’zaro
ta’sirlanishi tezlashadi va aktomiozin kompleksining faol holda bo’lish vaqti
qisqaradi. Ikkinchidan, miofibrillarda sarkomerlar soni ko’payadi. Natijada
qisqarishga sarflanadigan vaqt kamayadi.
Muskullar faoliyatidagi yoshga bog’liq farq ulardagi ba’zi biokimyoviy
jarayonlarning 
xususiyatlaridadir. 
Chaqaloq 
muskullarida 
oksidlanish
jarayonlari ustunroq. Bundan oksidlash fermentlarining yuqori faolligi va
mioglobinning ko’pligi dalolat beradi. Katta yoshdagi odamlar muskulida
glikolitik fermentlar (fosforilaza, sut kislotasi degidrogenazasi) faolligi yuqori.
Ularda muskul qisqarishi glikolitik jarayonlar hisobiga energiya bilan
ta’minlanadi.
Muskullarning kuchi bolaning o’sishi bilan bog’liq holda ortib boradi. Uch
yashar bola o’ng qo’l kaftining dinamometr yordamida aniqlangan kuchi 4,0-4,5
kg. Besh yoshda bu ko’rsatkich 5,1-5,5 kg gacha ko’payadi, o’n yoshda 12,0-
15,0 kg ga yetadi va o’n besh yoshda 30,0-32,0 kg ni tashkil qiladi.
Turli guruhlarga mansub muskullar kuchining ortish vaqti va darajasida farq
kuzatiladi. 6-7 yoshda tana, son va oyoq kaftini bukuvchi muskullar kuchi eng
ko’p miqdorda ortadi. Bola 9-11 yoshga yetganda ko’rsatilgan muskullarning
antogonistlari bo’lgan tana, son va oyoq kaftini yozuvchi muskullar kuchi
sezilarli darajada ko’payadi. 16-17 yoshda turli muskullar kuchidagi nisbat
kattalarnikiga o’xshaydi.
Muskullar kuchining ortish jadalligida jinsga bog’liq farq kuzatiladi. 7-8
yoshgacha o’g’il va qiz bolalarning turli guruhlardagi muskullari kuchida
deyarli farq bo’lmaydi. 8-9 yoshda o’g’il bolalarda tanani yozuvchi muskullar
qiz bolalarnikidan kuchliroq bo’ladi. Ammo 10-12 yashar qizlarning bel kuchi
o’g’il bolalarnikidan ortadi. Keyin o’g’il bolalarning muskul kuchi tezroq oshadi
va 15 yoshda deyarli barcha muskullarning kuchi qiz bolalarnikiga nisbatan 30
% cha ko’p bo’ladi.
Ontogenezda muskullar faoliyatining takomillashishi, birinchi galda,
boshqaruv mexanizmlarining rivojiga bog’liq. Ammo bola harakatlarini
tarbiyalash, badantarbiya va bolaning imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda
mehnat qilish, ko’nikmalar orttirish bu jarayon uchun katta ahamiyatga ega.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin