O’tkir obstruktiv bronxit va bronxiolit
O’tkir obstruktiv bronxit (OOB) - bronxlar obstruksiyasi sindromi bilan kechadigan kasallik. Kattalarga qaraganda, bolalarda ko’p uchraydi, og’irroq kechadi. Zamonaviy tasavvurlarga kora o’tkir bronxiolit OOBga kiradi, mayda bronxlar va bronxiolalarning virusli etiologiyali zararlanishi bilan kechadi. O’tkir bronxiolit bilan asosan ikki yoshgacha bo’lgan bolalar kasallanadi.
Etiologiyasi. O’tkir obstruktiv bronxit va bronxiolitda asosiy etiologik omil RS-viruslar, paragripp III turidagi viruslar, adenoviruslar hisoblanadi. Katta yoshdagi bolalarda o’tkir obstruktiv bronxit rivojlanishida miko’plazmalar va Ch. Rneumoniae asosiy o’rinni o’ynaydi.
Patogenezi. Bronxoobstruktiv sindrom - patofiziologik tushuncha bo’lib, o’tkir va surunkali kasalliklar fonida bronxlar otkazuvchanligining buzilishi bilan xarakterlanadi. Bolalarda bronx-o′pka kasalliklarida bronxlar obstruksiyasining asosiy komponentlari quyidagilar:
Bronxlar shilliq qavatining qalinlashishi. Bu komponentning asosiy sababi - shilliq va shilliq osti qavatining shishi va hujayra infiltrasiyasidir.
Bola qanchalik kichik bo’lsa, bronxlar shilliq qavatining qalinlashuvi shunchalik yaqqol bilinadi, bu esa bronxobstruktiv sindromning rivojlanishiga olib keladi;
Nafas yo’llari kalibri kichik bo’lsa, yalliglanish yuqori bo’ladi va qaytmas obliterasiyaga olib keladi. Bronxlar bez apparatining giperplaziyasi ham shilliq qavatning qalinlashish darajasiga ta'sir qiladi.
Bronxlarning gipersekresiya va reologik xususiyatining o’zgarishi erta yoshdagi bolalarda bronxobstruktiv sindromning rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Ekssudativ-kataral va limfatiko-gipoplastik konstitusiya anomaliyalari bor bolalarda bronxobstruksiya sindromi rivojlanishiga moyillik yuqori bo´ladi. Bronxlar diametrining kichrayishida, bronxial sekretning suvsizlanishi obstruksiyaning boshqa komponentlariga bog’liq, bu esa ko’p ishlab chiqarilgan bronxial sekretning yuqori yopishqoqligiga olib keladi va qattiq shilliq to’siqning rivojlanishiga sabab bo’ladi, natijada nafas yollarini to′sib qo’yadi. Balham reologik xususiyatining o’zgarishi (yopishqoq sekret) mukovissidozda bronxial obstruksiya shakllanishining asosiy sababi hisoblanadi. Siliar diskineziya sindromida o’zgarmagan yo’ki infisirlangan bronxial sekret evakuasiyasi buziladi.
Bronxlar shilliq mushaklarining spazmi - tez rivojlanadigan va yengil qaytuvchi obstruksiya komponenti. Bola yoshi kattalashgan sari va obstruksiya epizodlari qaytalanishida u katta ahamiyatga ega. Tez-tez qaytalanuvchi yoki uzoq vaqt davom etuvchi spazm bronxlar shilliq mushaklari spazmiga olib keladi.
Bronxlar o’tkazuvchanligining buzilishida opkaning shishi, havo yollarining emfizematoz o’pka to′qimasi bilan bosilishi obstruksiyani kuchaytiradi. Yuqorida keltirilgan obstruksiya mexanizmlaridan tashqari, timomegaliya, ko’krak ichi limfa tugunlarining kattalashishi, o’pkaning tugma bolakli emfizemasi, diafragmal churra, oraliq devor osmasida kompressiya natijasida nafas yo′llarining torayishi kuzatiladi.
O’tkir bronxiolitda epiteliy deskvamasiyasi bo’ladi, kiprikchalari bo’lmagan osuvchi qavat hujayralari bilan almashinadi. Bu mayda bronxlar va bronxiolalar shilliq qavatining erta zararlanishi hisoblanadi. Epiteliylar, fibrin tolalari, shilliq mayda bronxlar va bronxiolalarda qattiq tiqin hosil qiladi, bu bronxiolalarning toliq yo’ki qisman obstruksiyasiga olib keladi.
RS-viruslar bilan chaqirilgan bronxiolitning og’ir kechishida, RS-IgE anti tanachalarining spesifik titri yuqori, leykotrien S konsentrasiyasi, shilliqda gistamin sekresiyasi yuqori bo´ladi.
Dostları ilə paylaş: |