Chaqaloqlarda ko’rish funksiyasini yorug'lik manbaini uning ko'zlariga olib kelish bilan tekshirish mumkin. Agar bola uxlamayotgan bolsa, u kozlarini yumadi va yuzini yoruglikka qaratishga harakat qiladi. 2 oylikdan boshlab, ko'radigan bola, yuziga yaqin joylashgan yorug' o'yinchoqlarga e'tibor beradi.
Chaqaloqlarda eshitish analizatori funksiyasi shovqin yo’ki qarsak chalganda javob reaksiyasi bilan tekshiriladi. Eshitadigan bola qovog'ini uchiradi va boshini ovoz tomonga qaratadi.
Temperaturali sezgi - teriga sovuq va issiq suvni tekkazish bilan aniqlanadi. Katta yoshdagi bolalar "issi" yoki "sovuq" deb javob beradi.
Og'riq sezgisi. Boladan ko'zini yumish so'raladi va unga igna sanchiladi, ignaning to'mtoq uchi bilan almashtiriladi. Og'riq sezgisining saqlanishi bolada "o'tkir" yoki "o'tmas" javobi bilan aniqlanadi.
Mushak - bo'g'in sezishi (chuqur sezishga kiradi) - tana qismlarining bo'shliqdagi joylashuvidan tasavvur beradi. Tekshirish bolaning ko'zlari yumuq holatda o'tkaziladi. Shifokor qo'l yoki oyog barmoqlarini siqish yoki yozishni talab qiladi. Bola boshqa qo'l yoki oyogdan qaysi barmog'i, qanday yonalishda xarakterlanganini aytishi yoki ko'rsatishi kerak.