Tibbiyot Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv adabiyoti


SUYAK-MUShAK TIZIMINING ANATOMO-FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA SHIKASTLANISH SEMIOTIKASI



Yüklə 8,52 Mb.
səhifə74/226
tarix02.01.2022
ölçüsü8,52 Mb.
#1252
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   226
SUYAK-MUShAK TIZIMINING ANATOMO-FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA SHIKASTLANISH SEMIOTIKASI

Bola tug'ilganda naysimon suyaklar diafizi suyak to'qimasidan iborat, lekin epifizlar, hamma g'ovak suyaklar va oyog suyaklarining bir qismi toqay toqimadan iborat bo´ladi. Bola tug'ilgandan keyin faqat son va katta boldir epifizlarida suyaklanish nuqtalari aniqlanadi. Epifizlarda suyaklanish nuqtalari paydo bo'lguncha naysimon suyaklarning bo'yiga o'sishi suyaklarning tugash qismini hosil hiluvchi o'suvchi va tog'ay to'qimalarning rivojlanishi hisobiga kuzatiladi. Suyaklanish nuqtalari paydo bo'lgandan so'ng, o'sish o'suvchi tog'ay to'qimalar, qisman suyaklangan epifiz va metafiz o’rtasitda, metaepifizar zonada rivojlanish hisobiga yuz beradi. Bola hayotining birinchi oyi va yilida suyak skeleti intensiv o'sishi bilan birgalikda suyak to'qimasi tizimi ko'p martalik qayta tiklanishi, dag'al tog'ayli tuzilishdan ikkilamchi gaversov strukturasidagi plastinkali suyakkacha o'zgaradi. Suyaklar qattiqligi tog'ay to'qimaning osteoid bilan almashinuvi va mineralizasiya darajasiga bog’liq. Metafiz va epifizlarni qon bilan ta'minlanishi metafizar va epifizar arteriyalar bilan amalga oshiriladi, gematogen osteomielitning tez rivojlanishiga olib keladi.

Bolalar skeletining o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, suyak pardasi bir muncha qalin va funksional jixatdan aktivligi yuqori, shu sababli, suyak to'qimalari ko'ndalang o'sishida yangilanish jarayonlari bilan xarakterlanadi. Bolalarda suyak tizimining anatomik-xususiyatlari:


  • tug'ilgandan keyin naysimon suyaklar diafizi suyak to'qimasidan iborat;

  • ko'pgina epifizlar, kaft suyaklari tog'ay to'qimadan tuzilgan;

  • naysimon suyaklarni bo'yiga o'sishi epifizlarda suyaklanish nuqtasi paydo bo'lguncha o'suvchi tog'ay to'qimalar hisobiga olib boriladi;

  • hayotining birinchi oyi va yillarida suyak to'qimasi tizimi qayta tiklanishi dag'al tolali tuzilishdan plastinkaligacha ikkilamchi gaversov tuzilishlari bilan boradi;

  • suyak to'qimasi tashqi muhit ta'siriga, asosan ovqatlanishni buzilishiga, bolani harakat rejimiga, mushak tonusi holati va boshqalarga juda sezilarli bo´ladi;

  • osteogenez intensivligi va qayta modellashtirish erta yoshdagi bolalarda suyak to'qimasi zichligi va qattiqligi pasayishi bilan boradi

  • suv miqdori ko'p;

  • suyak to'qimasi qon bilan intensiv ta'minlangan;

  • suyak usti pardasi qalin va suyakning ko'ndalang o'sishi funksional aktivlik hisobiga yuz beradi;

  • suyak ichi bo'shliqlari hajmi nisbatan katta emas va yoshi katta bo'lishi sari shakllanadi;

suyak chiqib turgan joylari mushaklar funksiyasi boshlangandan keyin shakllanadi va tortiladi;

  • suyak to'qimasi tashqi tuzilishi va differensirovkasi 12 yoshga kelib, katta odamlar suyak xarakteristikasiga yaqinlashadi.



Yüklə 8,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin